Turkiyaning Somalidagi roli kimning manfaatiga xizmat qiladi?!

566
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Turkiyaning Somalidagi roli kimning manfaatiga xizmat qiladi?!

Turkiyaning Onado‘li axborot agentligiga ko‘ra, AQShda chiqadigan «Homeland Sekuriti Tobay» jurnalining 2020 yil 25 mart kungi sonidagi maqolada Turkiyaning Somalidagi roli haqida so‘z yuritilgan. AQShning xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan bu jurnalda Turkiyaning Somalida tatbiq qilgan iqtisodiy va xavfsizlik siyosatlari yoritilgan. Turkiyaning «terrorizm»ga qarshi kurashda «yumshoq (manaviy) kuch» qo‘llayotgani hamda Turkiya bilan Somali armiyasining xalq tomonidan kuchli qo‘llab-quvvatlanayotgani yuksak baholandi. Jurnalda Turkiyaning 2011 yildan buyon Somali iqtisodiyotining ravnaqi va rivojlanishi jarayonida qo‘shgan hissalari alohida ta’kidlandi. Somalidan Afrika Ittifoqi kuchlari chiqib ketishi ortidan bu yurt xavfsizligi Somali armiyasi zimmasiga tushayotgan bir paytda, Turkiyaning ushbu armiya qudratini oshirish uchun keng ko‘lamli sa’y-harakatlar qilayotganiga diqqat qaratildi. «Somali harbiy kuchlarini mashqlar o‘tkazish va jangovar tayyorgarligini oshirish Shabob harakatini o‘z strategiyasini o‘zgartirishga majbur qildi», deyiladi jurnalda. Unda «Bu harakatning tinch aholiga qarshi hujumlarini kuchaytirgani hamda Somalidagi turk ishchilarini nishonga ola boshlagan»i ta’kidlandi.

Bundan Turkiyaning roli Amerika foydasiga qaratilgani ayon bo‘lmoqda. Chunki Islom tatbiq etilishga chaqirayotgan Shabob harakatiga qarshi Amerika kurashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1990 yil Amerikaning malayi Siad Barriyga qarshi inqilob bo‘lgandan so‘ng Turkiya 1991 yil u erdagi o‘z elchixonasini yopdi. Siad Barriy hokimiyatga qaytishga urindi, ammo 1991 yil may oyida mag‘lubiyatga uchrab, Keniyaga qochishga majbur bo‘ldi. Shundan so‘ng 1993 yil avgustda Amerika o‘zining kuchlari bilan birga, Turkiya, Misr, Pokiston, Malayziya doxil musulmon yurtlari kuchlaridan tarkib topgan «Qayta uyg‘ongan umid», degan yolg‘on nomdagi koalitsiya tuzdi va bu bilan ushbu musulmon yurtlar ahlini aldashga urindi. Shuningdek, o‘zining strategik joylashuvi bilan Afrika shohida muhim o‘rin tutgan Somalidagi nufuzini mustahkamlashga ham harakat qildi.

Amerika Somaliga o‘z aralashuvini 1992 yil avgustda u erda bo‘layotgan urushda zarar ko‘rganlarga yordam berish niqobi ostida boshladi. So‘ng insonparvarlik yordami kuchlarini mudofaa qilish uchun harbiy kuchlarini yubordi. Zotan, odatda Amerikaning davlatlarga nisbatan aralashish uslubi mana shunday, insonparvarlik yordamlari nomi ostida boshlanadi. Aslida unday emas, balki bu burun suqish sari tashlangan ilk qadamdir. Ikkinchi qadam insonparvarlik yordami kuchlarini mudofaa qilish va yordamlarni tarqatish uchun harbiy kuchlarini yuborishdan iborat bo‘ladi. So‘ng uchinchi qadam, ya’ni, turli soxta shiorlar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuv qadami tashlanadi. AQSh prezidenti katta Bushning ham Somaliga insonparvarlik yordamlariga mutasaddilik qilish dastagi ostida qisqa safar uyushtirgani ma’lum. Biroq, aslida uning safari aralashish qarorini qabul qilish uchun yurt vaziyatini o‘rganish maqsadida bo‘lgan! Chunki insonparvarlik yordamlarini ko‘rsatish, degan so‘z mustamlakachi davlatlar qomusida nufuz o‘rnatish, hukmronlik qilib, boyliklarni tashib ketish ma’nosini anglatadi. Ammo 1994 yil mart oyida Amerika va uning ittifoqchilari Somalidan chiqib ketishga majbur bo‘lishdi va bunga yurt ahli tomonidan qattiq qarshilikka duch kelgani sabab bo‘ldi. AQSh hisobotlariga ko‘ra, o‘shanda bu mustamlakachi davlat 18 nafar amerikalik askarning o‘lishi va 70 nafarining jarohatlanishi bilan katta harbiy yo‘qotishga duch keldi va buni Vьetnam urushidan keyingi eng katta yo‘qotish, deb hisobladi.

