IIM: 2019-yili “ekstremizm”ga aloqador 316 odam qo‘lga olindi

403
0

IIM: 2019-yili “ekstremizm”ga aloqador 316 odam qo‘lga olindi

Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yili “ekstremistik va terroristik” uyushmalar mafkurasini tarqatgan 516 fakt aniqlanganva 316 kishi qo‘lga olingan. Qo‘lga olinganlardan “ekstremistik” ruhdagi 2104 material topilgan. Bu haqida IIMning 10 bo‘lim boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Aybek Jaylobaev ma’lum qildi.

“Ekstremizm”ni oldini olish maqsadida oliy va o‘rta ta’lim muassasalarda 6000dan ortiq atayin lektsiya, seminar, konferentsiyalar uyushtirildi. Ijtimoiy tarmoqlarda moritoring yurgizilib, “ekstremistik, terroristik” ma’nodagi 80 sayt va 22 akkaunt aniqlandi, ularning ichidan 44 sayt, 10 akkaunt sud echimi bilan yopib yuborildi. (“Azattыk”)

Tahlil:  Ijmoiy tarmoqlar orqali da’vat qilish kuchayib boryapti. Butun dunyo internetni o‘z maqsadi tomon yo‘naltirishga harakat qilib, undan iqtisodiy, saqofiy va boshqa tashviqot ishlarini rivojlantirishda foydalanishadi.

 Biz Musulmonlar ham internet orqali Islomga da’vat qilish va kufr boshqaruvi ostidagi zulmlar va hiyla nayranglarini ochib tashlash ishlarini ilgari bo‘lmagan darajada rivojlantirib yubordik! Kufr olami sarosimaga tushib, ijtimoiy tarmoqlarni Musulmonlardan filtrlash va ulardan tozalash ishlari orqali da’vatni to‘sishga harakat qilishyapti! Texnik jihatdan ularni bu ishlari natija bermaganligi sababli, ular saqofiy va diniy tomondan ta’lim muassasalari va masjid imomlari orqali harakatlarni kuchaytirishmoqchi.

Davlat organ xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda o‘z nomi bilan ro‘yxatdan o‘tgan da’vatchi yoki hokimiyatga muxolif kuch vakillarini birin ketin jinoiy javobgarlikka tortib boryapti. Namoyishkorona olib borilayotgan bu harakatlardan da’vatchilarni harakatdan to‘sish, qo‘rqitish shuningdek da’vat qilayotgan va siyosiy, fikriy kurash olib borayotgan ish harakatlardan xalq vakillarini qo‘rqitish va ijtimoiy tarmoqlardan chetlatish kabi maqsadlar ko‘zlangan. Natijada Musulmonlar taxallus (feyk) nom bilan da’vatga qo‘yilayotgan bu to‘siqni aylanib o‘tish orqali da’vatni davom ettirishga majbur bo‘lishyapti.

Aniq ko‘rsatilmagan nom bilan ish olib borilayotgan da’vatchilarni da’vatdan to‘sish, organ xodimlari uchun o‘ta katta qiyinchiliklar tug‘dira boshladi. Kuch bilan bu ishda muvoffaqqiyatga erishib bo‘lmasligini anglab etishgach, ular saroy ulamolarini “ijtimoiy tarmoqlarga kirish harom” yoki “taxalluslar bilan da’vat olib borish harom” degan betayin noshar’iy fatvolar berishga majburlay boshladi. Yuqorida “Ozodlik” sayti tarqatgan ushbu maqola ham, vahima ko‘tarish maqsadida tarqatildi.

Da’vat farzdir, har bir Mo‘’min Musulmon da’vat olib borishdan mas’ul. Da’vat – odamlarni Dinga chaqirish va kufrdan yuz o‘girishlari uchun ularning aqllariga xitob qilish demakdir! Uni kufr to‘sadi, xuddi Payg‘ambar (s.a.v.)ni Makkada to‘sganidek! Da’vat yashirinishi mumkin, lekin to‘xtatilmaydi! Da’vatni to‘sishga bo‘lgan harakat, xuddi namozni to‘sishga bo‘lgan harakat bilan bir xil bo‘lib, Xitoy bosqinchilari da’vatdan keyin namozdan, hozir esa duodan ham to‘sayotganiga guvoh bo‘ldik! Kufr bizdan uning diniga kirmagunimizcha rozi bo‘lmaydi, birodarlar!!! Alloh saqlasin!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.