Putin dunyo xavfsizligiga nima tahdid solayotganini aytdi

550
0

Putin dunyo xavfsizligiga nima tahdid solayotganini aytdi

 Rossiya prezidenti Vladimir Putin dunyo xavfsizligiga nima tahdid solayotganini aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

 “Afsuski, bugungi kunda insoniyat yana xavf yoqasiga kelib qoldi. Mintaqaviy mojarolar ko‘paymoqda, terrorizm va ekstremizm tahdidi o‘smoqda. Qurollanish ustidagi nazorat tizimi barbod bo‘lmoqda”, – dedi Putin ishonch yorliqlarini topshirish marosimida.

 Shuningdek, u jahon iqtisodiyoti ham beqaror holatda ekanini ta’kidladi.

 Izoh: Levada-Tsentr tadqiqot markazi 2020-yil yanvar oyida o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, boshqa haqiqiy alьternativ nomzod bo‘lmagan taqdirda faqat 45 foiz rossiyaliklar amaldagi prezident uchun ovoz berishga tayyor ekanligi, so‘rovda ishtirok etgan fuqarolarning atigi 23,8 foizi Vladimir Putin siyosatini qo‘llab-quvvatlashi ma’lum bo‘ldi. Bu esa 2000-yildan beri tadqiqot tarixidagi eng past ko‘rsatkichdir.   

 Putin o‘z atrofiga bir guruh oligarxlarni yig‘ib, ularga cheksiz imkoniyat va vakolatlar berish orqali rus iqtisodini boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘ydi. 2014-yili Rossiya tomonidan Qrim annektsiya qilinish ortidan AQSh va Evropa davlatlari qo‘llayotgan iqtisodiy sanktsiyalar ham qo‘shimcha bo‘ldi. Odamlarning yashash darajalari yildan-yilga pasayib, Rossiya bo‘ylab amaldagi hukumat va Putinga qarshi norozilik namoyishlari ortib bormoqda …

 Putinni bunday vaziyatdan faqat harbiy vaziyat va harakatlargina saqlab qolishi mumkin. Buning eng oson va sinalgan yo‘li esa fuqarolarni “terrorizm” tahdididan “himoya” qilish bahonasi bilan musulmonlar nomidan bir nechta teraktlarni amalga oshirishdan iborat. U prezidentlik kursiga kelishidan oldin ham shu kabi teraktlarni amalga oshirib fuqarolar ishonchiga kirgan va o‘z mavqeyini mustahkamlab olgan edi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.