Lekin qurolli guruhlar rahbarlari o‘rtasidagi kurash to‘xtamadi va nihoyat Islom Mahkamasi Ittifoqi 2006 yil hokimiyatni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Ittifoqni oddiy insonlar, savdogarlar va qabilalar etakchilari qo‘llab-quvvatladilar. Ular bu Ittifoqni Islom tatbiqiga mushtoqliklari sababli hamda ushbu yurt ustida kurashuvchi mustamlakachi davlatlarning quroli bo‘lgan qurolli guruhlar rahbarlarining bir-birlariga qarshi jang qilishlari oqibatida kelib chiqqan beqarorlikdan qutulishni istaganliklari sababli qo‘llab-quvvatladilar. Haqiqatdan ham, ba’zi islomiy ahkomlarning tatbiq etilishi bilan xavfsizlik normallashdi hamda mustamlakachi o‘zining aralashuvi uchun bahona sifatida foydalanuvchi qashshoqlik va ochlik barham topdi.

Biroq, Amerika bu holga toqat qilolmaydi. Chunki bu uning mustamlakasidan mustaqil bo‘lishni anglatadi. Shuning uchun u «terrorizm»ga qarshi kurash niqobi ostida Somali sari havodan, quruqlikdan va dengizdan harakatga keldi. Bu ishda Afrika kuchlari, xususan, Efiopiya va Uganda kuchlarini harakatlantirdi. Bu kuchlar Islomni tatbiq qilishga urinayotgan Islom Mahkamasi Ittifoqiga qarshi va Amerika foydasiga quruqlikdan hujum qilishdi. Oqibatda, Amerika o‘zining malaylari yordamida Islom Mahkamasi Ittifoqini hokimiyatdan yiqitishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo Shabob harakatining mujohid yoshlari hali ham jihod qilishda davom etmoqdalar. Amerika ham ularga havodan va dengizdan zarbalar yo‘llamoqda.

Biroq, Amerika o‘z mustamlakasini barqarorlashtirib olishni istaydi. Shuning uchun Turkiyani Somalida «yumshoq (manaviy) kuch» rolini bajarishga undadi. Turkiya prezidenti Erdogan 2011 yil 19 avgustda Somaliga safar qilib, u erdagi elchixonasini qayta ochdi. Ushbu safardan keyin Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish agentligi, Turkiya Qizil yarim oy jamiyati va nohukumat tashkilotlari tashqi yordam kampaniyasiga ulkan hissa qo‘shishdi, 2011 yildan to shu kungacha bu yordamlar bir milliard dollarga etdi. Somalidagi musulmon birodarlarga yordam, degan dastakda turk musulmonlari tuyg‘ularidan foydalanildi. Natijada ulardan zakot, sadaqa va qurbonlik kabi yirik miqdorda yordamlar to‘planib jo‘natildi. Islomiy tuyg‘usi kuchli bo‘lgan turk musulmonlar bu yordamlari Amerikaning nufuzini mustahkamlashga va Islomning boshqaruvga kelishiga to‘siq qo‘yishga xizmat qilishini tushunishmaydi. Somalidagi islomiy jamoalarga qarshi kurashish uchun Amerika va Afrika davlatlari qurolli kuchlarni ishga solishayotgan bo‘lsa, Turkiya «yumshoq (manaviy) kuch»larni ishga solib, u erdagi kuchlarni harbiy mashqdan o‘tkazishda davom etmoqda. Turkiyadagi ilmoniy rejim Somali ahlining islomiy tuyg‘usidan foydalanyapti, hatto Turkiya tashqi ishlar vazirligi o‘z saytida «Turkiyaning Somali bilan munosabati qadimdan mavjud bo‘lib, Usmonli davlat zamoniga borib taqaladi», dedi! Yo‘q, unday emas. Bu ikki vaziyat o‘rtasida katta farq bor. Usmonli davlat Somalida Islomni tatbiq qilgan va bu yurtni portugaliyalik mustamlakachilardan himoya qilib, 1497 yil Somaliga bostirib kirgan portugallarni 1517 yil quvib chiqargan. Ammo yangi Turkiya esa, u erda Islom tatbiq etilishiga qarshi kurashyapti hamda harbiy jihatdan omadi kelmagan Amerikaning mustamlakachiligini mustahkamlashga yordam beryapti.

