Asl illat Iordaniya rejimining o‘zida, qolaversa, u tatbiq qilayotgan tuzumdadir

120
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Asl illat Iordaniya rejimining o‘zida, qolaversa, u tatbiq qilayotgan tuzumdadir

«Arabiy jadid» veb-saytida (hijriy 1442 yil 13 sha’bon, milodiy 2021 yil 19 mart juma kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

13 mart kuni Iordaniya hukumatiga qarashli Salt kasalxonasida fojia yuz berdi… Kislorod zaxiralarining etishmasligi oqibatida o‘lim etti kishini olib ketdi. Ma’lumki, mamlakatda koronavirus epidemiyasiga qarshi cheklovlar doirasida tungi komendantlik soatining uzaytirilishi Iordaniya xalqining g‘azabini battar oshirgan edi. Ushbu g‘azab o‘tgan haftada bir nechta shaharlarda boshlangan qator norozilik namoyishlarida namoyon bo‘ldi. Ammo bu noroziliklarga birin-ketin kelayotgan hukumatlarning siyosatlari, ayniqsa, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va ta’lim sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash va pullarni taqsimlashga siyosatlari sabab bo‘ldi. Buni namoyishchilarning talablaridan ham ko‘rish mumkin. Chunki ular mavjud hukumatning iste’foga chiqishini, parlament majlisining tarqatilishini va mudofaa to‘g‘risidagi qonunni bekor qilishni talab qilishdi.

Bunday vaziyatda Bisher Hasauna hukumatining bir inqirozdan chiqib, ikkinchisiga duchor bo‘lish bilan holdan toyganini ko‘rish mumkin. Zotan, bu hukumat avval ham havas qilarli vaziyatda emas edi. Ammo bugungi Salt fojiasidan so‘ng uning iste’foga chiqishi talablari ortgandan ortib ketdi».

Roya:

Aslida javobgarlik ushbu falokatning asl javobgari zimmasiga, ya’ni, Iordaniya rejimiga tushadi. Ayblov toshlari o‘zlaricha mustaqil biror narsa qilish qo‘llaridan kelmaydigan mulozimlarga otilmasligi kerak. Chunki illatning asli mamlakatda tatbiq etilayotgan tuzumdadir. Bu kapitalistik badbo‘y tuzumda davlat o‘zining xalqqa g‘amxo‘rlik qilish javobgarligidan voz kechadi va uni xususiy sektorlarga yuklab, inson salomatligini saqlashni va uning manfaatlarini himoya qilishni o‘z manfaat va daromadlaridan boshqa narsaga qiziqmaydigan shirkatlar qo‘liga topshirib qo‘yadi. Bundan tashqari, davlatning karantin va cheklovlarni ham idora qilolmayotgani, nima qilishni bilmay garangligi ham ochiq ko‘rinib turibdi.

Shubhasiz, Xalifalik davlatida odamlar ishlarini boshqarish va tezkor xizmatlar ko‘rsatish sodda-osonlikka va idora qiluvchilarning iqtidoriga asoslangan. Chunki ishlarni go‘zal suratda ado etish shariat tomonidan buyurilgan va bunga erishish uchun albatta uchta narsani idora qilish kerak: Birinchi: tuzumdagi soddalik va qulaylik, chunki murakkablik mashaqqat tug‘diradi. Ikkinchi: Ishlarni sur’at bilan bajarish, chunki bu manfaatdor tomonga qulaylik yaratadi. Uchinchi: Ish yuklatilgan shaxsda qobiliyat va iqtidor bo‘lishi kerak. Shuning uchun Iordaniya ahli Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini barpo etishga shoshilmaydilarmi?!

Roya gazetasining 2021 yil 24 mart chorshanba kungi 331-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.