Islomiy hayotni qayta boshlashning sharʼiy tariqati

256
0

(“Islomiy hayotni qayta boshlashning sharʼiy tariqati” kitobidan).

Islomiy hayotni qayta boshlashning sharʼiy tariqati (9-qism).

5 Nusrat talab qilish

Avvalo hizb tabanniy qilgan Islom fikrlari asosidagi umumiy ong – vaʼyi ommdan kelib chiqqan raʼyi omm vujudga keltiriladi. Yaʼni, fikriy va siyosiy kurash bilan Islom va hizb nisbatan xalq tayanch asosiga aylanadi. Shunda butun Ummat oʻz Islomini anglab yetib, uning ahkomlari tatbiq etilishini intizorlik bilan kutgan holda hizb faoliyat koʻrsatadigan maydonda u bilan birga boʻladi. Ana shundan keyin hizb daʼvatni yetkazish va davlatni qurishga toʻsqinlik qilayotgan moddiy toʻsiqlarni olib tashlash uchun Ummat orasidagi markaziy kuchlardan nusrat talab qila boshlaydi. Negaki, saltanat sohibi Ummatdir. Oʻzi qabul qilgan mabdaʼni tatbiq etishda oʻzidan noib boʻlishi uchun hokim saylash huquqiga faqat Ummat egalik qiladi. Bugungi kunda Ummat oʻz ishida magʻlub boʻlib turgani bois, hamda kuch Ummatning bir xovuchi, bir guruxi qoʻlida cheklanib qolganligi bois hizb hukmni qoʻlga olish uchun mana shu guruhdan nusrat talab qiladi. Bu hukm sharʼiy dalillardan va siyrati nabaviyyadan istinbot qilingandir: Rasululloh – sallallohu alayhi va sallam – kufr fikrlariga, kufr yetakchilariga qarshi chiqqanlaridan keyin va Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – ning daʼvat xabarlari nafaqat arab jazirasida, balki Habashiston va Rum kabi boshqa davlatlarda ham tarqalgandan keyin daʼvat yukini koʻtaruvchilarga nisbatan Qurayshning ozorlari yanada kuchayadi. Quraysh jamoatlari oʻzlarining kufrlarida sarkashlarcha qotib turib oladi. Mana shu paytda Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – Makka atrofidagi qabilalarga, haj mavsumida kelgan Kaʼbaning ziyoratchilariga, bozorlarda(olamonga) daʼvatni himoya qilish va davlatni tiklash uchun nusrat va himoya soʻrab ularga oʻzlarini roʻbaroʻ qila boshlaydilar. Ularga mana bunday soʻzlarni aytardilar;
يا بنى فلان إني رسول الله إليكم، يأمركم أن تعبدوا الله ولا تشركوا به شيئا، وأن تخلعوا ما تعبدون من دونه من هذه الأنداد، وأن تؤمنوا بي، وتصدقوا بي، وتمنعوني، حتى أبين عند الله ما بعثني به.
“Ey falonchi qavm! Albatta men sizlarga yuborilgan Allohning elchisidirman. U sizlarni yolgʻiz Oʻziga ibodat qilishingizga, Unga xech narsani sherik qilmasligingizga, Uning oʻrniga sizlar ibodat qilayotgan butlardan voz kechishingizga, menga iymon keltirishingizga va meni tasdiqlashingizga, toki men Alloh taolo menga yuborgan risolatni bayon qilib bergunimga qadar meni himoya qilishingizga buyuradi”. Ahmadning Jobirdan qilgan rivoyatida;
من يؤويني؟ من ينصرني؟ حتى أبلغ رسالة ربي وله الجنة
“Robbimning risolatini yetkazishim uchun kim meni himoya qiladi, kim menga yordam beradi? Buning evaziga unga jannat beriladi”.
Shunday qilib, Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – tafoʼul bosqichida daʼvatni yetkazish qatoriga yangi amalni qoʻshganlar. Bu amal daʼvatning himoyasi uchun, davlatni qurish uchun nusrat talab qilish – talabi nusra amali edi. Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – talabi nusrada ham har hil mashaqqat va qiyinchiliklarga, ozor va aziyatlarga yoʻliqqanlar. Lekin qaytmaganlar. Bu – daʼvat etilayotgan jamiyat oʻzining sarkashligida qattiq turib olgan holatda, talabi nusratning hukmi vojib ekanligiga qarinadir.
Islom hayotini qayta boshlash uchun chaqirilayotgan bugungi jamiyatlar Islom fikrlarini hamda “Xalifalik”, “Jihod”, “Hayotda Islomni hukmron qilish” kabi asosiy islomiy fikrlarning ayrimlarini qabul qilishlariga qaramay ushbu jamiyatlarda Ummat boshqaruvini bosib olgan malay hokimlar, kofir davlatlarning koʻmagida, ushbu fikrlarni voqeʼiy hayotda gavdalantirishga toʻsqinlik qilmoqdalar. Bu fikrlarni tarqalishiga qarshi kurashmoqdalar. Ularga bu borada Ummat ichidagi hokim bilan hamtovoq boʻlgan guruhlar ham yordam bermoqdalar.
