BMT va uning Islom va musulmonlarga bo‘lgan doimiy dushmanligi

249
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

BMT va uning Islom va musulmonlarga bo‘lgan doimiy dushmanligi

Al-Jazira net (hijriy 1442 yil 7 zulqa’da, milodiy 2021 yil 18 iyun)da nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish shu paytgacha «mojaroli hududlarda bolalar huquqlarini buzayotgan mamlakatlar va guruhlarning qora ro‘yxati»ga «Isroil» kuchlarini yana kiritmaslikka qaror qildi. Holbuki, G‘arbiy Sohil, shu jumladan Sharqiy Quddus, G‘azo va «Isroil»da bolalarga nisbatan 2020 yilda sodir etilgan qo‘pol qonunbuzarliklarning aksari «Isroil» zimmasiga tushgan».

Roya:

Bu xabar quyidagi bir nechta punktlarni ta’kidlamog‘imizni talab qilmoqda:

Birinchidan: Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘zining uzun yillik faoliyati davomida faqat mustamlakachi davlatlarning quroli bo‘lib keldi. Zero, bu davlatlar o‘z o‘ljalarini qo‘lga kiritishda ham, o‘z foydalariga chiqargan qarorlarini tatbiq qilishda ham mana shu BMTni qurol qilib olishgan… Ayniqsa, musulmonlarga qarshi to‘qigan fitna va hiyla-nayranglarini amalga oshirishda mana shu BMTdan foydalanib kelishdi… Bunga Falastin masalasi guvoh. Ya’ni BMT qarorlari orqali yahudiy vujudi dunyo davlatlari oldida qonuniy davlatga aylanib, Falastinda muqarrar huquq sohibi bo‘ldi. Yahudiy vujudi paydo bo‘lgandan beri uni nishonga olgan yoki unga «til tekizgan» birorta ham qaror BMT qarorlarida topilmaydi, u bunday qaror chiqarmagan.

Ikkinchidan: Falastin masalasida BMT qarorlarining tatbiq etilishi tarafdori bo‘lganlar hamda bu bosqinchilar jinoyat sodir etgan paytda har safar BMTga murojaat qilib, yordam so‘rayotganlar, bunday kimsalarning barchasi Falastin masalasiga qarshi til biriktiruvchilar hisoblanadi. Chunki ular egnilariga «adolat va insof qilish», degan choponni kiyib olib, aslida, mustamlakachilar istagini bajarishmoqda… Shuningdek, BMT ostonasiga bosh urib, Falastin masalasini yo‘q qilishga astoydil harakat qilishmoqda.

Uchinchidan: BMT adolatsizlik, zulm va huquqbuzarlikka chaqirilayotgan minbardir. Axir, bu yahudiy vujudi masalasi va uning vahshiyligi yaqqol ma’lum-ayon narsa va bu narsalar kameralardan ham, ekranlardan ham ochiq ko‘rinib turibdi. Biroq, BMT shunga qaramay, jinoyatlarni turli dastak va oqlovlar bilan yashirib, bu bilan eng qabih, yuzsiz ishni qilmoqda. Hatto yahudiy vujudini «mojaroli hududlarda bolalar huquqlarini buzayotgan mamlakatlar va guruhlarning qora ro‘yxati»ga kiritishdan bosh tortmoqda.

To‘rtinchidan: BMTning bu qilmishi yahudiy vujudi mustamlakachi kofir G‘arbning manfaatlarini amalga oshirish uchun Ummat ko‘ksiga sanchilgan xanjardan boshqa narsa emasligiga ishonchimizni yanada mustahkamladi. Bosqinchi yahudiy vujudi boshqa, G‘arb boshqa, degan kishi nodondir. Chunki bularning barchasi Islom Ummatiga dushman davlatlardir.

Beshinchidan: Falastinga, bolalariga, ayollariga, qariyalariga va Aqsoga nusrat-yordam berishga birdan-bir qodir musulmon qo‘shinlardir. Faqat ulargina harakatga kelib, muborak Falastin zaminini ozod etajaklar.

Roya gazetasining 2021 yil 23 iyun chorshanba kungi 344-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.