Rossiya AQShning temir gurzisiga aylanib qoldi

515
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Rossiya AQShning temir gurzisiga aylanib qoldi

Abu Hamza Xutvoniy

So‘ngi paytlarda Rossiyaning beqaror islomiy yurtlarga, shuningdek, islomiy bo‘lmagan yurtlarga ham aralashish holatlari ortmoqda. Rossiyaning «Vagner» nomli norasmiy qurollangan tashkiloti Suriya, Liviya, Sudan, Ukraina, Markaziy Afrika va Mozambik kabi bir necha davlatlarda shubhali harakatlar ko‘rsatdi. 2019 yil 19 sentyabrda ijtimoiy aloqa tarmoqlarida dahshatli bir video tarqaldi. Unda «Vagner» jangarilarining Suriya armiyasidan qochgan bir suriyalik askarni o‘ta shafqatsiz suratda qiynoq bilan tergov qilishayotgani, so‘ng kallasini uzib tashlab, oyoq-qo‘llarini kesib, tanasini daraxtga bog‘lab, yoqib yuborishgani, kallasini futbol qilib o‘ynashgani aks etgan… Rus hukumati hodisani inkor qilmadi, ammo bunga biz «Vagner» xatti-harakatlariga mas’ul emasmiz. Chunki u xususiy guruh hisoblanadi, deb javob berdi.

Kuzatuvchilarning ma’lum qilishlaricha, «Vagner» tashkilotini Rossiya prezidenti Putinga yaqin bir kimsa tuzgan bo‘lib, Rossiya armiyasi harakat qilayotgan davlatlarda shu armiya ko‘magida harakat qiladi hamda rasmiy armiya sodir etmaydigan nopok vazifalar bilan shug‘ullanadi.

Aftidan, «Vagner» AQShning «Blekuoter» harbiy kompaniyasining haqiqiy davomchisi bo‘lgan ko‘rinadi. Bundan oldin «Blekuoter»ning haqiqiy yuzi fosh bo‘lib, uning jinoyatkorlik operatsiyalarining Amerika davlatiga aloqadorligi bilan bog‘liq mojarolar boshlanishi ortidan, u o‘z faoliyatini to‘xtatgan edi. Keyin kongress bu kompaniyaning mavjudligi qanchalar qonuniyligi to‘g‘risida hukumatdan hisob talab qildi va buning oqibatida kompaniya o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lib, o‘rnini Rossiyaning «Vagner» tashkilotiga bo‘shatib berdi. O‘z navbatida, «Vagner» «Blekuoter» missiyasini davom ettirmoqda.

Rossiyaning «Vagner» tashkiloti ko‘plab erlarda nopok operatsiyalar qilishga qodirligini ko‘rsatdi. Shu kunlarda uning askarlari Liviya poytaxti Tripoli g‘arbida Amerikaning Liviyadagi kuchli malayi Xalifa Haftar kuchlari bilan birga Evropa malayi Sarroj kuchlariga qarshi jang qilmoqda. Bu ish Haftar kuchlarining Sarrojga qarashli jangarilar orasini yorib o‘tishga ojizlik qilayotganidan keyin bo‘ldi. Tripoli g‘arbidagi liviyalik rasmiylar «Vagner» operatsiyasiga «Liviya ruslar bosqiniga duch kelmoqda», deya izoh berdilar. Ularning aytishicha, rus hukumati Liviyada noqonuniy ishlar bilan shug‘ullanmoqda, masalan, Haftar Rossiyadan qurol sotib olishi uchun unga 11 million Liviya dinorini bosmaxonadan chiqarib berishdi.

Rus hukumati «Vagner» tashkilotining juda ko‘p jinoyatlarini yopib kelmoqda. Shuningdek, tashkilotning faoliyat maydonini belgilab, rejalashtirib beradi hamda Rossiya armiyasiga bo‘ysungan hududlarga kirishiga ruxsat beradi. Amerika esa, «Vagner» tashkilotining noqonuniy ishlariga ko‘z yumib kelmoqda. Chunki bu ishlari uning manfaatiga xizmat qilyapti. Rossiyaning harbiy aralashuvining ham, «Vagner» aralashuvining ham Bashar Asad va Xalifa Haftar singari Amerika malaylari foydasiga xizmat qilayotgani ham aniq narsa.

