Sinay erlarining Misr armiyasiga berilishi ortida qanday maqsadlar yotibdi?!

89
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sinay erlarining Misr armiyasiga berilishi ortida qanday maqsadlar yotibdi?!

Ustoz Said Faz

Hizb ut-Tahrir – Misr viloyati matbuot bo‘limi a’zosi

Misr Vazirlar mahkamasi prezident Abdulfattoh Sisiyning Sinay shimoliy markazidagi Robia va Birul Abd hududlaridagi davlat mulki bo‘lgan ikki er uchastkasini armiya nomiga qayta taqsimlash (xususiylashtirish) to‘g‘risidagi qarorini tasdiqladi. Umumiy maydoni 89 ming 960.55 faddonni tashkil qiluvchi ayni uchastkani milliy xizmat loyihalari tashkilotiga «mellioratsiya va ekin etishtirishda foydalanishi uchun berilgan»i da’vo qilindi. Sisiy sohilbo‘yi erlaridan katta qismini xususiylashtirish yoki ko‘chmas mulk, sayyohlik va qishloq xo‘jalik erlarini rivojlantirish uchun «mudofaa vazirligiga ajratib berish» to‘g‘risida yarim davriy qarorlar chiqarishni odat qilgan. Milliy xizmat ko‘rsatish loyihalari tashkiloti tomonidan taqdim etilgan bu erlar armiya uchun investitsiya, sayyohlik va ko‘chmas mulk loyihalariga aylantiriladi.

Xususiylashtirish haqidagi farmonlar faqat Sinaygagina cheklanmagan, balki bu farmonlar hozir va kelajakda Misrdagi barcha nozik ob’ektlarga ham qaratilgan. Shu darajadaki, Misrdagi eng yirik er egasi armiya bo‘lib qolgan… Armiya o‘z investitsiya loyihalarini o‘zi tuzadi yoki u erlarni sarmoyadorlarga qayta sotadi va shu tariqa buning daromadlarini armiyaning davlat nazoratiga bo‘ysunmaydigan byudjetiga tushiradi. Erlar shaxslar mulki bo‘lib, u erlarda dehqonchilik qilayotgan bo‘ladimi yoki uy-joy qurib yashayotgan bo‘ladimi, farqsiz, qachon u erlarni Armiyaga xususiylashtirish qarori chiqqan bo‘lsa, er aholisi ko‘chirib yuboriladi va bu ish «terrorizm»ga qarshi kurash da’vosi bilan «oqlanadi». «Navofiz» axborot veb-saytining sinaylik faol Id Marzuqiyning bunday so‘zlarini nashr qiladi: «Deyarli barcha erlarimiz armiyaga xususiylashtirildi… Xususiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlarni sanab chiqishga vaqtim etmaydi. Eng oxirga 80 ming faddon er xususiylashtirilgan… bundan oldin esa, o‘nta xususiylashtirish qarori chiqdi, har bir qaror yirik maydonlarni o‘z ichiga oldi. Afsuski, o‘zimizga hech qancha er qolmayapti. Er egalarining hammasi supurib tashlandi… Dalalar ishlovsiz qoldi va barcha hayotbaxsh erlar xususiylashtirilib, bizga chakalakzorlar qoldi, xolos». Yana qo‘shimcha qildi: «Bu minglab faddon erlarning yo‘q qilinganiga ko‘chirish va urush sabab bo‘lganini anglatadimi, axir, bu erlar o‘nlab yillardan beri odamlar dehqonchilik qilib kelgan eng hosildor erlar emasmidi, odamlar bu erlarga er solig‘iyu hosil solig‘larini to‘lamasmidilar… Qishloq xo‘jalik erlari, degan erlar bugun tashlandiq erlarga aylantirilmadimi?! Armiyaga o‘tkazish maqsadida erlar qasddan qarovsiz erlarga aylantirilmadimi?! Terrorizm, degan narsa bahona qilinib, erlarga ega chiqish operatsiyasi bo‘lmayaptimi?!».

Xo‘sh, erlarning xususiylashtirilishi ortida qanday maqsad yotibdi, bundan kim manfaatdor?! Haqiqatda, rejim da’vo qilayotgan rivojlantirish, degan narsa bo‘lyaptimi?!

