Qirg‘iziston Qumtordan 3 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ undirish niyatida

292
0

Qirg‘iziston Qumtordan 3 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ undirish niyatida

Bishkek shahrining Oktyabr tuman sudi “Qumtor” oltin konining Davыdov va Lыsыy muzliklaridagi chiqindi tashlanadigan joylarni noqonuniy deb topdi va “Kumtor Gold” shirkati zimmasiga 261 milliard 719 million 674 ming so‘m davlatga to‘lash majburiyarini yukladi. Bu haqda Oktyabr tuman sudining 7 may kunidagi qarorida aytildi. Bundan tashqari, Kanada kompaniyasi 1 milliard 300 million so‘m miqdorida badal to‘lashi kerak.

Biznes ombudsmanining ta’kidlashicha, Qumtorga tashqi boshqaruvni joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatga sarmoyalar jalb qilinishini kamaytiradi. Chunki bu muassasa faqat kapitalistlarning huquqlarini himoya qilish asosida ishlaydi.

Ayni paytda Qirg‘iziston byudjeti inqirozga yuz tutgan bo‘lib, tashqi qarzga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Xalqaro moliya tashkilotlari mamlakatga qarz berish uchun elektr energiyasi narxlarini ko‘tarish va davlat korxonalarini xususiylashtirish kabi shartlarni qo‘ymoqda. Natijada hukumat mamlakatning eng serdaromad sohasi bo‘lgan Qumtordan mablag‘ undirishga harakat qilmoqda. Ammo, hozirgi paytda kapitalistik tizim va uning qurollari bo‘lgan xalqaro tashkilotlar chet el kompaniyalarining manfaatlarini himoya qilish uchun ishlamoqda. Demek, ish xalqaro sud jarayonlaridan tashqariga chiqmaydi. Qirg‘iziston hukumati esa xalqaro sudda g‘alaba qozonishi ehtimoldan yiroq.

Xulosa qilib aytganda, Qumtor koni ish boshlagandan beri undan faqat xorijiy kompaniya foyda ko‘rib kelmoqda. Ulardan qolgan-qutganini mahalliy amaldorlar vositachi sifatida bo‘lib olishmoqda. Hukumat esa, oddiy xalqqa “Tsenterra”ni eng katta soliq to‘lovchi kompaniya sifatida ko‘rsatib, ko‘zbo‘machilik qilmoqda. Axir xalqqa ushbu oltin konidan hozirgacha hech qanday ulush berilmaganligi hech kimga sir emas-ku. Chunki bugungi kunda biz yashayotgan kapitalistik tuzum ushbu kapitalistlarning huquqlarini himoya qilish va dunyoning istalgan nuqtasida ularga sharoit yaratish uchun qurilgan. Oddiy xalqqa esa, arzon ish kuchi sifatida qaraladi. Aslida, islomiy nuqtai nazardan qaralsa, tabiiy boyliklar butun xalqqa tegishli bo‘lib, uning foydasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqqa tegishi kerak. Shuningdek, na davlat, na xorijiy kompaniya va na jismoniy shaxs jamoat mulkiga egalik qila olmaydi.

Mumtaz Maveranahri

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.