JHEAINS Hizb ut-Tahrir aʼzosining rafiqasi va oilasini hibs olish bilan boshqa diniy oqimlardan ham koʻra koʻproq ekstremistlik qilmoqda

195
0

Matbuot bayonoti

JHEAINS Hizb ut-Tahrir aʼzosining rafiqasi va oilasini hibs olish bilan boshqa diniy oqimlardan ham koʻra koʻproq ekstremistlik qilmoqda

Negri-Sembilan shtati diniy idorasi rahbariyati (JHEAINS) oʻtgan seshanba kuni kech soat 11:00da Hizb ut-Tahrir – Malayziya aʼzolaridan biri Jamoliddin Midirsaidning ayoli va oila aʼzolarini hibsga oldi. Hibsga olishdan avval diniy idora xodimlari Malayziya Qirollik politsiyasi bilan hamkorlikda uyda tintuv oʻtkazib, bir necha kitoblarni musodara qildi. Ular kelgan paytda Hizb aʼzosi uyda yoʻq edi, uning ayoli telefon qilib, ayni hodisa toʻgʻrisida xabar qilgan. Oʻsha telefon orqali diniy idora xodimi u bilan gaplashib, zudlik bilan uyga kelishini talab qilgan. Bundan tashqari, 45 yoshli ayolini, 22 yoshli qizini, ikki nafar xizmatchisini (ulardan biri akasining oʻgʻli), hammasini hibsga olib, Paroi shahridagi islomiy daʼvat markaziga tergov uchun olib ketishgan.
Diniy idora xodimlari Hizb ut-Tahrir aʼzosi 45 yoshli Jamoliddin bilan yana bir bor telefon orqali bogʻlanib, Islomiy daʼvat markaziga kelishini talab qilishdi. Jamoliddin markazga yetib borganida tungi soat 2:30 edi. Diniy idora uni ham hibsga oldi… Ularning barchasiga “Negri-Sembilanning 1992 yilgi jinoyat kodeksi”ning 50-moddasida nazarda tutilgan “Islom dinini haqorat qilish yoki mensimaslik va hokazo” ayblovlarni qoʻyishdi… Unga koʻra, ayblanuvchiga 5000 ringgit jarima yoki 3 yil qamoq jazosi yoki jarima bilan qamoq jazosi beriladi. Hibsga olinganlar ertalabgacha soʻroq qilinib, uxlashlariga ruxsat berilmadi. Eng yomoni, Jamoliddinning ayoli bilan qiziga xufton namozini oʻqishlariga ham ruxsat berishmadi. Soat toʻrt yarimda ikki xizmatchisini qoʻyib yuborishdi. Ammo Jamoliddin hamda uning ayoli va qizini ertasiga kechqurun (27-oktyabr) 17:30da har biriga 2500 ringgit miqdorida jarima solib, keyin qoʻyib yuborishdi. Qaror Negri-Sembilan oliy sudi tomonidan chiqarilgan.
Ey diniy idora xodimlari:
Siz boshqa bir shaxsning uyiga ruxsatsiz kirish va narsalarini musodara qilish bilan Islom shariati qonunlarini ochiqdan-ochiq buzdingiz. Xonadon ahlini bezovta qilib, qoʻrqitdingiz. Zero, siz jirkanch tuhmat asosida harakat qildingiz. Xonadon va uning ahli hurmati yuzasidan hatto Quraysh kofirlari ham Paygʻambar ﷺning xonadoniga bostirib kirmaganini nahotki bilmasangiz. Hatto Qurayshda ham izzat va or-nomus degan narsalar bor edi. Ular xonadon tashqarisida tongga qadar kutishgan. Chunki ularning qadr-qimmati uyga bostirib kirishga ruxsat bermagan. Lekin sizda bunday qadr-qimmat va hayo ham yoʻq. Chunki siz boshqalarning uyiga bostirib kirib, mol-mulkini tortib oldingiz, ayol va bolalarni dahshatga soldingiz!
Biz Hizb ut-Tahrir – Malayziya aʼzolari diniy idora tomonidan birodarimiz Jamoliddin va uning oilasining hibsga olinishini, xonadoni tintuv qilinib, mulki musodara etilishini qattiq qoralaymiz. Hech shubha yoʻqki, siz ayni mana shu hibsga olish ishi va mulklarni musodara qilish bilan nafaqat Islom shariatini, balki oʻzlaringiz oʻylab topgan qonunlaringizni ham buzdingiz. Hizb aʼzolarini 50-modda asosida ayblash shu darajada tubanlikki, bu yolgʻondan hatto togʻlar ham yorilib ketadi!
