Bayrut portlashi Islom Ummati uchun ogohlantiruvdir

254
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Bayrut portlashi Islom Ummati uchun ogohlantiruvdir

Muhandis Salohiddin Azoza

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi raisi

Alloh Taolo o‘z irodasi ila, Livan boshqaruvini Islom Ummatiga ko‘z yumolmaydigan darajada yorqin misol qilib berdi, Ummatga Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan boshqarmaslikning oqibati naqadar yomonligini ochiq-oydin ko‘rsatib qo‘ydi. Darhaqiqat, Alloh Livandagi malay ruvaybiza hukmdorlardan tavfiqni olib qo‘ydi. Alaloqibat muvaffaqiyatsizlik ularni hayratdan yoqa ushlaydigan ishlarga tortdi. Zero, ular o‘tgan bir yil ichida odamlarni qator halokatlarga giriftor qilib, yurtni ham, uning ahlini ham fano yoqasiga olib kelib qo‘yishdi. Bayrutdagi mash’um portlash shularning biridir va oxirgisi ham emas. Bu jinoyatkor hukmdorlar poytaxt ostonalarining birida va o‘zlari yashaydigan hukumat markazi yaqinida bir necha tonna portlovchi moddaning saqlanganligiga panja orasidan qarab kelishdi! Moddalar xuddi atom bombasi misol portlagach, shahar misli ko‘rilmagan o‘lim va vayronagarchilikka yuz tutdi.

Yuzlab inson noumud bo‘ldi, minglabi jarohatlandi, mahallalar butunlay vayron bo‘ldi, shahardagi aksar uylarga shikast etdi. Fojia qanday oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa, undan parlament binosi gumbazi ham omon qolmadi. Portlash bo‘roni hukumat saroyi eshiklarini ham sug‘urib oldi, bu yomonlik hukmdorlarining buzuqligi, balosi o‘zlarining ham boshlariga etay dedi.

Alloh Taoloning izni ila, Bayrut portlashi chaqmog‘iga hamma guvoh bo‘ldi… vayronadan oldin katta tutun ko‘tarildi, odamlarga o‘z tarsakisini ular tomosha qilib turgan paytlarida tortdi… bu holga avval kameralar guvoh bo‘ldi, ortidan butun dunyo, eng birinchi musulmon olami shohid bo‘ldi.

Bayrut Islom Ummati uchun qariyb 1400 yildan eng asosiy shaharlaridan biri bo‘lib kelgan. Bu shahar qanchalar dunyo nazarini o‘ziga tortgani sari, bugun Islom Ummatining yuzlaridan biriga, taniga etayotgan dardlardan biriga aylanmoqda. Shuning uchun Bayrut tarsakisi yuzlarga tortildi, musulmon avlodini qattiq silkitdi.

Bas, qachongacha musulmonlar ishi shunday qarovsiz qoldiriladi?! Zero, Livandagi ruvaybiza va malay hukmronlar har qanday hadni oshib o‘tishdi, musulmonlarning har bir ishini buzmay qoldirishmadi. Alloh Taolo ularning qo‘li bilan amalga oshirilgan, Livan ahli o‘zlari uchun manfaatli deb o‘ylagan narsalarning hammasini harom qilgan, masalan:

Kimda-kim bitta xalifa boshqaruvidan ko‘pchilik boshqaruvini yaxshi deb hisoblasa… Livan ahlining Xalifalik zamonidagi va Xalifalik qulatilgandan keyingi, bugungi ahvoliga qarasin!

Kimda-kim sudxo‘rlik savdodan, sanoatdan, qishloq xo‘jaligidan yaxshi, deb hisoblayotgan bo‘lsa, qarasin, banklar Livan ahli mollarini nima qilganiga!

Kimda-kim odamlarning erlari va uy-joylarini bosib olib, so‘ng obod qilinsa, bu shaharni gullab-yashnatadi deb hisoblayotgan bo‘lsa, qarasin, Bayrut qanday ahvolga kelganiga!

