Livan: yagona variant yurtni tashlab chiqib ketishmi?!

292
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Livan: yagona variant yurtni tashlab chiqib ketishmi?!

Muhandis Mujdiy Ali qalamiga mansub

Livan vujudi tashkil topganiga yuz yil bo‘ldi. Bundan yuz yil oldin Evropa davlatlarining – avvalo Frantsiyaning – Islom diyori bo‘lmish Xalifalik ichkarisida ta’sir doirasi shu darajada kuchaygan ediki, hatto ularning ta’siri «ozchiliklarni himoya qilish» da’vosi bilan Jabali Lubnonda buyuk Xalifalik davlati ishlariga aralashishgacha… keyin 1920 yil 1 sentyabrda Frantsiya tomonidan «Livan», deb nomlangan davlatning e’lon qilinishigacha etib bordi.

Livan toifachilik asosida tashkil etildi. Shuning uchun u haqiqiy ma’nodagi jamiyat emas, balki, bir tuzilmadir. Haqiqiy ma’nodagi jamiyat bir-birini to‘ldiradigan, uyg‘un fikr va tuyg‘ular tarmog‘i bilan o‘zaro bog‘langan bo‘ladi hamda ayni tarmoqning tarkibidan hokimiyat kelib chiqadi, hokimiyat esa, insonlar ishlarini qonun va tuzumlar bilan boshqaradi, odamlar bu hokimiyat va boshqaruvchilarga rozi bo‘ladilar. Ammo Livan bir nechta guruhlardan iborat bo‘lib, ularning har biri alohida-alohida kichik guruhlarni tashkil qiladi. Bu guruhdagi urf-odat millatchi toifachilik asosida tashkil topgan boshqa barcha guruhlardagi urf-odatdan farq qiladi. Chunki toifalar ushbu sun’iy vujud tarkibidagi odamlar birikmasidir. Hatto mana shu toifalar ham o‘zidagi odamlarni haqiqiy jamiyat aloqalari bilan bog‘lamaydi. Balki ular bir-biri bilan xalqlar sifatida aloqa qilishadi va boshqa toifalardan ham ayni xalqlar sifatida ajralishadi. Demakki, ushbu toifalar qabilachilikka yaqin bo‘lgan tarafkashlikka asoslangan.

Demak, Livanda hech qanday haqiqiy jamiyat ham, insonlar ishlarini boshqaradigan ularning o‘zidan tug‘ilgan haqiqiy tuzum ham mavjud emas. Balki u erda partiyalar va guruhlar bo‘lib, hammasi toifachilikdan boshqa narsaga asoslanmagan. Biror muammo paydo bo‘lsa, ularning har biri o‘zining badbo‘y irqchiligi va toifachiligiga o‘tib oladi. Hatto ayni vujudlar tashkilotlari va ularning rahbarlari ham toifachilik asosida bo‘linib olishgan. Masalan, Emigrantlar fondi duruzlarniki, Taraqqiyot va obodonlashtirish kengashi sunniylarniki, Janub kengashi shialarniki, kazino maronitlarniki… va hokazo. Bundan chiqdi davlat va hokimiyat talon-toroj etilib, ulushga aylanib bo‘lgan, rahbarlar va ularning yaqinlari bu o‘ljadan insonlar hisobiga boyib yotishibdi… ularni inson manfaatlari ham, insonning o‘zi ham zarracha qiziqtirmaydi!

Mana shu narsa insonlarni shaxslar va oilalar darajasida o‘zlarining asosiy turmush omillaridan mahrum bo‘lishlariga, ularni mana shunday sifatdagi davlatda qolishlariga majbur qildi. Bechora Livandagi insonlar yurtni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘layotgan ekanlar, yurt manzarasini Rosululloh ﷺning quyidagi hadislari tasvirlayotgan ko‘rinadi:

«مَنْ أَصْبَحَ مِنْكُمْ آمِناً فِي سِرْبِهِ، مُعَافًى فِي جَسَدِهِ، عِنْدَهُ قُوتُ يَوْمِهِ، فَكَأَنَّمَا حِيزَتْ لَهُ الدُّنْيَا«

«Kim o‘z uyida xotirjam, tani salomat holda tong ottirsa va uning bir kunlik emishi bo‘lsa, go‘yo butun dunyo unga to‘plab berilibdi».

