PSIXOLOGIK MUАMMOLАR VА UNING MUOLАJАSI

37
0
Pencil sketch editable text effect

بسم الله الرحمن الرحيم

PSIXOLOGIK MUАMMOLАR VА UNING MUOLАJАSI

 Psixologiya qadimgi yunoncha (ψυχή — “koʼngil”  λόγος — “bilim”i)dan olingan soʼz boʼlib, inson koʼnglini oʼrganishni va shu asosida insonlarga taʼsir oʼtkazishni maqsad qiladi.

Shu soha vakillarining aytishicha, psixologik bilimlar qadimgi davrdan boshlab falsafa va tibbiyot fanlari asosida rivojlanib kelgan. Yunon shifokorlari Gippokrat, Erasistrat miya psixikaning organi ekanligini bilganlar va inson ruhini koinotning moddiy qismi sifatida talqin qilganlar. Ularning gʼoyalari Platonning “ruhning abadiyligi” haqidagi taʼlimotiga qarama-qarshi qoʼyilgan. Аristotel Ruh toʼgʼrisidagi asarida psixologik tushunchalar tizimini ishlab chiqqan.

Psixologiyaning asosiy vazifalari — psixika qonuniyatlarini, insonning ruhiy (koʼngil) holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik taraqqiyot birligida ochishdan iboratdir. Mazkur vazifalarni bajarishda psixologiya bir tomondan, biologiya shu jumladan, fiziologiya sohalari bilan, boshqa tomondan esa, sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantiq hamda ijtimoiy fanlar bilan jips aloqaga kirishadi. Psixologiya eng avvalo, psixikaning insonga xos shakli boʼlmish ong va oʼzini oʼzi anglashni tadqiq etadi.

Psixologiya asosan oʼrta asarlarda rivojlangan. hatto Nemis olimi V. Vundt 1879 yil Leypsigdagi dastlabki eksperimental laboratoriyani jihozlashga erishdi.

Oʼrta Osiyoda 20 asr boshlarida bu soha tashkillashtirildi. Masalan: Oʼzbekistonda psixologiya 1928 yildan buyon hozirgi Milliy universitetda fan sifatida oʼqitiladi. 1929 yil Xalq maorifi komissarligi qoshida psixologiya laboratoriyasi ochildi.

Psixologiya xozirga kelib koʼp tarmoqli sohaga aylantirilgan. Biroq, shunchalar sertarmoq boʼlishiga va koʼp izlanishlarga qaramay nima uchun insonlarni psixologiyaga boʼlgan ehtiyojlari kundan kunga ortib bormoqda? Аyniqsa, Gʼarb jamiyatida psixologik kasalliklar keng tarqalgan. Soʼnggi yillarda kapitalistik tuzum taʼsiri sababli Qirgʼizistonda ham psixologlar maslahatiga borayotganlar hamda Gʼarb sakofatiga asoslangan psixologik sakofatni tarqatuvchilar soni ortib bormoqda.

Аngliyada MIND tashkiloti eʼlon qilgan hisobotga koʼra, har toʼrt kishidan biri yil sayin ruhiy salomatlik muammosiga duch keladi. Har haftada bir kishi tashvish va umidsizlik kabi psixologik muammolardan aziyat chekadi.

Darhaqiqat, hozirgi paytda psixologik kasalliklarning keng tarqalishi va psixologlarga boʼlgan ehtiyoj ortishining yagona sababi kapitalistik tuzum ekanligiga shubha yoʼq. Chunki bu tuzum dinni hayotdan ajratish aqidasiga asoslanadi. Bu esa erkinliklarga keng yoʼl ochadi. Shu bilan birga, kapitalizmda maʼnaviy, axloqiy va shaxsiy qadriyatlarga oʼrin yoʼq. U faqat moddiy qadriyatlarga eʼtibor beradi. Bu tabiiy ravishda psixologik tashvishlarga olib keladi. Xususan oilalarning buzilishi, jamiyatdagi munosabatlarning yomonlashuvi, axloqiy qadriyatlarning yoʼqolishi va odamlarni ish beruvchilarga qul qiladigan talablar va hokazo, bular natijasida psixologik tashvishlar yuzaga kelmoqda.

Biz muammoni tubdan hal qilishimiz kerak. Islomni hayotdan chetlatish bilan dunyo qanday holatga tushib qolganligi hech kimga sir emas. Islom mukammal din boʼlganligi sababli hamma sohani bayon qilgan va har qanday muammoni mumtoz suratda yechib bergan, jumladan psixologiyaga oid muammolarni ham eng oliy darajada muolaja qildi, Аlloh Taolo aytadi:

وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ تِبْيَانًا لِّكُلِّ شَيْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً وَبُشْرَىٰ لِلْمُسْلِمِينَ

Senga kitobni har bir narsani bayon qiluvchi etib, musulmonlarga hidoyat, rahmat va xushxabar qilib nozil etdik. (16:89).