Ma’lumki, Rossiya Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo‘lib, u veto huquqiga ega. Aynan shu sababli u o‘zining jinoyatlari va «Vagner» kabi xavfsizlik xizmati jinoyatlari bo‘yicha xalqaro hamjamiyatning bosimlaridan qutulishga muvaffaq bo‘lyapti. Bundan tashqari, Rossiyaning kuchli armiyaga egaligi ham nizo mintaqalariga aralashib, jangni o‘zi yordam berish uchun kelgan tomonning foydasiga hal qilishiga imkon beryapti. Rossiya, masalan, Suriyada qilayotgani kabi, urushlarga vahshiylik va yirtqichlik bilan kiradi. U oddiy fuqarolarni qirg‘in qilib, millionlabini qochqinga aylantirmoqda. Ammo bu jinoyatlari bo‘yicha javobgarlikka tortish uchun uning siyosiy tizimida na bir shaffoflik bor, na so‘roqqa tutadigan hay’at bor, na konstitutsiyaviy va qonuniy asos bor. Chunki Rossiyaning boshqaruv shakli individual avtoritar bo‘lib, hisob so‘rash va hisob berish, degan narsalarga mutlaqo e’tibor bermaydi. Shu jihatdan uni harbiy diktator rejim, deyish mumkin.

Ma’lumki, Rossiya Suriyaga 2015 yil sentyabrda sobiq AQSh prezidenti Obama bilan Rossiya prezidenti Putin o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilgandan so‘ng aralashdi. Bu aralashuv ag‘darilish arafasida turgan Bashar Asad rejimini saqlab qolishga katta hissa qo‘shdi.

Darhaqiqat, Amerika izlagan narsasini Rossiyadan topdi. Zero, Rossiya tog‘utlarning ag‘darilishini oldini oladigan hal qiluvchi kuchga ega… U shuningdek, Amerikani xavotirga solayotgan qo‘zg‘olonlarni buzishga qodir davlat. Shuning uchun Amerika undan foydalandi, o‘zining manfaatlariga xizmat qilishi uchun turli kurash maydonlariga rus kuchlarini tashladi va buni arzimas ushoqlar va ba’zi harbiy bazalar evaziga amalga oshirdi.

Amerikaning nega Rossiyadan foydalanayotgani va o‘zining tashqi siyosatiga uni ishlatayotgani sababi, Rossiyada mintaqadagi mavjud kurashlarga aralashishga qodir qiluvchi ikki sifat bor: Ulardan biri «terrorizm»ga qarshi kurash niqobi ostida Islomga qarshi kurash masalasida Amerika bilan chiqisha olish sifati. Ikkinchisi, xalqaro maydonda o‘z mavqeini saqlab qolish istagi hamda o‘zining xalqaro hamjamiyatdagi faolligini saqlab qolish evaziga birinchi davlat manfaatlarini ta’minlashga rozi bo‘lishi. Shu bilan birga, Rossiya kapitalistik davlat. Shuning uchun xalqaro arenada Amerikaning yonida turishi uchun xalqlarga qarshi iflos missiyalarni bajarishi unga zarar qilmaydi.

Rossiya ilgari Chechenistonda Islom va musulmonlarga qarshi urush olib borgan jinoyatchi davlat va adovatda Amerikadan qolishmaydi. Shuning uchun bu davlat bilan – ba’zi islomiy harakatlar kabi – munosabatlar o‘rnatish aslo nojoizdir! Shuningdek, uni Ummat masalasiga ham aralashtirmaslik kerak. Kimda-kim, qandaydir «hujjat» asosida shunday qilayotgan bo‘lsa, u kechirilmas gunohga qo‘l uribdi.

Bundan tashqari, Rossiya bugun yahudiy «davlat»ining inoq do‘sti. Bugungi kunda u bilan Suriya havosida xavfsizlikni muvofiqlashtirmoqda hamda bosib olingan Falastindagi yahudiy «davlat»ining ob’ektlarini nishonga olgan har qanday harbiy amaliyotga to‘sqinlik qilmoqda. So‘nggi yaqin yillar mobaynida yahudiy vujudi bosh vaziri bilan Putin o‘rtasida o‘nlab uchrashuvlar o‘tkazilib, ikkala davlat o‘rtasida maqsadlar birlashtirildi.

Rossiyada salibchilik adovati ham bor va bu Suriyadagi rus qo‘shinlari sodir etayotgan harbiy operatsiyalarda yaqqol ko‘rinib turibdi. Bunga misol, Pravoslav Patriarxining Suriyadagi «Hamimim» bazasida rus askarlarini jang uchun xoch bilan cho‘qintirayotgani aks etgan suratlar tarqalgan.

Ha, Rossiya Amerika qo‘lidagi temir gurziga aylanib qoldi. Amerika bu gurzini musulmonlarga qarshi ishlatib, qo‘zg‘olonlarini sindiryapti, tog‘utlarini qo‘llab-quvvatlab, musulmonlardagi o‘zgartirish istagini puchga chiqaryapti, shaharlarini xonavayron qilib, millionlabini qochqinga aylantiryapti, birliklarini buzyapti…

Biroq, musulmonlar hargiz taslim bo‘lmaydilar, aslo tiz cho‘kmaydilar. Ruslar, amerikaliklar va ularga ergashganlardan iborat dushmanlari payiga bolta urgunlariga qadar doim sobit va sobir qolajaklar.

Roya gazetasining 2019 yil 11 dekabr chorshanba kungi 264-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.