Shu bois, inson Livanda uni himoya qiladigan millatchilar yoki unga ish beradigan toifachilar tomoniga o‘tmasa, u har tomonlama tinch-xavfsiz yasholmaydi va kasal bo‘lsa davolanolmaydi. Ustiga-ustak, bu tarafda o‘tkir iqtisodiy krizis so‘nggi paytlarda Livan lirasining dollarga nisbatan kursini shu darajada tushirib yubordiki, deyarli u bor qadrini yo‘qotdi. Hatto odamlar o‘zlarining kunlik emishlarini ham topolmaydigan ahvolda qoldilar. Odamlarning tinimsiz o‘z joniga qasd qilish holatlari, so‘nggi paytlarda yaqqol ko‘zga tashlanib qolgan talonchilik va o‘g‘irlik holatlari, mana shu ahvolni ochiq ifodasidir. Demakki, bu ahvolda na xavfsizlik bo‘lsin, na salomatlik va na kunlik emish. Hatto so‘nggi pulini sudxo‘rlik banklarida saqlayotganlar ham, bugun uni yo‘qotish xavfi ostida qolmoqdalar. Davlat uzoq yillardan beri o‘zining Markaziy banki orqali insonlar omonatlari ustida o‘yin qilib, yurtni yuz milliard dollarga yaqin qarz ostida ingratib kelmoqda. Oqibatda, yosh avlod mana shu qarzning olovida jizg‘inak bo‘lib, uni o‘zlarining kunlik emishlari va omonatlaridan to‘lashga majbur qolmoqdalar. Hatto davlat Xalqaro Valyuta Fondi ortidan chopmoqda. Bu esa, Livan krizisining, balki agar bu rejim saqlanib qolaversa, hatto kelgusi avlod krizisining naqadar chuqurligini ko‘rsatib turibdi.

Shuning uchun Livan ahlida umidsizlik darajasi juda yuqori. Chunki ularning ta’lim darajalari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, ish joylari etishmaydi, oyliklar ehtiyojlariga etmaydi. Buning ustiga, turmush darajalari bilan moliyaviy va iqtisodiy vaziyatlari butunlay orqada qolib ketdi. Elektr energiyasi, suv, axlat, sog‘liqni saqlash va «ijtimoiy ta’minot» kabi davlat xizmatlari butkul izdan chiqdi. Hatto davlat bir oydan beri elektr energiyasini kunda ikki soatdan ziyod ta’minlay olmay qoldi! Livandagi elektr muammosi xuddi xalqaro kamyob mollar muammosiga o‘xshaydi. Xalqaro Valyuta Fondi ayni muammodan Livan rejimini shantaj qiladigan bo‘lib qolgan. Shantajligi shundaki, Livanning mana shu Fondga a’zo bo‘ldi, degani u qo‘yajak shartlar bilan jarlik tubiga quladi, deganini anglatadi. Masalan, valyuta kursini erkinlashtirish, asosiy ehtiyoj mollaridan davlat qo‘llab-quvvatlovini to‘xtatish, xususiylashtirish, davlat aktivlarini sotish, soliqlarni oshirish va davlat sektorlaridagi ish o‘rinlarini qisqartirish kabi shartlar.

Shu sababdan yurtdan chiqib ketish va bugungi bunday mavjud vaziyatdan qochish turli qatlamdagi Livan farzandlari nazarida «echim kaliti»iga aylanib qoldi. Ish faqat kambag‘al va miskin insonlarga cheklanmay, balki holati o‘rtacha bo‘lgan va hatto o‘ziga to‘q kishilar ham bu vaziyatdan qiynaladigan bo‘lib qoldilar. Bunga yurtdagi shaxsiy, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy xavfsizlikning yo‘qligi sabab bo‘ldi. Zotan, aynan shu xavfsizlik barqarorlikning kaliti hisoblanadi. Ayrim statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yurtdan chiqib ketish (immigratsiya) darajasi 42 %ga ko‘tarilgan. 2019 yilning yanvar oyi o‘rtalaridan noyabr oyi o‘rtalariga qadar yurtni 61.924 nafar livanlik tark etgan. 2018 yili bu ko‘rsatkich 41.766 nafarni tashkil qilgan.

