Shom ahlini qonxo‘r rejimga qul qilib berish masalasida Rossiya bilan Turkiya o‘rtasida kelishmovchilik yo‘q

220
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Shom ahlini qonxo‘r rejimga qul qilib berish masalasida Rossiya bilan Turkiya o‘rtasida kelishmovchilik yo‘q

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot mo‘limi raisi ustoz Ahmad Abdulvahhob quyidagilarni ta’kidladi:

«Shom ahlini qonxo‘r rejimga qul qilib berish masalasida Rossiya bilan Turkiya o‘rtasida kelishmovchilik yo‘q. Balki kelishmovchilik buni qaysi yo‘l bilan amalga oshirishda. Masalan, Rossiya Suriya ishini imkon qadar tezroq tugatmoqchi va buni jangovar yo‘l bilan amalga oshirishga harakat qilyapti. Turk rejimi va uning ortidagi AQSh esa, shoshilmayapti, bu ishni Amerika istagandek siyosiy yo‘l bilan hal etmoqchi. Ammo ikkala holatda ham oqibat bitta. Mana, bu haqda Rossiyaning Suriyadagi muxtor elchisi Aleksandr Efimov Rossiyaning Turkiya bilan Idlib xususida kelishib olganlarini ta’kidlab, bu kelishuv «Suriya rejimini yangitdan hukmron qilish» zarurligini bekor qilmaydi, dedi. Ushbu kelishuvlar «Rossiya kuchlari yordamida Suriya armiyasi tomonidan ozod etilgan erlarni mustahkamlashga hissa qo‘shgani»ni hamda ayni kelishuvning ba’zi elementlarini amalga oshirish «kutilgandan ko‘proq vaqt talab qilgani»ni ta’kidladi. Keyin bunday qo‘shimcha qildi: «Shunday bo‘lsa-da, biz ayni masalada Turkiya tomoni bilan turli darajalarda ishlashni davom ettirmoqdamiz»».

Roya gazetasining 2021 yil 23 iyun chorshanba kungi 344-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.