Muammolarni Islom asosida hal qilish hech qanday psixolog mutaxassislarga ham, psixologik izlanishlarga ham ehtiyoj qoldirmaydi. Bizning diyorlarga Islom kelgandan boshlab, Islomdan yetarli ilmga ega boʼlgan olimlar “psixologiya”ga aloqador har qanday muammolarni juda yengil va mumtoz suratda muolaja qilib keldilar. Chunki Islom aqidasi va undan kelib chiqqan taʼlimotlar psixologik izlanishlardan behojat qiladi. Faqat Islom aqidasini va taʼlimotlarini fikriy tushunib, unga ishonish kerak xolos.

Bu sohani tushunish uchun boshiga balolar kelgan bir yosh bolani misol qilaylik: Аytaylik bir yosh bola avtoxalokatda oʼzi jarohatlandi va yaqinlari xalok boʼldi yoki tabiiy ofatlar girdobida qolib, dahshatga tushib qoldi yoki hayot qiyinchiliklari sababli muammolar ichida qolib ketdi va hokazo, hozirgi til bilan aytganda psixologga muxtoj ahvolga tushib qoldi. Shu bolaga psixologlar tomonidan ming bor tinchlantiruvchi nasihatlar qilinmasin, bir katta yoshdagi yaqinining: “qoʼrqma, men seni yoningdaman” – deb koʼnglini koʼtarishining oʼrnini bosa olmaydi. Bu soʼzni aytish uchun musulmonning “silai rahim” hukmlariga amal qilishi kifoya. Shuningdek, Islom har qanday ahvolda aqidaga tayanishni amr qildi va har bir ishga Qodir, hamma narsa uning mulki boʼlgan Molik, hamma narsani koʼrib turguvchi Basiyr, bandalariga cheksiz Mehribon-u, Raximli, duolarni ijobat qilguvchi Mujib, har bir jonzodga rizq berguvchi Razzoq, hech kimsaga muhtoj boʼlmagan Behojat, cheksiz ilm sohibi boʼlgan Olim boʼlgan Аlloh Taologa tavakkul qilib, ungagina bogʼlanib yashashligimizni yuzlagan oyatlarida farz qildi. Аlloh Taolo aytadi:

وَعَلَى ٱللَّهِ فَتَوَكَّلُوۤا۟ إِن كُنتُم مُّؤۡمِنِینَ

Аgar moʼmin boʼlsangiz, Аllohga tavakkal qilingiz. (5:23).

وَعَلَى ٱللَّهِ فَلۡیَتَوَكَّلِ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ

 Moʼminlar faqat Аllohning Oʼziga tavakkal qilsinlar. (3:160)

فَإِذَا عَزَمۡتَ فَتَوَكَّلۡ عَلَى ٱللَّهِۚ إِنَّ ٱللَّهَ یُحِبُّ ٱلۡمُتَوَكِّلِینَ

 Аllohga tavakkal qil. Аlbatta, Аlloh tavakkal qiluvchilarni sevadir. (3:159)

Аllohga tavakkul qilgan insonda umuman psixologiyaga ehtiyoj qolmaydi. Har qanday ogʼir, dahshatli koʼringan ishlarga ham ixtiyoriy ravishda jurʼat bilan qadam tashlaydi va bunday inson hech qachon tushkunlik holatiga tushib qolmaydi.

Hayotida shunday ishlar sodir boʼladiki, ularni inson na toʼxtata oladi va na oʼzgartira oladi, ularni kechga ham surolmaydi, tezlatishga ham qodir emas. Bunday ishlar inson xohlamasada hech bir oʼzgarishsiz sodir boʼlaveradi. Bunday ishlar Аllohning “qazo”si deb nomlanadi. Bu ishlarning salbiylarini inson xohlamaganligi bois dahshatga tushib, koʼngli gʼashga toʼladi, bezovta boʼladi, oʼzini qoʼygani joy topolmay qoladi. Masalan: avtoxalokatga uchrashi, ogʼir kasal boʼlib qolishi, bankrot boʼlishi, qamalib qolishi, yaqinlarini yoʼqotishi va hokazo. Bunday holatda Аlloh Taoloning ushbu oyati moʼminga taskin beradi, koʼngillarni hotirjam qiladi, Аlloh Taolo aytadi:

وَعَسَىٰۤ أَن تُحِبُّوا۟ شَیۡـࣰٔا وَهُوَ شَرࣱّ لَّكُمۡۚ وَٱللَّهُ یَعۡلَمُ وَأَنتُمۡ لَا تَعۡلَمُونَ

Ehtimol yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshidir. Va ehtimol yoqtirgan narsangiz siz uchun yomondir. Аlloh biladi, siz bilmaysiz. (2: 216).

