Boronov: Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 14 milliard som ajratildi

292
0

Boronov: Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 14 milliard som ajratildi

 Qirg‘izistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturiga ajratilgan 14 milliard som o‘zlashtirilmoqda.  Bu haqda bosh vazir Kubatbek Boronov 17-avgustda prezident Sooronbay Jeenbekov bilan pandemiya sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalasi muhokama qilingan onlayn uchrashuvda ma’lum qildi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, bankdan kredit olish uchun talab qilinadigan hujjatlar soni ettitadan uchtaga qisqartirildi.

 Prezident Sooronbay Jeenbekov byudjet taqchilligini kamaytirish uchun “soyadagi iqtisodiyot” ulushini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga ko‘rsatma berdi. U oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, moddiy zahiralarni don va dori-darmon bilan to‘ldirishni taklif qildi.

 Qirg‘iziston 2020-yilda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va byudjetni qo‘llab-quvvatlash maqsadida jami 742,9 mln. dollar qarz olishni rejalashtirmoqda.

 Izoh: Qirg‘iziston hukumati koronavirus pandemiyasi sababli mamlakatda joriy etgan favqulodda holat qirg‘iz iqtisodining asoslaridan biri bo‘lgan kichik va o‘rta biznesga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, mamlakatdagi xususiy korxonalarning 40 foizidan ziyodini o‘zida jamlagan poytaxt Bishkekda tikuvchilik tsexlari, mehmonxonalar, sayyohlik kompaniyalari, savdo do‘konlari, bozorlardagi tadbirkorlar, oshxonalar, avtomobil yuvish shahobchalari, taksi kompaniyalari … bankrotlik yoqasiga kelib qoldi. U erda ishlovchi minglab odamlar esa ishsiz qolishdi. Endilikda rasmiy hukumat ularning faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish uchun xorijiy davlatlardan qarz olib, mamlakatni yanada ko‘proq qarz botqog‘iga botirmoqda…

 Ammo shu o‘rinda olingan mazkur qarzlarni va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag‘ni o‘z o‘rniga sarflanishi savol ostida qolmoqda. Bunga sabab, Qirg‘izistonda chuqur ildiz otgan korruptsiya , qarindosh-urug‘chilik va tanish-bilishchilik muammosidir. Agar tekshirib ko‘riladigan bo‘lsa, Qirg‘izistonda ishi yurishib, daromad keltirayotgan korxonalar albatta, biror amaldor yoki deputatga tegishli bo‘lib chiqadi. Agar oddiy fuqaro biror ish boshlaydigan bo‘lsa, soliqchidan tortib, terrorizmga qarshi kurash bo‘limi xodimlarigacha kelib o‘z “dolyasi”ni olmagunga qadar tadbirkorga “nafas olishga” ham imkon berishmaydi. Bu kabi pogonli “rasmiy qaroqchilardan” endi qutildim deganida esa “ko‘cha” vakillari kelib o‘zlarining har oylik “haqlarini” qo‘yib ketishadi. Natijada tadbirkorning ishdan ko‘ngli sovib, o‘z shaxsiy mablag‘i evaziga bo‘lsa ham yurgizib yuborishga qodir bo‘lgan ishini tashlashga majbur bo‘ladi. Agar rasmiy hukumat haqiqatdan ham mamlakatda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirmoqchi bo‘lsa avvalo, korruptsiya balosi va pogonli va “pogonsiz” qaroqchilar muammosini bartaraf etishi zarur bo‘ladi. Ammo hozirgi buzuq tuzum va kapitalistik iqtisod sharoitida buning aslo imkoni yo‘q. Haqiqiy rivojlanish va iqtisodiy barqarorlikka erishish uchun insoniyat boshiga balo va musibatlar yog‘dirayotgan, barcha amallarini sof moddiy manfaat ustiga quradigan mavjud kapitalistik tuzumni uloqtirib tashlash va uning o‘rniga o‘lchovi halol-va harom bo‘lgan islomiy tuzumni barpo qilish kerak…  

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.