Londondagi NATO yig‘ilishi va murakkab masalalar

330
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Londondagi NATO yig‘ilishi va murakkab masalalar

Doktor Faraj Mamduh

Frantsiya bilan AQSh o‘rtasida bu yil ko‘p masalalarda kelishmovchilik bo‘lgani joriy oyning uchinchi va to‘rtinchi kunlari Londonda bo‘lib o‘tgan NATO yig‘ilishi chog‘ida yaqqol ko‘zga tashlandi. Aftidan, NATO yig‘ilishida Germaniya bilan Frantsiya aksilamerika rolini navbatma-navbat olib borishga kelishib olishgan ko‘rinadi. Evropa qit’asi o‘z obro‘sini saqlab, hech bo‘lmasa, o‘ziga tegishli ishlarda muhim suveren o‘yinchi sifatida namoyon bo‘lmoqchi. Masalan, o‘tgan yili aksilamerika rolini Germaniya boshqargan bo‘lsa, endi bu rol Frantsiya qo‘lida.

Murakkab masalalarning asosiylari:

Birinchi:

Evropani, ayniqsa, Frantsiyani cho‘chitayotgan narsa, Amerikaning uni xalqaro masalalardan chetga chiqarib qo‘yishidir. Shuning uchun asosiy e’tiborni shu nuqtani namoyish qilishga qaratdi, hatto NATO xartiyasi orqali xijolatli tarzda qaratdi:

Shu bois, Frantsiya NATOning tuzilishiga dushman Rossiya va uning xavfi sabab bo‘lganini, bu xavf hanuz mavjudligini eslatib o‘tdi. Makron – nima bo‘ldiyu nima o‘zgardi, biz nega Rossiyani dushman, deb bilmaydigan bo‘lib qoldik, axir, ilgari shunday edi-ku?! qabilidagi savollarni o‘rtaga tashladi.

Nega Turkiya Rossiyadan raketa tizimi sotib olyapti, axir, Rossiya dushman tomon emasmi?! – dedi. Tramp buni oqlashga urinib, Obama Turkiyaga «Patriot» raketalarini sotish bitimini paysalga solgan edi, shu sababdan Turkiya raketalarni Rossiyadan sotib oldi, dedi. Biroq Makron unga raddiya bildirib, lekin biz o‘sha tizimning Evropadagi alьternativini Turkiyaga taklif qildik, u bo‘lsa, Evropa manfaatlarini ham, NATO maqsadlarini ham sariq chaqalik hurmat qilmadi, dedi.

Frantsiya savollarni o‘rtaga tashladi: nega AQSh NATO davlatlari bilan maslahatlashmasdan Suriya shimolidan chiqib ketyapti? Nega Turkiya NATO davlatlari bilan maslahatlashmasdan bir tomonlama harakat qilib, Suriya shimoliga kiryapti? Axir, Frantsiya «terrorizm» va IShIDga qarshi Turkiya va Amerika bilan kelishgan holda faol harakat qildi-ku, nima uchun Turkiya boshqa masalalarda biz bilan muvofiqlashmaydi?

Bu Makronni «NATO o‘lim to‘shagida yotibdi», deyishga undadi va bu bilan Amerika va Rossiyaning sovuqqon pozitsiyasiga nisbatan qarshilikni kuchaytirdi.

Ikkinchi:

Amerika go‘yo Xitoyning iqtisodiy va harbiy jihatdan namoyon bo‘lib, xavf tug‘dirayotgan va bu Rossiya xavfidan kam emas, qilib ko‘rsatishga urindi va NATO tobora kattalashib, murakkablashib borayotgan bunday xavfga qarshi turishi shartligini ta’kidladi. Bu esa, Amerikaning Xitoyga qarshi strategiyasiga kiradi, ya’ni, Amerika manfaatiga xizmat qiladi.

Uchinchi:

Amerika Evropaga Amerika-Evropa o‘rtasida savdo defitsiti mavjudligini, bunday katta kamomadni to‘g‘rilash uchun bojxona tariflari va bojlarni belgilash kerakligini eslatdi.

Evropa ham NATOning xarajatlari va fondi uchun har bir davlatning o‘z majburiyatlariga amal qilish kerakligini eslatdi. Ya’ni, davlatlarning har biri o‘zining milliy daromadidan 2 %ini NATOga to‘laydi, chunki NATO Evropani mudofaa qilish uchun tuzilgan, AQShni emas, dedi.

Bulardan ayon bo‘ladiki, Londondagi NATO yig‘ilishida kelishmovchiliklarga Amerika siyosati sabab bo‘lgan. Ya’ni, Amerika Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi nizoli mintaqalarda Rossiyadan temir gurzi sifatida foydalanmoqda. Bu temir gurzi muqobilida, Amerika Evropani xavotirlantirayotgan Putining xatti-harakatlariga ko‘z yummoqda. Bundan tashqari Turkiya-Rossiya yaqinlashuvi ham Evropani tashvishlantirmoqda. Shuning uchun bu kelishmovchilik yaqin orada bartaraf bo‘lmaydigan ko‘rinadi. Aksincha, mudom global moliyaviy krizis va AQSh-Rossiya yaqinlashuvi davom etar ekan, yanada avj olishi kutilmoqda.

To‘rtinchi:

NATO davlatlari reytingida terrorizmning yakdil ta’rifi yo‘q ekan, ular o‘rtasida tashkilotlar, jamoalar va dunyo davlatlari borasidagi kelishmovchilik bo‘laveradi. Amerika unga muayyan ta’rif berishni istamaydi. Chunki bu bilan o‘zining harakati cheklanib qoladi. Zero, u o‘zining qarshisiga kim chiqsa, uni terrorist, deydi. Shu bois, Turkiyaning «Qasad»¹ni terrorchi tashkilot, deb hisoblashi, Frantsiyaning jahlini chiqardi.

Ammo «islomiy terrorizm», degan narsaga qarshi urush qilish va unga qarshi muvofiqlashgan holda kurashishni davom ettirish masalasida bularning barchasi yakdil. Ular o‘rtasida kelishmovchilik va o‘zaro g‘azabnok vaziyat mavjud bo‘lsa-da, biroq bu masalada ular birlashishadi. To Alloh Subhanahu o‘z siyosatida avval Allohga tavakkul qilib, so‘ng Ummatga tayanadigan mustaqil davlatning dunyoga kelishiga izn bermaguncha, musulmonlar yurtlari «terrorizm»ga qarshi kurash niqobi ostidagi kurashga mahkum bo‘lib qolaveradi.

¹ Suriya demokratik kuchlari

Roya gazetasining 2019 yil 11 dekabr chorshanba kungi 264-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.