Dunyodagi sogʼlikni saqlash voqeʼsi

228
0

Bugungi kundagi sogʼliqni saqlash voqeʼsi hamda Xalifalik davlatidagi sogʼliqni saqlash asoslari va uning maqsadlari

Dunyodagi sogʼlikni saqlash voqeʼsi

Bugungi kunda insoniyat amallarni axloqiy, ruhiy va insoniy qiymatlardan ajratib tashlagan xazoratlarga mubtalo boʼldi. Bu xazoratlar butun olamni foyda keltiruvchi moddiy qiymatlarni roʼyobga chiqarish atrofida girdi kapalak boʼlib aylanadigan ahvolga olib keldi. Dinni hayotdan ajratishdan iborat kapitalistik aqidaning tarqalishi natijasida yeru-koʼkni buzuqlik bosib ketdi. Oqibatda, bu buzuqlik insonlarning badan sogʼligiga, psixologik va jamoiy sogʼligiga putur yetkazdi. Har hil kasalliklar payo boʼldi. Farmatsevtika va dori-darmon sanoatini, emlash maskanlarini monopoliya va fasod egallab oldi. Insonlar oʼzlariga loyik boʼlgan toʼgʼri, sogʼlom ovqatlanish maskanlaridan mahrum etildilar. Sogʼliqlariga zarar yetkazmaydigan sogʼlom turar joylardan mosuvo boʼldilar. Kasalliklarning yoyilishiga va ularning koʼpayishiga xissa qoʼshadigan omillar tarqalib ketdi. Kasalliklardan saqlanish imkoniyatlari faqat boy davlat va boy shaxslarga cheklanib qoldi. Kambagʼallar esa bu imkoniyatlardan mahrum qoldi. Sogʼliqni saqlash tizimlari – hatto, eng yukori darajadagi xizmat koʼrsatish darajasini daʼvo kilayotgan davlatlarda ham – aholining hamma tabaqasiga yoppa xizmat koʼrsatishga yaramadi. Negaki, sogʼliqni taʼminlash tizimlari foydaga cheklangan. Bu tizimlar barchaning sogʼligini saqlashni taʼminlashdan ojiz. Ular faqat kim mablagʼ toʼlasa, uning toʼlagan mablagʼiga qarab, xizmat koʼrsatadilar. Mablagʼi yoʼq odam sogʼliqni saqlash xizmatlaridan albatta mahrum boʼladi. Bunga qoʼshimcha, sogʼliqni saqlash ustida turgan mutasaddi davlat va kapitalistik muassasalar butun eʼtiborini inson hayotini saqlab qolishga umuman aloqasi boʼlmagan, moʼmaygina daromad keltiruvchi dori-damon sanoatiga va sogʼliqni saqlashning moddiy boylik keltiruvchi xizmatlariga qaratadilar. Ularning bu ishlari boy davlatlarning va boy shaxslarning shaxsiy boyligini orttirishga xizmat qiladi, xolos. Kasallik va vabolar tarqalayotgan qashshoq davlatlarga esa, xossatan, ularning bu kasalliklarini davolash uchun dori-darmonlar ishlab chiqarishga aloqador ilmiy bahslar tomonidan hech qanday eʼtibor qaratilmaydi. Chunki bundan nahang kapitalistlarning ochkoʼzliklarini qondiradigan hech qanday moddiy manfaat chiqmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.