Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati Sadoqa saroyi oldida «Sudan do‘stlari» anjumaniga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi

380
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati Sadoqa saroyi oldida «Sudan do‘stlari» anjumaniga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi

2019 yil 11 dekabr chorshanba kuni Sudanning Sadoqa saroyida yigirma to‘rtta davlatdan kelgan vakillar ishtirokida «Sudan do‘stlari» anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda bosh vazir Abdulloh Hamduk xorlarcha, tilanib, ma’ruza qildi. U hozir bo‘lgan dushmanlardan iqtisodiy dasturini hamda 2020 yilgi davlat byudjetini moliyalashtirishlarini iltimos qildi.

Shunday sharmandalik va orlik anjumaniga nisbatan Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati norozilik namoyishi uyushtirdi. Namoyishda yurt eshiklari mustamlakachilikning yangi ko‘rinishiga yurt eshiklari ochib berilayotgani qoralandi. Mustamlakachilikning ushbu yangi ko‘rinishi zahri qotil kredit, yordam va grantlar bo‘lib, bular faqat mustamlakachilik rejasiga xizmat qiladi.

Namoyishda Hizb a’zolari quyidagi so‘zlar yozilgan plakatlar ko‘tarib chiqishdi: «Ey kapitalist zolimlar, siz bizga do‘st emassiz, aksincha dushmanlarimizsiz», «Ajnabiydan yordam so‘rash siyosiy jihatdan o‘z joniga qasd qilishdir», «Iqtisod muammosi sudxo‘rlik qarzlarini olish bilan aslo hal bo‘lmaydi», «Xorijiy investitsiya boyliklarimizni taladi, bunga malay hukmdor va xor omadsiz kimsalardan boshqasi chaqirmaydi», «Yo‘qolsin tilamchilar hukumati», «Muammolarimiz echimi Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlati soyasida o‘z energiyamizdan foydalanishdadir».

Bir soat davom etgan namoyish chog‘ida yigitlar ochko‘z kapitalizm, Ummat dushmanlari, Islom dushmanlari, kabi so‘zlarni aytib hayqirdilar, haq va adolat davlati bo‘lmish Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etishga da’vat qildilar.

Roya gazetasining 2019 yil 18 dekabr chorshanba kungi 265-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.