Oltin fursat

481
0

Oltin fursat

Dunyo bo‘ylab koronavirus kasaliga chalinganlar va bu kasallikdan vafot etayotganlar soni tezlik bilan ortib bormoqda. Unga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar kutilganidek natija bermayapti. Dunyoning birinchi maqomiga ega bo‘lgan AQSh davlati bu virusga chalinganlar va o‘lganlar soni borasida ilg‘or o‘rinni egallab kelmoqda. AQSh tarixida birinchi marta butun shtatlarda bir vaqtning o‘zida buyuk falokat e’lon qilindi. Pentagon virusga qarshi kurash uchun 800 ming sobiq harbiyni xizmatga chaqirishga majbur bo‘ldi.

AQShning sog‘lik tizimi haqida hisobotlar e’lon qilinganda balandparvoz iboralar bilan ko‘klarga ko‘tarib maqtalar edi. Masalan Ekspert Mahmud Minshoviy AQShning sog‘liqni saqlash sohasidagi imkoniyatlari to‘g‘risida tayyorlagan hisobotida “Amerikada dunyodagi eng jihozlangan kasalxonalar mavjud, har tomondan badavlat odamlar davolanish uchun oqib kelishadi. Tibbiyotning ilg‘or texnologiyalarini joriy etmoqda. Bu esa AQShning tibbiy ilmiy tadqiqotlarda ilg‘or ekanligini anglatadi. Amerika raqobatsiz shaklda Nobel mukofotlarini qo‘lga kiritishda tengi yo‘q davlatdir. Eng muhimi, Amerika sog‘liqni saqlash tizimiga 3,6 trillion dollar sarflaydi. Ushbu miqdor yalpi ichki mahsulotning 17 foizini tashkil qiladi. Sog‘liqni saqlash xizmati uchun ajratilgan mablag‘ Amerika armiyasi uchun sarflangan miqdordan besh baravar ko‘pdir” deyiladi.

Ammo Amerikaning moliyaviy imkoniyatlar yuqori darajada bo‘lishiga qaramay virusga qarshi kurashda uchinchi dunyo mamlakatlari singari mavqega ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Amerika xalqi boshqa davlatlardan keladigan tibbiy yordamlarga ko‘z tikib qoldi. Nega bunday bo‘ldi? Axir hisobotda aytilishicha, Sog‘liqni saqlash xizmati uchun trillionlagan dollarlarni sarflagan va tengsiz Nobel mukofotlarini qo‘lga kiritgan AQSh emasmi?

Bu haqida Hizb ut-Tahrirning faol a’zolaridan biri iqtisodchi olim doktor Muxammad Malkaviy shunday deydi: (Qisqa tarjima)

“Koronavirus masalasi sog‘lik muammosidan o‘tib, olamshumul muammoga aylandi.  BMT xavfsizlik kengashi ham bu borada yig‘ilish o‘tkazib bu inqirozdan qanday qutulish haqida bahs-munozara o‘tkazmoqda. Nikson davridagi AQSh davlat kotibi Genri Kissinjer koronavirus butun olamni o‘zgartirib yuborishi haqida maqola yozdi. Ayni paytda Amerika va va boshqa joylardagi mashhur iqtisodchilar kapitalizm iqtisodining qulab borayotganligini aytmoqda.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, Kissinjer da’vo qilayotganidek kapitalizm tuzumining qulashi koronavirus sababli yuzaga kelayotgani yo‘q. Balki kapitalizm tuzumining asoslarida inqiroz keltirib chiqaradigan potentsiallar mavjud. Koronavirus kapitalizim tabiatidagi muammolarni ochib tashladi xolos.

Kapitalizm iqtisodiy tuzumida taxminan o‘tgan 50 yil mobaynida iqtisodning ikki turi mavjud bo‘lib turibdi. Birinchisi insonlar hayotda ehtiyoj sezadigan narsalar, masalan oziq-ovqat elektron jihozlar va uy anjomlari kabi narsalarni ishlab chiqarish asosiga qurilgan real (haqiqiy) iqtisod. Ikkinchisi birjalardagi puldan pul topish, qarz, ribo, hissalar va foiz tizimi asosiga qurilgan faraziy virtual (raqamli) iqtisod. Ikki iqtisod o‘rtasidagi farq shuki, biri naqd pul va shu pul muqobilida mavjud mol va xizmatdar bilan o‘lchanadi. Ikkinchisi havodagi faraziy raqamlar bilan o‘lchanadi.

