Oʻzbekiston va Tojikiston Afgʻoniston chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi

1107
0

Oʻzbekiston va Tojikiston Afgʻoniston chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi

Oʻzbekiston va Tojikiston chegara qoʻshinlari birinchi qoʻshma harbiy kengash yigʻilishini oʻtkazishdi, deb xabar qildi “Sputnik” Tojikiston.

Yigʻilish 21-22 dekabr kunlari Soʻgʻd viloyatining Guliston shahrida oʻtkazildi.

Uchrashuvda Tojikiston chegara qoʻshinlari qoʻmondoni, general-polkovnik Radjabali Raxmonali va Oʻzbekiston DXX chegara qoʻshinlari qoʻmondoni, general-mayor Ruslan Mirzayev va chegara qoʻshinlari boshqarma rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi hamkorlik rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladilar.

Harbiy kengashda Afgʻoniston bilan chegaradagi vaziyat muhokama qilindi.

Shuningdek, Oʻzbekiston va Tojikiston chegara qoʻshinlari 2019 yil uchun hamkorlik rejasini ishlab chiqishdi.

Hujjatning asosiy maqsadi – mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish hamda davlat chegarasini himoya qilishdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.