Kimda-kim mazhabparastlik Islom boshqaruvidan yaxshi deb hisoblayotgan bo‘lsa, ko‘rib qo‘ysin, ayni illatga chaqirish har safar tinch aholini qanday tahdidlar ostida qoldirganini!

Kimda-kim rahbar bilan xalq o‘rtasidagi munosabat mana shunday mijozlar bilan bo‘lgan munosabat singari bo‘ladi, deb hisoblayotgan bo‘lsa, muvaffaqiyatsiz va omadsiz kimsalar boshqargan yurtning ahvoliga qarasin!

Kimda-kim mutlaq xavfsizlik hokimiyati hatto zulm qilsa ham, shunday bo‘lishi shart, deb o‘ylayotgan bo‘lsa, ana, yurtning qancha-qancha yoshlarining qiynoqlar ostida azob chekkanini yoki o‘lib ketganini ko‘rib qo‘ysin!

Kimda-kim kofir G‘arbni Livan ahli uchun Xalifalikdan ko‘ra mehribonroq, deb hisoblayotgan bo‘lsa, ana, xalqaro nufuz talashuvchilar bu yurtni har safar kurashayotganlarida qanchalar bo‘lib-parchalab tashlashayotganini ko‘rib qo‘ysin!

Kimda-kim mustamlakachi kofir G‘arbning musulmon yurtlarimizda nufuzi bo‘lishi kerak, bu bizni xavf-xatarlardan saqlaydi deb hisoblayotgan bo‘lsa, ko‘rsin, bu egasi yo‘q yurtimiz nima ahvolda qoldi!

Kimda-kim pora ozgina bo‘lsa buning zarari yo‘q, deb hisoblayotgan bo‘lsa, ko‘rib qo‘ysin, poraxo‘rlarning yurtimizdagi insonlar manfaatlarini ishdan chiqarganini!

Kimda-kim fohishalik erkinligi Islomdagi iffatdan yaxshi deb bilayotgan bo‘lsa, bu bizni Lut ning zamoniga qaytarayotganini ko‘rib qo‘ysin!

Kimda-kim demokratik qonunchilik rabboniy qonunchilikdan yaxshi deb hisoblayotgan bo‘lsa, bugungi qonunlarning hukmdorlar va ularning kompaniyalari manfaatiga mos ishlab chiqilganini ko‘rib qo‘ysin!…

Ey musulmonlar!

Xalifasiz yuz yil o‘tkazdik, shu etmaydimi, axir, shu sababli yurtimizdan va hayotimizdan baraka ko‘tarildi-ku, hatto ustimizga hamon Allohning g‘azabi yog‘ilayotganini bilyapmiz-ku?! Alloh Taolo bunday dedi:

ظَهَرَ الْفَسَادُ فِي الْبَرِّ وَالْبَحْرِ بِمَا كَسَبَتْ أَيْدِي النَّاسِ لِيُذِيقَهُم بَعْضَ الَّذِي عَمِلُوا لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ

«Odamlarning o‘zlari qilgan qilmishlari sababli quruqlikda ham, dengizda ham (turli) ofat-balolar yuz berdi. (Bu) qaytishlari uchun, ularga qilgan ayrim gunohlarining (jazosini) totdirib qo‘yish uchundir» [Rum 41]

Hayotingizning Islom tuzumidan tashqarida va ruvaybizalar boshqaruvi ostida qolganligi boshingizga katta balolar keltirishini, Alloh shuncha yiqqan narsalaringizni bir zumda chang-to‘zonga aylantirib qo‘yishga qodir ekanini eslamog‘ingiz uchun Bayrut portlashi chaqmog‘i ham kifoya qilmaydimi?! Alloh Taolo bunday deydi:

وَضَرَبَ اللَّهُ مَثَلاً قَرْيَةً كَانَتْ آمِنَةً مُّطْمَئِنَّةً يَأْتِيهَا رِزْقُهَا رَغَداً مِّن كُلِّ مَكَانٍ فَكَفَرَتْ بِأَنْعُمِ اللَّهِ فَأَذَاقَهَا اللَّهُ لِبَاسَ الْجُوعِ وَالْخَوْفِ بِمَا كَانُواْ يَصْنَعُونَ

