Kim zulmni ko‘tarib kelgan bo‘lsa, aniq muvaffaqiyatsizlikka uchraydi

119
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

وَقَدْ خَابَ مَنْ حَمَلَ ظُلْمًا

«Kim zulmni ko‘tarib kelgan bo‘lsa, aniq muvaffaqiyatsizlikka uchraydi»

Sudan moliya vaziri «Anbo» axborot agentligi bilan o‘tkazgan matbuot anjumanida «davlat qo‘llab-quvvatlovini olib tashlash aslo to‘xtatilmaydi, hatto hukumat almashsa ham», dedi. O‘z navbatida, ustoz G‘oda Abdujabbor xonim Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi radiosiga yozgan izohida bu haqda bunday dedi:

«O‘zlari hukm yuritayotgan mamlakatda o‘zlari qaror qabul qilolmayotganlarni qanday qilib hukmdor, deya olamiz?! Insonlar hayotini falaj qiladigan va hech narsa qilmasdan odamlarni ochlik va kasalliklarning o‘ljasiga aylantiradigan qarorlarga bo‘ysunayotgan kimsalarni qanday qilib hukmdor, deyishimiz mumkin?!».

Izohda quyidagilar ta’kidlandi:

«Ummat shuni anglamog‘i lozimki, bu hukmdorlar mustaqil qaror qabul qilisholmaydi. Chunki ular xo‘jayinlari istaklari bo‘yicha va ularning soyasida qadam tashlashadi. Shuning uchun mahsulotlardan davlat qo‘llab-quvvatlovini olib tashlash qarori hukumat ketsa ham doim saqlanib qolmoqda. Chunki musulmonlar hukmdorlarining pozitsiyalari xorij qarorlariga bog‘lanib qolgan. Sudan va boshqa islomiy yurtlarning boyliklari ustida davlatlararo kurash ketayotgan ekan, buning oqibatida musulmonlarning azob-uqubatlardan boshlari chiqmayapti. Bunga mana shu hukmdorlarni mustamlakachilarga «yo‘q», degan so‘zni aytishdan ham ojizlik qilayotganlari sababdir. Hatto bu hukmdorlarning birligimizni buzish uchun dushmanlarimizning fitna va til biriktiruv qarorlarini ijro etishdan o‘zga tashvishlari bo‘lmay qoldi».

Izoh so‘nggida bunday deyildi:

«Yagona echim mustaqil qaror chiqarolmayotgan bunday qo‘g‘irchoq hukmdorlarni ag‘darishga jiddiy harakat qilishdan iborat. Buning uchun avvalo Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etmoq darkor. Chunki musulmon yurtlariga loyiq hukmdorlarni Xalifalik tayin etadi.

Roya gazetasining 2021 yil 23 iyun chorshanba kungi 344-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.