Negri-Sembilan muftisi hibsga olish bilan ham kifoyalanmay, “stringfixer.com/ar/Harian_Metro” veb-saytida ushbu amaliyot haqida “Hizb ut-Tahrir taʼlimotlari ekstremistik taʼlimot boʻlib, ahli sunna val jamoaga zid, bu esa boʻlinishga olib keladi hamda milliy xavfsizlikka taʼsir qiladi”, dedi. Biz uchun bu kutilmagan hol emas, chunki bu ayblov boshqa shtatlardagi diniy idora rahbariyati qoʻygan ayblov va ertaklardan farq qilmaydi. Biz oʻz vaqtida ularning aybloviga raddiya bildirganmiz, ammo birortasi ham raddiyamizga javob qilishga qodir boʻlmagan. Ular Allohning izni bilan to qiyomat kuniga qadar bunga aslo javob berisholmaydi. Chunki bu qilmishlari Hizb ut-Tahrirga nisbatan tuhmat va yolgʻondan boshqa narsa emas.
Shuni taʼkidlamoqchimizki, Negri-Sembilan shtati diniy idorasi rahbariyatining xatti-harakati boshqa shtatlardagi diniy idora rahbariyatlarining xatti-harakatidan ham koʻra ekstremistikdir. Chunki bu idora Hizb ut-Tahrirning jinoyat qilmagan aʼzosini hibsga olish bilan ham kifoyalanmay, uning ayoli, qizi va ikki xizmatchisini ham hibsga oldi. Bu idoraning Hizb aʼzosi va oilasiga Islomni haqorat qilish ayblovini qoʻyishi ham ekstremistik muomaladir. Chunki vaʼz-nasihat qilgan insonni hibsga olish va unga xuddi jinoyatchi kabi munosabatda boʻlish diniy idoraning ekstremistligidir. Biz mamlakatdagi diniy idoraning yurtdagi juda koʻp qonunbuzarlik va xatolardan koʻz yumib kelayotganini gapirganimiz yoʻq.
Hizb ut-Tahrir fikrlarini ekstremistik fikrlar, deyish Gʻarb ilgari surayotgan ertakning aynan oʻzidir. Gʻarb Hizb ut-Tahrirning Xalifalikni barpo etib, shariatni tatbiq qilishidan qoʻrqmoqda. Chunki dunyoning barcha burchagidagi koʻplab musulmonlar Hizb daʼvatini qabul qilmoqda. Zotan Gʻarb oʻzining barcha yovuz fitnalari va Islom olami ustidan boʻlgan hukmronligi barham topishini, Xalifalik davlati barpo etilganda xalifa buning uchun hisob soʻrashini anglab turibdi. Shuning uchun Hizb ut-Tahrir daʼvatiga qarshi kurashib, bunga musulmon yurtlaridagi malaylarini safarbar qilmoqda. Bu kurashni Hizb haqida tuhmat, yolgʻon va uydirmalar tarqatish hamda uni ekstremizm, radikalizm va terrorizmda ayblash bilan olib bormoqda. Bir vaqtning oʻzida, Gʻarb moʻʼtadil islomchilar, LGBT, hatto musulmon yurtlaridagi barcha mustabid hukmdorlarni ham maqtashda davom etmoqda. Chunki bularning barchasi Gʻarb qadriyatlari va manfaatlariga mosdir.
Hizb ut-Tahrir aʼzolarining hibsga olinishi sababi siyosiy fatvodir. Bu fatvo Hizb ut-Tahrirga qarshi tuhmat va haqoratlarga toʻla. Biz Malayziya diniy idorasiga ming martalab takrorlaganmiz: Hizb ut-Tahrirga qarshi sodir etayotganingiz bu qamoqqa olish, shafqatsizlik, tuhmat va uydirmalar Hizbning daʼvatini toʻxtatadi, deb aslo oʻylamang. Bilʼaks, bu daʼvatimizning yanada kuchayishiga sabab boʻladi. Chunki biz daʼvatni insonlarni emas, faqat Allohni rozi qilish uchun olib boryapmiz. Biz bu dunyoda Allohning dinini barpo etish vazifasi bilan shugʻullanar ekanmiz, faqatgina oxiratdagi neʼmatlarga koʻz tikkanmiz. Siz esa, daʼvatdan qaytarib, faqat bu dunyo neʼmatlariga koʻz tikkansiz!
Ey diniy idora rahbariyati!
Shunday boʻlsa-da, biz sizga yaxshilikni tilaymiz. Shuning uchun ushbu matbuot bayonotimiz soʻnggida, agar sizda Alloh Subhanahu va Taolodan andak boʻlsada qoʻrqish va zarracha xolislik boʻlsa, mana bu soʻzlarni eslatib qolamiz:
﴿إِنَّ الَّذِينَ فَتَنُوا الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ ثُمَّ لَمْ يَتُوبُوا فَلَهُمْ عَذَابُ جَهَنَّمَ وَلَهُمْ عَذَابُ الْحَرِيقِ﴾
“Albatta moʻmin va moʻminalarni fitnaga solib, (bu qilmishlaridan) tavba qilmagan kimsalar uchun jahannam azobi bor va ular uchun oʻt azobi bor!” [Buruj 10]

Hizb ut-Tahrirning
Malayziyadagi matbuot boʻlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.