Pokiston rejimi bosib olingan Kashmir musulmonlariga xiyonat qilishda davom etmoqda

564
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Pokiston rejimi bosib olingan Kashmir musulmonlariga xiyonat qilishda davom etmoqda

2019 yil 24 oktyabrda Bajva-Imron rejimi Hindiston bilan Kartarpur koridorini ochish to‘g‘risida bitim imzoladi. Kashmir musulmonlariga nisbatan orqadan pichoq urish hisoblangan ushbu hodisa yuzasidan Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati matbuot bo‘limi bayonot chiqarib, quyidagilarni ta’kidladi:

«Bu bitim bilan Pokiston rejimi Kashmir musulmonlariga go‘yo – Hindiston sizlarga qarshi shuncha vahshiylik qilayotgan bo‘lsa ham, biz Tramp ko‘rsatmalari asosida Hindiston bilan munosabatlarni normallashtiraveramiz hamda Hindistondek mushrik davlatning siz kashmirliklarga qarshi qo‘rqmasdan amalga oshirayotgan repressiyasini davom ettirishiga shijoatlantiramiz, demoqchi bo‘lyapti.

Pokiston rejimi o‘z xiyonatlarini yashirish maqsadida «ayni bitimdan Hindistonda yashayotgan sinxlar yuragiga yo‘l topishni maqsad qildik», deb aytdi. Mana sizga bahona, bundan qabih bahona bo‘lmasa kerak!». Bayonotda xulosa sifatida quyidagilar ta’kidlandi:

«Bu rejimni ildizi bilan qo‘porib tashlamas ekanmiz, azob-uqubat va xorliklardan boshimiz chiqmaydi. Shunday ekan, nahotki Pokiston Qurolli kuchlaridagi xolis zobitlarga bunday rejimga qarshi harakatlanish vaqti hali ham kelmagan bo‘lsa, axir, u dushmanlarimiz foydasiga qo‘rqoq rahbarlar etishtirib chiqarishdan boshqa narsa qilmayaptiku?! Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishga nusrat berish har qancha kechikkani sari bu xoin rahbariyat xiyonat ketidan xiyonatlar sodir etishdan to‘xtamaydi».

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.