Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati Shom qoʻzgʻolonining ilk shiorlarini eslatib oʻtib, frontlarni qayta ochishga chaqirdi

637
0

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati Shom qoʻzgʻolonining ilk shiorlarini eslatib oʻtib, frontlarni qayta ochishga chaqirdi

Kecha juma namozidan keyin Hizb ut-Tahrir aʼzolari frontlarni qayta ochish, vahshiyona bombardimon qilinayotgan shahar va qishloqlarga yordam berish hamda rejimning ozod etilgan hududlarni bombardimon qilishiga sukut qilib turmaslik talabi bilan ozod etilgan hududlardan bir nechtasida namoyishlar uyushtirdilar. Masalan, Gʻarbiy Halabning Sahara shaharchasida katta namoyish uyushtirilib, xalq istagini ifodalovchi shior va plakatlar koʻtarib chiqildi. Plakatlarning birida jangchi guruhlar yetakchilariga qarata “Mudom bombardimonlardan odamlarni koʻchirish va yoʻllar ochish maqsad qilingan boʻlsa, u holda, sizning maqsadingiz nima?!”, deyildi. Yana baʼzi plakatlarda “Turkiyaning asli oʻzini himoya qila olmaydigan “kuzatuv punktlari”dan himoya umid qilish, aqlga sigʻadimi?! Turklar va ularning rahbarlari vazifasi, shartnomalarni ijro etish. Xoʻsh, siz jangchi guruhlarning vazifangiz nima?!”. Boshqa bir plakatda Hivron ahliga bunday deyildi: “Sizni janubda xavfsiz aholi punktlari bilan aldaganlar, endi shimolda sizni qirgʻin qilishmoqda”. Shimoliy Idlib yaqinidagi Talli-Karomat shahrida ham juma namozidan soʻng oʻtkazilgan namoyishda, bombardimonlarning toʻxtovsiz davom etishi jangchi guruhlar peshonasiga sharmandalik tamgʻasi boʻlib tushayotgani aytildi. Plakatlarda Shom qoʻzgʻolonlarining ilk kunlaridagi shiorlar esga olindi. Masalan: “Bu Alloh uchun, Alloh uchun. Allohim, biz uchun Sendan oʻzga yordamchi yoʻq”, “Azizligimizni qayta tiklaymiz” kabi. Janubiy Idlib yaqinidagi Ariha shahrida juma namozidan soʻng oʻtkazilgan namoyishdagi plakatlar orqali boshqa ozod etilgan yerlardagi mavjud vaziyatlar ifoda etildi. Shuningdek, bir plakatda rejimni agʻdarish maqsadi bilan homiy davlatlarni rozi qilish maqsadi mutlaqo qorishmaydigan va oʻzaro zid maqsadlar ekani aytildi. Yana bir plakatda “Halok boʻlganlar goʻdaklari Allohga Turkiyadan shikoyat qilmoqdalar: bu davlat bizning qatli om qilinishimizga Injirlik bazasi va kuzatuv punktlari orqali sherik boʻlyapti, tomoshabinlik qilyapti”, deyildi. Boshqa bir plakatda “Jarinoz shahri har lahza bomba ostida, u nola qilib, mard mujohidlardan yordam soʻramoqda”, deyildi.

Roya gazetasining 2019 yil 13 mart chorshanba kungi 225-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.