Yigirma million yamanlik ochlikdan aziyat chekayotgan bir paytda BMTning Yamandagi vakolatxonasi mulozimlari dabdabali hayot kechirishmoqda

355
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yigirma million yamanlik ochlikdan aziyat chekayotgan bir paytda BMTning Yamandagi vakolatxonasi mulozimlari dabdabali hayot kechirishmoqda

«Axborul Yavm» veb-sayti (hijriy 1441 yil 16 rajab, milodiy 2020 yil 11 mart chorshanba kuni) nashr qilgan xabarda shunday keladi:

«BMTning Yamandagi maxsus vakili Martin Griffits vakolatxonasi bilan BMTning Hadida shahridagi vakolatxonasining byudjeti haqida ma’lumotlar va rasmiy bayonotlardan ma’lum bo‘lishicha, ushbu ikki vakolatxona mulozimlariga ortiqcha darajada sarf-xarajat qilinadi. Vaholanki, BMT hisobotiga ko‘ra, hozirda yurtda yigirma million yamanlik ochlikdan aziyat chekmoqda.

«BMTning Yamandagi maxsus vakili Martin Griffits vakolatxonasiga 2019 yil uchun ajratilgan byudjet 17 million dollarni tashkil qilgan, bu yil esa, 18 millionga etishi kutilmoqda», deydi «Tinchlik yo‘li» tashabbus tashkiloti raisi Rasha Jarhum xonim.

«Anita Augspurgning urushga qarshi isyonchi ayollar» nomli mukofoti sovrindori Rasha xonimning aytishicha, BMTning Hadidadagi charter kema vakolatxonasi ijarasi oyiga 810.000 dollarni tashkil qiladi. Ushbu charter kemani ijarasini 2020 yilning mart oyidan to‘xtatish va o‘rniga Hadida shahridagi villalarni ta’mirlab, ijaraga olish bo‘yicha tavsiyalar mavjud».

Roya gazetasi sharhi:

Mana sizga mustamlakachi BMT. Bu tashkilot Yaman ahli qoni bilan savdo qilmoqda. Unga qarashli boshqa juda ko‘p tashkilotlar ham borki, ularning barchasi Yaman ahliga yordam sifatida ushoqlarni va bir tishlam bilan tugaydigan va foydasi yo‘q oziq-ovqatlarni berishadi. Afsuski, ayrim yamanliklar hanuz BMTdan yaxshilik kutishmoqda yoki Yamanni inqirozdan qutqaradi, degan yaxshi gumon qilishmoqda. Vaholanki, bu tashkilot ayni inqiroz orqali besh yildan beri ozuqalanib kelmoqda.

Bas, Yaman ahli BMTning niyatlarini anglab etsinlar hamda ajnabiylar nufuzini muassasalari, tashkilotlari va malaylari bilan qo‘shib yurtdan quvib chiqarsinlar. To Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etmagunlaricha hargiz yorug‘ kunlarga etisholmasliklarini tushunsinlar. Zotan, Xalifalik davlati ular ustidan Allohning shariatini tatbiq qilib, qon to‘kilishini to‘xtatadi, mollari va boyliklarini muhofaza qilib, dushmanlar zulmi va makridan ularni himoya qiladi.

Roya gazetasining 2020 yil 25 mart chorshanba kungi 279-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.