Hizb ut-Tahrir Iordaniya viloyati parlament oldida namoyish o‘tkazib, yahudiy vujudi bilan tuzilgan barcha bitim va kelishuvlarni bekor qilishga chaqirdi

425
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir Iordaniya viloyati parlament oldida namoyish o‘tkazib, yahudiy vujudi bilan tuzilgan barcha bitim va kelishuvlarni bekor qilishga chaqirdi

Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati parlament oldida namoyish o‘tkazib, bosqinchi yahudiy vujudi bilan tuzilgan barcha bitim va kelishuvlarni, shu jumladan «Vodiy Araba» hamda gaz kelishuvini bekor qilishga, shuningdek, xavfsizlik, harbiy, iqtisodiy va siyosiy aloqalarni uzishga chaqirdi. Parlament oldida shayx Nodir Tamimiy, Abu Solim Saxriy va ustoz Bilol Qasroviylar ishtirokchilarning yahudiy vujudi bilan o‘rnatilgan barcha munosabatlarni qoralagan hayqiriqlari ostida nutq so‘zladilar. Notiqlar Falastin, Quddus va Aqso haqida, shuningdek, Falastinni yahudiylardan ozod qilish hamda Allohning va’dasi va Rosululloh ﷺning bashoratlarini ro‘yobga chiqarishga harakat qilish zarurligi haqida gapirdilar. Dushman bilan tuzilgan kelishuvlar tanqid qilinib, bu kelishuvlarning barchasini bekor qilish talab qilingan paytda parlament binosi oldida takbir sadolari yangradi. Namoyishchilar: «Falastin gazini sotib olish emas, balki uni ozod etish lozim», «yahudiylardan gaz sotib olish xiyonatdir» va «Gaz kelishuvi Quddusdan va Aqsodan voz kechishdir» kabi shiorlar yozilgan plakatlarni ko‘tarib chiqdilar.

Roya gazetasining 2020 yil 29 yanvar chorshanba kungi 271-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.