Bu holatning yuzaga kelish sabablaridan biri 1971 yil AQSh dollari tilladan ajratilib mustaqil harakatlanishi bo‘ldi. Yana biri esa, 1984-yilda Reygen prezidentlik zamonida “reaganomics” nomi bilan tanilgan qonun qabul qilindi. Bu bilan Amerikaning moliyaviy tizimi iqtisodiy tizimidan ajratib qo‘yildi. Natijada virtual iqtisodda 500 tirillion dollar bo‘lishi mumkin, lekin uning muqobilida real iqtisodda 5 tirillion dollarlik ham tovar va xizmatlar yo‘q. Boshqacha aytganda pul iqtisoddan ajratilgan holda ya’ni uning muqobilida mol va xizmatlar mavjud bo‘lmagan holda birjalarda ko‘payishi mumkin bo‘ldi.

Buyuk muammolar yuzaga kelgan paytda real iqtisod bilan virtual iqtisod o‘rtasida katta jarlik borligini ochilib qoladi. Masalan, koronavirus yuzaga kelgach, u bir tarafdan ishlab chiqarishga zarba bergan bo‘lsa, ikkinchi tarafdan tibbiy jihozlar, doktorlarning maoshlari, maskalar, dori-darmonlar va yangi shifoxonalar kabi ehtiyojlarni vujudga keltirdi. Trillion dollarlar ustida so‘z yuritayotgan davlatlar bu ehtiyojlar qarshisida qiyin ahvolga tushib qoldi. Chunki virtual iqtisodga qaraganimizda o‘nlab trillion dollar borligini ko‘ramiz, lekin real iqtisodda insonlarning asosiy ehtiyojini qoplaydigan mol va xizmatlar mavjud emas. Mana shundan AQSh va boshqa Evropa davlatlarida inqiroz yuzaga kela boshladi.

Agar bu ishga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Amerika va Evropa davlatlari asosan foizlar, kreditlar, qarzlar va ulushlar asosiga qurilgan birja bozorlarining qulashidan qo‘rqayapti. Masalan Uoll-Stritda va London birjasida hissalar narxining 30 foizga tushib ketishi bular uchun tuzumlarining qulashi demakdir. Zero virtual iqtisod bilan real iqtisod o‘rtasidagi bu farqning oshkor bo‘lishi, ya’ni virtual iqtisoddagi mavjud pullar qanchalik ko‘p bo‘lsa ham, insonlarning real ehtiyojlarini qoplay olmaganligi oshkor bo‘lishi bu sistemaning qulashini anglatadi.

Agar iqtisod islomiy iqtisod ustiga qurilgan bo‘lganda edi bu erda faraziy virtual iqtisod degan narsa bo‘lmasdi. Pul bo‘lsa uning qarshida mol va xizmat ham bo‘lardi, shunga ko‘ra ehtiyojlarni qoplash borasida muammo kelib chiqmasdi.

Muhim nuqta shuki, AQSh uchun real iqtisoddan ko‘ra virtual iqtisodning ahamiyati juda muhimdir. Shuning uchun Tramp kongresdan 2.2 trillion dollar talab qilgan paytda AQSh bu pulni “Goldman Saks” “Jey Pi Morgan” kabi yirik banklardan olib berdi. Amerika Sovet ittifoki bilan sovuq urushi paytida ham, Xitoy bilan tijoriy jangida ham mana shu virtual puldan foydalandi. Shuning uchun Amerika bu virus oqibatida virtual iqtisod qulashidan qurmoqda. Boshqacha aytganda AQSh haqiqiy qo‘lidagi puli bilan urushga kirolmaydi, uning urushdagi iqtisodini ta’minlagan narsa virtual iqtisoddir. Agar virtual iqtisod bo‘lmasa AQSh katta o‘lchamdagi harbiy amaliyotlar, urushlar va bosqinlarni amalga oshirolmaydi. Sababi Amerika katta yurishlarida virtual iqtisodga tayanadi. Virtual iqtisodning qulashi AQSh nazdida xalqaro hukmronlikni yo‘qotish demakdir. Natijada Amerika Evropa kabi ikkinchi dunyo davlatlariga, hatto Afrika va O‘rta Osiyo kabi uchinchi dunyo davlatlariga ham hukmini o‘tkaza olmay qoladi. Shuning uchun Dou-jons kabi birjalardagi indekslarning tushib ketishi Amerika uchun eng katta tahlika sanaladi. Genri kissenjerning “Agar virtual iqtisod qulasa Amerika butun olam ustidan o‘zining hukmronligini saqlab qololmaydi”, degan ifodasi ham xuddi shuning o‘zidir. Shuning uchun Amerika virtual iqtisodni saqlab qolish uchun o‘lib-tirilmoqda.

