Ey jangchi guruhlar! Shom ahli sizdan xoin etakchilaringizdan hisob so‘rashni talab qilmoqda

371
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ey jangchi guruhlar! Shom ahli sizdan xoin etakchilaringizdan hisob so‘rashni talab qilmoqda

Shom ahliga qarshi butun davlatlararo til biriktiruv kuchaydi va ulardan navbatdagisi trassalarni rejimga ochib berishi bo‘ldi. Mana shunday vaziyatda Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati dushanba kuni Idlib yaqinidagi Aramnoz shahrida «Yarashuv sharmandalikdir, trassalarni ochish o‘z joniga qasd qilishdir», deb atalgan namoyish uyushtirdi. Namoyishdagi plakatlarning birida «Mintaqalarni topshirish sahnasini uyushtirgan ham, shu orqali qo‘zg‘olonni yo‘q qilishni ko‘zlagan ham Turkiyadir», deyildi. Yana birida «Erdoganning Shomdagi mazlum musulmonlarga yordam berishga emas, Sochi kofirlari bilan kelishuv imzolashga g‘ayratli» ekani aytildi. Boshqa bir plakatda guruhlarga murojaat qilib, «Agar Alloh yo‘lida jang qilayotgan bo‘lsangiz, zolimlarga yordamchi bo‘lmang», deyildi. Yana bir plakatda bunday deyildi: «Kim rejimga «M5» yo‘lini topshirgan bo‘lsa, u albatta «M4» yo‘lini ham topshirajak», deyildi. Binobarin, boshqa bir plakatda «Ey jangchi guruhlar, Shom ahli sizdan xoin etakchilaringizdan hisob so‘rashni talab qilmoqda», deyildi.

Roya gazetasining 2020 yil 25 mart chorshanba kungi 279-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.