Sudan rejimi Harbiy Kengash davrida xuddi Bashir davridagi kabi hamon AQShga tobelik qilmoqda

414
0

Sudan rejimi Harbiy Kengash davrida xuddi Bashir davridagi kabi hamon AQShga tobelik qilmoqda

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati matbuot boʻlimi chiqargan bayonotda bunday deyiladi: Sudan xuddi avvalgi rejim davridagi kabi, Harbiy Kengash davrida ham hanuz AQSh vasiyligi ostida qolmoqda. Shunday bir vaziyatda, AQSh maʼmuriyati Donalьd Butni Sudanga yangi vakil qilib tayinladi. U AQSh davlat kotibining Afrika ishlari boʻyicha vaziri kichik Tibor Piter Nadga yordamchi hisoblanadi. Bundan maqsad, hokimiyat uchun boʻlayotgan kurash krizisidan chiqishdir.

Bayonotda bunday qoʻshimcha qilinadi: Armiya va muxolafatdan iborat ikkala kurashayotgan tomonning ham miyasida eski ilmoniy rejimni qayta tiklashdan boshqa fikr yoʻq. Zero, eski ilmoniy rejim yurt ahli boshiga kofir Gʻarb vasiyligi ostida zulmu sitamlar yogʻdirgan.

Matbuot bayonotida yana shunday deyiladi: Armiya ham, fuqarolik boshqaruviga chaqirayotgan Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari ham oʻz qarashlariga islomiy aqidani asos qilib olmadi. Balki muzokarani xalqaro vasiylik ostida gʻayriilohiy asosga qurdi.

Bayonot soʻnggida quyidagilar taʼkidlandi: Yurt boshdan kechirayotgan bu vaziyatdan qutulishning yagona yoʻli Islom ahkomlariga qaytish va bu ahkomlarni Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali ijro va tatbiq oʻrniga qoʻyishdir. Faqat ushbu davlatgina Ummatni mustamlakachilik kishanlaridan va AQSh vasiyligidan qutqara oladi.

Roya gazetasining 2019 yil 19 iyun chorshanba kungi 239-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.