Ushbu voqeʼ aslida Makka jamiyatidagi voqeʼlikdan aslo farq qilmaydi. Chunki har ikki voqeʼ-yoʻltoʻsarlari xoh Ummat “peshvolari” kurinishida boʻlsin, xoh Ummatning boshiga minib olgan zoʻrovon hukmronlar timsolida boʻlsin, hech farqsiz mabdaʼning tatbiqini oldini toʻsadi. Shuning uchun, ahvol shunday ekan, oʻz kuchi bilan daʼvatni himoya qilishga imkoni borlardan hamda hukmni qoʻlga olish va Islomni tatbiq etishga qarshi toʻgʻanoq boʻlayotgan moddiy toʻsiqlarni parchalab tashlashga qudrati yetadigan kuchlardan nusrat talab qilish zarurdir. Ushbu nusrat talab qilish nusratga qodir guruxlarning nusrat berishi uchun qulay muhitlarga muhtoj boʻladi. Bu muhitlar daʼvat fikrlari bilan hamohang boʻlgan iyjobiy tafoʼul muhitidir. Bu muhit daʼvat yukini koʻtaruvchilarga boʻlgan ishonchni uygʻotadi. Daʼvat yukini koʻtaruvchilar oʻz mabdaʼlarini chuqur anglab yetganliklari va bu yoʻlda sabot bilan turganliklari sababli hamda uygʻotish uchun harakat qilayotgan oʻz Ummatining mabdaʼsi yoʻlidagi fidoiyligi va jurʼati sababli ular Ummatni boshqarishga yaroqli ekanliklariga boʻlgan Ummatning ishonchini vujudga keltiradi. Shuning uchun bunday muhitni yaratish lozim. Agar u vujudga kelsa, to nusrat berilgunga qadar uni asrab avaylash va uning boqiyligini muhofaza qilish lozim.
Rasululloh – sallollhu alayhi vasallam – Makkada nusrat talab qilish bilan bir qatorda daʼvat ishlarini ham hech bir ikkilanish va malollanishsiz davom etdirdilar. U zotning qabilalarga yuborgan elchilari ham xuddi shunday qilganlar. Masalan, Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – Abu Zar Jandab ibn Janodani oʻz qavmi Gʻiforga yuborar ekanlar, unga shunday deganlar;
ارجع إلي قومك فاخبرهم حتي يأتيك أمري
“Qavminga qayt. Ularga bor gapni ayt. To mening amrim kelgunicha qavmingda boʻl”. Buxoriy va Muslim rivoyati. Tufayl ibn Amrni oʻz qavmi Davsga yubora turib unga mana bunday deganlar;
اللَّهُمَّ اهْدِ دَوْسًا ، ارجع الي قومك فادعهم وارفق بهم
“Allohim, Davs qabilasiga hidoyat nasib et. (Ey Tufayl), sen qavminga qayt, ularni daʼvat qil va ularga muloyim muomalada boʻl”. Ibn Ishoq rivoyati. Musʼab ibn Umayrni Islomga kirgan 12 kishi bilan birgalikda ularga Qurʼon oʻrgatib, Islomdan taʼlim berishi uchun Madinaga yuborganlar. Mana shu uch sahobaning har biri oʻzlari yuborilgan qavmning Islomga kirishiga juda xaris boʻlganlar. Ular oʻsha qavmni Islomga daʼvat qilar, ularga Qurʼondan taʼlim berar va ulardan Alloh amr etgan narsani bayon qilib berishlari uchun Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – ga yordam berishlarini, nusrat qoʻlini choʻzishlarini talab qilar edilar.
Avs va Xazraj qabilasidan boʻlgan musulmonlar Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – ga nusrat berishga qodir ekanliklarini xis etishgach, Musʼab(r.a.)dan Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – bilan uchrashtirishini talab qilishadi. Ibn Ishoq aytadi; “Soʻngra Musʼab ibn Umayr Makkaga qaytdi. Ahli shirk boʻlgan qavmlarining hojilari bilan birgalikda ayrim ansoriy musulmonlar ham yoʻlga chiqib, ular ham Makkaga keldilar. Natijada, ular Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – bilan tashriq kunlarining oʻrtasida aqabada koʻrishishga vaʼdalashib oldilar”. Ahmad Jobirdan chiqargan rivoyatda aytiladi: “Biz maslahatlashib, toʻplandik va; “Qachongacha Allohning elchisi Makka togʻlarida sarson-sargardon boʻlib, xavf-xatarda yashaydi”- dedik. Shundan keyin bizlar yoʻlga chiqdik va haj mavsumida Makkaga kelib Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – bilan aqabada koʻrishishga vaʼdalashlik”.