Sinayning maxfiyligi, joylashuvi, bosqinchi yahudiylarga tutashligi u erlarda nimalar bo‘lyapti, nega aholisi ko‘chirilib, armiya foydalanadigan xususiy erga aylantirildi, kabi savollarni paydo qilmoqda. Xususiylashtirishni har qanday nom ostida, hatto aeroport yoki yo‘l va boshqa nom bilan izohlansa ham… Sinayning aksar eri shaxsan Misr prezidentining xususiylashtirish qarori bilan amalga oshirilyapti. Bularning barchasi ko‘plab jumboqlarni keltirib chiqarmoqda. Chunki asl maqsad rejim da’vo qilayotgan «terrorizm»ga qarshi kurash emas. Balki yahudiy vujudiga va G‘azoga tutash hududlarda armiyalarni joylashtirish orqali bu bosqinchilar xavfsizligini ta’minlash va G‘azo sektorini bo‘g‘ishdir. Toki, u yahudiylar uchun tahdidga aylanmasin. Demakki, maqsad rivojlantirish emas. Agar rivojlantirish maqsad bo‘lganda edi, odamlarni o‘z erlari va uy-joylarida qoldirilar edi, erlarga sarmoya kiritishlariga, dehqonchilik qilishlariga, maksimal darajada foydalanishlariga yordam berilardi. Shuning uchun, qat’iy aytish mumkinki, bu erda eng birinchi manfaatdor tomon yahudiy vujudi. Chunki u o‘zlariga chegaradosh bo‘lib yashayotgan Sinay ahlidan qutulmoqda. Bu chegaralarni faqat rejimga bo‘ysunuvchi armiya egallayotgan bo‘lsa, bu malay rejim yahudiylar chegaralarini mudofaa qilib, xavfsizligini ta’minlayapti… Yahudiylarning Sinayga istaganlaricha kirish-chiqishlariga imkoniyat yaratyapti… Misr ahliga esa, aksincha kirish-chiqishlarida tazyiq o‘tkazmoqda.

Farazan, rivojlantirish bo‘lgan taqdirda ham, odamlar na uni sezishsin, na undan biror yaxshilik topishsin. Chunki ularning barchasi armiya uchun maxsus loyihalardir. Sisiy bu loyihalarni armiya qo‘mondonlari va ofitserlariga o‘ziga itoat qilayotganlari va Misr ahliga qarshi halokatli qarorlariga sukut qilishgani uchun pora sifatida taqim etmoqda. Aks holda, nega ular shuncha sinayliklarni erlari va uylaridan ko‘chirib, uy-joylarini xonavayron qilinishiga sukut qilishmoqda. Holbuki, bu ish sinayliklarning roziligisiz-majburan qilinyapti-ku va aksariga hech qanday kompensatsiya berilmayapti-ku?! Kompensatsiya olganlari ham, bu mablag‘ bugungi qimmatchilik zamonida ularga yangi erda uy qurib, o‘rnashib olishlariga etmaydi… Ustiga-ustak, ular o‘sha Sinayda ne-ne mashaqqat bilan bazo‘r qurgan yangi uylarini ham davlatning o‘zi buzib tashlayapti!

Shubhasiz, bu muammo armiya yoki davlatga qarashli boshqa bir muassasaning manfaati uchun erni xususiylashtirish, degan narsa emas mutlaqo. Balki asl fojeaviy muammo erni o‘z egalaridan yolg‘on da’volar bilan tortib olishdir. Chunki bu er strategik hudud, u erda musulmonlarning bo‘lishi ularning haqiqiy dushmanlari-yahudiy vujudi uchun xavfdir. Yana bir tomondan, bunga sarmoyador va investorlar ham ko‘z olaytirishmoqda.

Erga egalik unga jon berish bilan bo‘ladi, uni jonlantirgan shaxsdan majburan tortib olinmaydi. Payg‘ambarimiz ﷺ

«مَنْ عَمَرَ أَرْضاً لَيْسَتْ لِأَحَدٍ فَهُوَ أَحَقُّ بِهَا»

«Kim biror bir erni obod etsa, u er boshqasiniki bo‘lmaydi. Obod qilgan odam bu erga haqliroqdir», deganlar. (Buxoriy sahihi). Shuningdek,

«مَنْ أَحْيَا أَرْضًا مَيْتَةً فَهِيَ لَهُ»

«Kim o‘lik erni tiriltirsa, er unikidir», deya marhamat qilganlar. Bas, erlarni ajdodlaridan meros qilib olgan va ularni obod etgan sinayliklardan bu erlarni tortib olish qaysi qonunda bor?! Aslida davlat yolg‘on da’volar bilan ularni ko‘chirish o‘rniga, erlarini qayta obod etishlari uchun barcha yo‘llar bilan yordam berishi kerak edi. Zero, bu davlatning vazifasidir… Davlatning bu soxta da’volari faqat Ummat dushmanlariga xizmat qiladi hamda Ummat boyliklari va resurslariga ko‘z olaytirayotganlarni rozi qiladi.