O‘rtada bo‘shliq yuzaga kelmoqda. Men 25 fevraldan buyon feysbook sahifamda koronavirus olamiy tuzumni o‘zgartiradi, deb ochiq aytib kelyapman, bu haqiqatdir. Buning sababi olamiy nizom ustidan Amerika hukm yuritib kelmoqda. Olamiy nizom deganda xalqaro masalalar, ya’ni Evropa masalalari, Xitoy masalasi, Osiyo masalalari, Rossiya masalasi, davlatlarning mavqei, xavfsizlik tizimi masalalari, xalqaro masalasi hal qilish nazarda tutiladi, bular ustidan Amerikaning qarori nufuzli. Gohida holatga qarab, Britaniya, Frantsiya, Xitoy, Rossiya yoki Evropa xavfsizlik majlisida sherik bo‘lishi mumkin. Amerika bunda ikki narsaga, birinchisi harbiy quvvat, asosan yadro qurollariga, ikkinchisi pulning kuchiga tayanadi, iqtisodga emas, ya’ni real iqtisodning emas, virtual iqtisodning kuchiga tayanadi. Biz koronavirus virtual iqtisodni qulatadi deb aytdik, bu esa Amerikaning xalqaro masalalar ustidan qaror chiqarish  huquqini yo‘qqa chiqaradi va yangi bo‘shliq paydo qiladi.

Koronavirus oqibatida iqtisodiy qulashdan keyin kutilgan narsa shuki, Amerika olam ustidagi nufuzini yo‘qotadi, ya’ni Xitoyning tijoriy rivojlanishdan to‘sish, Rossiyaning g‘arbiy tomonidan rivojlanishdan to‘sish borasida tasir kuchi zaiflashadi va ularning ustidan harbiy siyosiy nufuzini yo‘qotadi. Faqatgina katta davlatlar ustidan nazoratini yuqotish bilan cheklanib qolmaydi, ayni paytda Yaqin Sharq va Afrikada, hatto Lotin Amerikasida ham nazorat kuchi ma’lum miqdorda zaiflashadi. Erdogan aytgan va Kissenjer jiddiy o‘zgarishlardan ogohlantirgan narsa ham mana shu. Ya’ni Amerika Xavfsizlik kengashi kabi xalqaro tashkilotlarga ham o‘z so‘zini o‘tkaza olmaydigan holatga keladi.

Shuning uchun biz siyosatchilar sifatida so‘z yuritganda faqat tahlilchi bo‘lib qolmasdan, so‘zimizni amalga qaratishimiz lozim. Modomiki bo‘shliq maydonga kelmoqda va buni to‘ldira oladigan yagona kuch xalifalik davlatining qayta tiklanishi ekan, Islom Ummati xalqaro tuzumni nazorat qiladigan va dunyoni kapitalizmning zulmidan qutqara oladigan Islomning takror qaytib kelishiga qattiq harakat qilishi lozimdir. Ayniqsa Turkiya Musulmonlari ichidagi fikr sohiblari, etakchi shaxslar qattiq harakatga kelishi lozim. Agar hozir kelajakni ko‘ra oladigan kuchli solih etakchi oldinga chiqsa xalqaro tuzum qulashi ortidan paydo bo‘lgan bo‘shliqni to‘ldirishi tabiiy, chunki boshqasi to‘ldira olmaydi. Bu masalani musulmonlar orasidagi etakchilarga va nufuz egalariga etkazishimiz zarur. Ko‘pchilik, shu jumladan Turkiya prezidenti ham dunyo tartibi o‘zgaradi deb aytmoqda, uni men yaxshi bilaman. Bu erda muhim bo‘lgan narsa shuki, bu o‘zgarish qanday bo‘ladi, dunyoga rohat-farog‘atni kim olib keladi.

Hozirda koronavirus olamiy nizomni qulatish bilan tahdid qilyapti. Bu esa musulmonlarga, Islomiy harakatlarga va Islomiy hayotni yangidan boshlash uchun harakat qilayotgan musulmonlarga Islomni hayotga qaytarish uchun tarixiy oltin fursat vujudga kelganligini anglatadi.

Bizning etakchilarga, mufakkirlarga, Misr, Pokiston, Iroq, Jazoir, Marokash va butun olamdagi barcha mas’uliyatli musulmonlarga, xossatan Turkiyadagi musulmonlarga murojaatimiz bor. To‘g‘ri, bu musulmonlarga qaratilgan murojaatdir. Lekin buning Turkiya uchun alohida o‘rni bor. Chunki xalifalik turkiyada quladi, shuning uchun Turkiyani xoslab atayapman. Hozir Turkiyadagi musulmonlar uchun yo‘qotgan davlatlarni qaytarib tiklash fursati etdi, oltin fursat yuzaga keldi.

Erdugon dunyo o‘zgarmoqda deb aytib qo‘yishining o‘zi kifoya qilmaydi. Erdugonga ham – prezident sifatida emas, musulmon sifatida – va barcha musulmonlarga ham murojaat qilamizki, Islom nizomini qayta hayotga qaytarish uchun oltin fursat vujudga keldi bu fursatni qo‘ldan boy bermang. Barcha qodir musulmonlarni halifalik davlatini qayta tiklash uchun harakat qilishga chaqiramiz. Bu bizning murojaatimiz”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.