Bu va bundan boshqa nasslar Madinada Musʼab ibnUmayr va u yerdagi musulmonlar harakati bilan yuzaga kelgan tafoʼul(Ummat bilan ishlash) haqiqatan umumiy ongdan kelib chiqqan raʼyi ommni kasb eta olganligiga dalolat qiladi. Madinadagi musulmonlar daʼvatni himoya qilishga qodir ekanliklarini hamda Alloh amr etgan narsani bayon qilib berishlari uchun yaʼni Islom bilan hukm yuritishlari uchun kelsalar, Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – ni himoya qilish yoʻlida jonlarini ham ayamaslikka tayor ekanliklarini xis etganlar. Mana ularning ikkinchi aqaba bayʼatida aytgan soʻzlari; “Yo Rasulullah, bizlarning diyorimizga kelmaguningizgacha bizlar sizni himoyangizni oʻz zimmamizga ololmaymiz. Agar yurtimizga yetib borsangiz, siz bizning zimmamizda boʻlasiz. Biz sizni oʻz farzandlarimizni va ayollarimizni himoya qilgan narsadan himoyalab olamiz”. Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – ning ularga aytgan soʻzlari;
ابايعكم على ان تمنعوني مما تمنعون منه نساءكم و أبنائكم
“Ayollaringiz va farzandlaringizni himoya qiladigan narsadan meni ham himoya qilishingiz ustida sizlar bilan bayʼatlashaman”. Ahmad rivoyati. Mana shundan keyin Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – Makkadagi musulmonlardan Madinaga hijrat qilishlarini talab qildilar. Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – ularga dedilar;
أُرِيتُ دَارَ هِجْرَتِكُمْ ذَاتَ نَخْلٍ بَيْنَ لَابَتَيْنِ وَهُمَا الْحَرَّتَانِ ، فَهَاجَرَ مَنْ هَاجَرَ قِبَلَ الْمَدِينَةِ ، وَرَجَعَ عَامَّةُ مَنْ كَانَ هَاجَرَ بِأَرْضِ الْحَبَشَةِ إِلَى الْمَدِينَةِ
“Menga sizlarning hijrat diyorlaring koʻrsatildi. U ikki lobayn orasidagi xurmozor yurt ekan. Shunda hijrat qilganlar Madina tarafga hijrat qildi. Habashiston yerlariga hijrat qilganlarning barchasi Madinaga qaytishdi. Buxoriy rivoyati.
Shuning uchun Islom hayotini qaytadan boshlashga harakat qilayotgan hizb tafoʼul bosqichida murakkaz saqofat berishda, Abu Bakr va Saʼd ibn Muoz kabi yetakchi shaxsiyatlarni yaratishda, jamoiy saqofat berishda, umumiy ongdan kelib chiqqan raʼyi ommni vujudga keltirish uchun fikriy va siyosiy kurash orqali Ummat manfaʼatlarini tabanniy qilishda hamda kufr rejalarini fosh etishda Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – ning Makkada yurgan yoʻllaridan va Musьab ibn Umayrning Madinada yurgan yoʻllaridan borishlari lozim. “Umumiy ongdan kelib chiqqan raʼyi ommni yaratish”dan maqsad butun Ummat, Islomni hayot nizomi sifatida qoʻllash zarurligini anglab yetishini anglatadi. Bu zaruratga ularni oʻtkinchi otifa yoki sarkash ragʻbat emas, balki ularning hayotlari va sadoqatlari faqatgina Islom bilan bogʻliq ekanligini anglab yetgan idroklari undaydi. Ushbu raʼyi omm ommaviy ravshda ularni oʻzlari amalga oshirish ifodalamaydi. Yaʼni, insonlar sharʼiy ahkomlarni oʻzlarida tatbiq etishlarini anglatmaydi. Balki buning maʼnosi faqat Islom uchun sadoqatli boʻlishni anglatadi. Raʼyi ommni kasb etish amaliy emas, balki fikriy inqilobdir. Ushbu raʼyning asari amaliy hayotda faqat tatbiq chogʻidagina koʻrinadi. Hukmni qoʻlga olishga esa, ushbu raʼyi ommni va hizb fikrlarini qoʻllab quvvatlashning oʻzi yetarli boʻlmaydi. Balki hukmni qoʻlga olishga erishtiradigan kuch Islomni tatbiq etish yoʻlida toʻgʻanoq boʻlayotgan moddiy toʻsiqlarni parchalab tashlashga qodir boʻlgan – ansoriylar kabi – hizb yoki jamoatni hukmga yetkazish yoʻlida jonlarini ham fido qilishga tayyor boʻlgan guruhdir. Lekin bunday guruhni vujudga keltirib, uni oʻzini qurbon qiladigan darajaga olib kelish uchun xoss tarbiya va xoss muhit lozim boʻladi. Bu muhit oʻzi qabul qilgan mabdaʼni tatbiq etilishi hamda buning ortidan Allohning rizvoniga erishish uchun intilayotgan Ummatning bir boʻlagi boʻlgani uchun ushbu guruhni harakat va fidoiylikka chorlayligan raʼi omm va Islomni ommaviy tarzda qoʻllab quvvatlash muhitidir.(davomi bor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.