Turkiya o‘zining xorijdagi eng katta bazasini Somalida qurgani bilan maqtanadi. Bu baza esa, Amerikaga tobe bo‘lgan Somalidagi ilmoniy rejim uchun «terrorizm»ga qarshi kurash va tinchlikni saqlash kabi dastaklar ostida islomiy harakatlarga qarshi jang qilishga qodir harbiy kuch yaratishga xizmat qilmoqda. Turkiya u erda politsiya, armiya va razvedka xodimlariga mashq qildirmoqda.

Somali Tashqi ishlar vaziri Ahmad Iso Evaz 2019 yil 27 noyabrda Anqaraga safar qildi. Safari chog‘ida «davlatlarning, asosan, Turkiyaning qo‘llab-quvvatlovi bilan Somalidagi terroristik Shabob harakati muammosini hal etishga muvaffaq bo‘ldik», dedi.

Turkiya qaerga bormasin, u erda yolg‘on ishlatiladi, musulmonlarga zarba etadi. O‘zining asl ilmoniy basharasini yashirish va amerikaparastligini odamlarga ko‘rsatmaslik uchun usmoniy o‘tmishidan va ularning islomiy tuyg‘ularidan foydalanmoqda. Masalan, Suriyada qonxo‘r rejimni ag‘darish uchun kurashayotgan qurolli guruhlardan aksarini aldadi. Qatar bilan birgalikda 2006 yil Hamasni aldab, saylovlarga olib kirdi va bu bilan uning sobiq prezidenti Abdulloh Gul faxrlandi. Falastin va G‘azo ahllarini sizlarga yordam beramiz, deb aldab keladi. Vaholanki, prezidenti Erdogan «Turkiya-Isroil munosabatlari juda muhim», deydi. 2011 yil Islomni tatbiq qilmasliklari uchun Ixvonul Muslimin jamoasini aldadi. Masalan, Erdogan bu jamoaning bosh murshidi Muhammad Okifni ilmoniylikka ishontirgani bilan maqtandi. Erdogan Amerika malayi Haftarga qarshi jang qilayotgan qurolli guruhlarni aldash uchun Liviyaga ham bordi. Turkiya Ozarbayjon ahlini ham aldagan. Masalan, 2009 yil Armaniston bilan bitim imzoladi, Armanistonning Ozarbayjon erlaridan 20 foizini bosib olganini va u erdan bir million ozarbayjonni quvib chiqarganini zimdan tan olib-rozi bo‘ldi. Qrimni esa, yordamsiz qo‘ydi. Ya’ni, 2014 yil Qrimni Rossiya bosib olganini qoraladi, biroq ayni qoralovini go‘yo bir zumda unutganday, Rossiyaning do‘stiga aylandi. Turkiyaga bosh urgan chechenistonlik rahbarlarni Rossiya qo‘liga topshirdi. Uyg‘ur musulmonlarni ham yordamsiz qoldirib, Xitoy ularni repressiya qilayotgani yo‘q, balki terroristlarga qarshi kurashmoqda, deya Xitoyni himoya qildi!!

Shunday qilib, demak, Islomni tatbiq qilmayotgan yoki ilmoniylikka qattiq rioya qilayotgan, musulmonlarning islomiy tuyg‘ularidan foydalanib, AQSh yoki Evropa bilan aloqa qilayotgan har qanday davlatga, xoh Turkiya bo‘lsin, xoh boshqasi, ishonmaslik kerak va ulardan ehtiyot bo‘lmoq lozim. Bu siyosiy tushunchaning asosiy nuqtasidir.

Roya gazetasining 2020 yil 1 aprel chorshanba kungi 280-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.