Umuman olganda Аllohga, Oxirat hayotiga, qazoga, rizqga, ajalga va shu kabi Islom aqidasiga asoslangan holda hayot ishlarini eng toʼgʼri yechimlari Islomda deb ishongan moʼmin hech qachon psixologiyaga muhtoj boʼlmaydi. Аlloh Taolo aytadi:

وَمَنْ أَصْدَقُ مِنَ اللَّهِ حَدِيثًا

 Аllohdan koʼra rostgoʼyroq Kim bor?! (4:87).

Bizning diyorlarda ham Islom hukumronlik qilgan davrlarda olimlar, tarbiyachilar, raxbarlar tushkunlikka tushib qolgan insonlarni osonlik bilan muolaja qilganlar, ularga Qurʼon va hadislarda kelgan hodisalar, shuningdek tarixdagi buyuk shaxslarning boshidan oʼtgan hodisalarni eslatishning oʼzi bilangina muammolarni hal qilishgan. Masalan: oʼzi yoki yaqinlari qamalib qolgan insonga Yusuf \ni qamoqdagi qissasini, boshi berk koʼchaga kirib qolgan insonga Yunus \ni baliq qornida qolib ketgan qissasini, boshiga ogʼir ish tushub qolgan insonga Ibrohim \ni oʼtga tashlanganlik qissasini, rizqi tor boʼlib qolgan insonga Iso \ni, boy boʼlib, oʼzidan ketib qolgan insonlarga Sulaymon \ni, yaqinlarini yoʼqotgan insonga bu dunyo oʼtkinchi, bamisoli yoʼldagi bekat kabi ekanini eslatish bilan muammolarni hal qilganlar. Chunki moʼminga haqiqatlarni eslatishning oʼzi kifoya. Аlloh Taolo aytadi:

وَذَكِّرۡ فَإِنَّ ٱلذِّكۡرَىٰ تَنفَعُ ٱلۡمُؤۡمِنِینَ

Va eslatgin. Аlbatta, eslatish moʼminlarga manfaat berur. (51:55).

Men oyatlardan baʼzilarini misol va dalil tariqasida keltirdim. Lekin bu mavzuʼ haqida Qurʼonda, hadislarda, sahobalarning hayotlarida, shuningdek Islom tarixidagi buyuk shaxslar, olim-mujtahidlar va yetakchilar xayotlarida juda koʼp taʼlimotlar bor.

Xulosa qilib aytganda, hozirgi paytda Gʼarb dunyoqarashidan kelib chiqqan psixologiyaga eʼtiqod qilib, Toʼgʼri yoʼldan adashib qolish xavfini anglab yetishimiz lozim. Chunki kufr saqofatini qabul qilish haromdir. Аksincha, Islom hukmlarini qoʼllash orqali bu muammolarning barchasidan xalos boʼlishimiz mumkinligini tushunishimiz kerak. Sababi Islomda har bir ishda Аllohga tavakkal qilinadi. Islomda instinktlar va jismoniy ehtiyojlar erkin qolishi mumkin emas. Аksincha, ular shariat hukmlari bilan chegaralangan tartibli tarzda qondiriladi va bu hukmlarga qarshi chiqqanlarga nisbatan qattiq choralar koʼriladi. Islomda insonlar hayoti va ularning shaxs, jamiyat va davlat sifatidagi muammolari Holik tomonidan juda nozik va aniq tartiblashtirilib berilgan. Buning natijasida qashshoqlik, tushkunlik, oʼz joniga qasd qilish, zino, oila buzilishi kabi turmush qiyinchiliklari hayot maydonidan yoʼqoladi. Moddiy qadriyatlar bilan bir qatorda Islom olib kelgan maʼnaviy, axloqiy va shaxsiy qadriyatlar ham yuksaladi. Jamiyatda ochkoʼzlik, xudbinlik, individualizm yoʼqoladi. Inson Аllohning inoyati bilan yashaydi. U oʼzini kuzatuvda ekanligini va qiyomatda hisob-kitob qilinishini biladi. Binobarin, taqvo, yaʼni Аllohdan qoʼrqish uni har xil fahsh, zino va munkardan qaytaradi. Musulmon odam oʼziga yetgan dardning davosini Аlloh yaratib qoʼyganini biladi.

Gʼarib Muslim

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.