Bu erda g‘ayritabiiy narsa rejimning bunday pozitsiyasi emas, chunki u malay rejim, demak undan har narsa kutish mumkin. Biz undan buni ham, bundan yomonini ham kutganmiz. Chunki kim dushman bilan til biriktirdimi, xalqni mutlaqo o‘ylamaydi, yurtning yomon ahvoli ham, yurt ahlining azob-uqubatlari ham uni tashvishlantirmaydi. Masalan, Amerika Misr rejimidan Sinayning hammasini yahudiylarga berishni talab qilsa, uni albatta bajaradi. Bu qilmishiga yurt manfaati uchun qildik, hujjatlar yahudiylarning Sinayga haqli ekanini ko‘rsatib turibdi, hujum qilib, ulardan Sinayni tortib olgan aslida bizmiz, degan da’voni qilishdan top tortmaydi! Rejim bularning barchasini qilsa, hayron bo‘linmaymiz. Chunki u qo‘llarini Misr ahlining qoniga belagan, oyoqlari bilan ularning qonini kechgan rejimdir. Balki bu erda hayron bo‘linadigan g‘ayritabiiy narsa Misr armiyasi safidagi xolis farzandlarning qilmishidir. Chunki ular shu rejimni mudofaa qilib, unga qonuniylik tusini berishyapti. Agar ular bo‘lmaganida, rejim qonuniy bo‘lolmasdi va G‘arbga xizmat qiladigan va uning yurtimizdagi manfaatlarini amalga oshiradigan birorta ham qaror chiqara olmasdi.

Ey zobitlar va askarlar, ey kinona yurtidagi xolis qo‘shinlar!

Siz yaxshilik mevalarisiz, hamma yaxshilik sizda mujassam. Chunki Misr fotihi Amr ibn Osning, Aqso xaloskori nosir Salohiddin Ayyubiyning, tatarlarni et tishlatgan muzaffar Qutzning avlodlari sizlarsiz. Ushbu bobolaringiz o‘z dinlari borasida pastlikka rozi bo‘lmaganlar, kofirlar Islom zaminini bosib olib, u erda buzg‘unchilik qilishgan bir paytda o‘zlariga tinch hayotni aslo ravo ko‘rmaganlar. Aksincha, tatarlarga qarshi zabt etib bo‘lmas to‘g‘on misol turganlar va Ummatni yo‘q qilinishini oldini olib, Islom davlati haybatini qayta tiklaganlar. Bugungi kunda ochko‘z G‘arb diningiz va Ummatingizga vahshiylik qilib, unga amal qilishingizga to‘sqinlik qilyapti, davlat barpo etish bilan Ummatingizga nusrat berishingizni oldini olyapti. Demakki, G‘arb va uning malaylari bu zamonning tatarlaridir, siz esa Ummat sovutlarisiz, bas, orangizda dini va Ummatini o‘ylovchilar bormi?! Islomga siz nusrat bermasangiz kim nusrat beradi?! Alloh haqqi, mol-davlat ham, farzandlar ham, boyligu mansablar ham foyda bermaydigan kunda Alloh Azza va Jalla huzurida albatta javob berasiz! Shunday bo‘lgach, kimni yaxshi ko‘rishingizni Allohga ko‘rsating! Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida Islomni tatbiq qilish uchun siz bilan va sizning orangizda faoliyat qilayotganlarga nusrat bering. Shoyad, Alloh sizning qo‘lingiz bilan nusrat darvozalarini ochib berib, bugungi kun ansorlariga aylanib, buyuk zafarni qo‘lga kiritsangiz. Ajab emas, Misr siz tufayli munavvar Misrga aylansa. Allohim, ushbu Xalifalik davlatini bizning peshonamizga yoz, bizni uning askarlaridan va unga guvoh bo‘lganlardan qil, Allohumma omin.

Roya gazetasining 2021 yil 13 oktyabr chorshanba kungi 360-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.