«Alloh bir shaharni (ya’ni Makkani) misol keltirur: u tinch, sokin (shahar) edi, har tomondan rizqu ro‘zi bekamu-ko‘st kelib turar edi. Bas, (qachonki) u (ya’ni, uning aholisi) Allohning ne’matiga noshukrlik qilgach, Alloh u (shahar aholisiga) bu «xunarlari» (kufru isyonlari) sababli ocharchilik va notinchlik balosini totdirib qo‘ydi» [Nahl 112]

Ey insonlar uchun chiqarilgan yaxshi Ummat!

Sayyidimiz Abu Bakr roziyallohu anhu ilk Xalifalikka o‘tirgan soatda aytgan so‘zlarini eslang: «… Bir qavm Alloh yo‘lida jihod qilishni tark etgan bo‘lsa, bas, Alloh ularga xorlik bilan zarba bermay qo‘ymaydi. Biror qavm orasida fahsh tarqalgan bo‘lsa, bas, Alloh ularga ommatan balo yubormay qo‘ymaydi».

Demak, Bayrutda sodir bo‘lgan narsalar haqida bir to‘xtab fikrlamog‘ingiz kerak. To‘g‘ri, Shom, Yaman, Iroq, Falastin va boshqa erlarda boshingizga tushgan balolar bundan ham ko‘ra og‘ir. Biroq Bayrutdagi hodisa bizga Allohning fussilat surasidagi mana bu kalomini eslatmoqda:

كِتَابٌ فُصِّلَتْ آيَاتُهُ قُرْآناً عَرَبِيّاً لِّقَوْمٍ يَعْلَمُون * بَشِيراً وَنَذِيراً فَأَعْرَضَ أَكْثَرُهُمْ فَهُمْ لا يَسْمَعُونَ * وَقَالُوا قُلُوبُنَا فِي أَكِنَّةٍ مِّمَّا تَدْعُونَا إِلَيْهِ وَفِي آذَانِنَا وَقْرٌ وَمِن بَيْنِنَا وَبَيْنِكَ حِجَابٌ فَاعْمَلْ إِنَّنَا عَامِلُونَ

«U biladigan qavm uchun (mo‘minlarga) xushxabar berguvchi va (kofirlarni azobdan) ogohlantirguvchi – arabiy Qur’on holida (nozil qilinib), oyatlari mufassal bayon qilingan Kitobdir. Bas, (kofirlarning) ko‘plari (uning oyatlari haqida tafakkur qilishdan) yuz o‘girdilar, demak ular «eshitmaslar» Ular – «dillarimiz sen bizlarni da’vat qilayotgan narsadan pardalangan, quloqlarimizda esa og‘irlik-karlik bordir va sen bilan bizlarning o‘rtamizda bir to‘siq bordir, bas, sen ham o‘z amalingni qilaver, bizlar ham albatta o‘z amallarimizni qilguvchidirmiz», dedilar»    [Fussilat 3-5]

فَإِنْ أَعْرَضُوا فَقُلْ أَنذَرْتُكُمْ صَاعِقَةً مِّثْلَ صَاعِقَةِ عَادٍ وَثَمُودَ * إِذْ جَاءَتْهُمُ الرُّسُلُ مِن بَيْنِ أَيْدِيهِمْ وَمِنْ خَلْفِهِمْ أَلاَّ تَعْبُدُوا إِلاَّ اللَّه

«Bas agar ular (shulardan ham) yuz o‘girsalar, u holda ayting: «Men sizlarni xuddi Od va Samud (qabilalarini urgan) chaqmoqqa o‘xshagan bir chaqmoq-halokatdan ogohlantirdim. O‘shanda payg‘ambarlari ularning oldilaridan ham, orqalaridan ham kelib: «Yolg‘iz Allohgagina ibodat qilinglar», (degandilar)» [Fussilat 13-14]

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.