Shu o‘rinda nahotki birdan-bir variant yurtni tark etish bo‘lsa?! degan savol tug‘iladi. Biz bunga hech ikkilanmay bunday deymiz: Yurtni tark etish faqat yagona variant bo‘lib qolgani yo‘q, balki anchadan beri shunday bo‘lib kelish bilan birga, bugungi kunimizda bu shaxslar va oilalar uchun jiddiy xavfga ham aylanib qoldi. Guvoh bo‘layotganimizdek, yurtda irqchilik darajasi tobora ortmoqda va kapitalistik tuzumning – ayniqsa, koronavirus pandemiyasi paydo bo‘lishi bilan – odamlarni boshqarishdagi ayb-nuqsoni ochilib qoldi. Zero, bu pandemiya Italiya, Ispaniya, AQSh, Britaniya… kabi G‘arb davlatlariga kuchli zarba berdi. Biroq, shunday bir paytda ham davlatning echimni Xalqaro Valyuta Fondi qo‘lidan qidirayotganligi odamlar oldida, ayniqsa, asosiy immigrantlarni tashkil qilayotgan yoshlar nazdida yurtni tark etishdan boshqa tanlovni qoldirmayapti.

Shuning uchun asl echim uni Xalqaro Valyuta Fondidan tashqaridan topishga da’vat etishdan iborat. Chunki Livan musulmon yurtlarining kichik bir bo‘lagidir. Achchiq va shirin kunlari bir bo‘lgan ushbu mintaqaning tabiiy, insoniy va ijtimoiy davomidir. Chunki turli shakldagi xavfsizlikning buzilishi kabi boshdan kechirilayotgan bu narsalar faqat Livanga cheklanmaydi, balki musulmon yurtlarining g‘arbidan to sharqigacha cho‘zilgan. Binobarin, bu yurtlardagi insonlar tashvishi butun mintaqani ayni krizislar va buzilishlardan olib chiqishdan iborat bo‘lishi kerak. Chunki qachon butun islomiy yurtlar qo‘zg‘alsa, ana shunda Livan ayni qo‘zg‘alishning salmoqli hissasiga aylanadi. Shu qo‘zg‘alish bilan Livan avvaldan boshlab hozirgacha boshdan kechirayotgan til biriktiruvlarning nishoniga aylanmay qoladi. Bu bilan geografik jihatdan bog‘liqligiga qo‘shimcha, hazoriy, siyosiy va ijtimoiy jihatdan Islomiy olamning bir qismi bo‘lgan o‘zining asl o‘rniga qaytadi. Ana shundagina bu yurt Tinch okeanidan to Atlantikagacha cho‘zilgan bepoyon jamiyatning bir qismi bo‘lgani sababli o‘zining turli krizislaridan chiqa oladi, islomiy hayotni qayta boshlab, o‘zligiga, yashash tariqatiga qaytadi, chunki bu tariqat Livanni ham, boshqa davlatlarni ham bu dunyoda osuda hayot kechirish va oxiratda Alloh Subhanahu rizosiga erishish bilan ta’minlaydi.

Xulosa qilib aytganda, Livan yuz yildan beri, o‘z asli-Xalifalikdan uzilganidan boshlab muvaffaqiyatsizlik ketidan muvaffaqiyatsizlikka yuz tutmoqda va to ushbu asliga qaytmagunicha hargiz to‘g‘ri yo‘lini topolmaydi. Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlati Livanning aslidir.

Roya gazetasining 2020 yil 29 iyul chorshanba kungi 297-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.