Erdogan Islom davlatini ag‘dargan kimsaning xotirasini nishonlayapti Xo‘sh, nega?! Nega musulmonlar uni qo‘llab-quvvatlayapti?!

560
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Erdogan Islom davlatini ag‘dargan kimsaning xotirasini nishonlayapti Xo‘sh, nega?! Nega musulmonlar uni qo‘llab-quvvatlayapti?!

Turkiya davlati 2019 yil 10 noyabr kuni Mustafo Kamol vafotining 81 yilligini nishonladi. Respublika prezidenti Erdogan uni xotirlab, qabri oldida tiz cho‘kdi. So‘ngi uni «Ozodlik kurashi etakchisi, respublika bunyodkori, xalq ardoqlagan zotlardan biri», deya madh etdi. Erdogan shuningdek, «U elkamizga toabad omonat qilib qoldirib ketgan respublikamiz yashashi, revojlanishi va mustahkamlanishi yo‘lida kuchimiz boricha harakat qilamiz, yashasin respublika!», dedi.

Ma’lumki, Mustafo Kamol Islom va musulmonlar tarixida ulkan xiyonat va jinoyat sodir etgan. U o‘zini inglizlarga qarshi jang qilishga yuborgan xalifaga xiyonat qilgan. U o‘zining xiyonati ortidanoq xalifaga qarshi chiqib, inglizlarning eng katta malayiga aylangan va ularning foydasiga Xalifalik davlatini qulatgan, evaziga o‘zi prezident bo‘lgan. U Shuningdek, Lozanna shartnomasini imzolash bilan Usmoniy davlat boshqaruvida bo‘lgan boshqa musulmon yurtlaridan inglizlar va mustamlakachi davlatlar uchun voz kechgan… Ular chizib berib, Turkiya, deya nom qo‘yishgan hudud bilan kifoyalangan. Ular o‘yin o‘ylab topib, Mustafo Kamolni soxta qahramonga aylantirishgan. Ya’ni, o‘zlari undan uzoqlashib, yunonlarni atayin Izmirni bosib olishga undashgan. So‘ng Mustafo Kamol ularni quvib chiqarish bilan «qahramon» bo‘lgan. Shunday qilib, istaganini qiluvchi g‘oziy qahramon sifatida, u Islom va musulmonlarga qarshi har qanday jinoyatni sodir etadigan bo‘ldi! Mustafo Kamol musulmonlarga ularni ozodlik urushiga etaklash bilan xiyonat qildi. Chunki aslida bu Islom qadriyatlarini yo‘q qilish va tarixda eng yirik hisoblangan bir davlatni ag‘darish urushi bo‘ldi… U musulmonlarni halok etdi, uning qo‘li bilan qatl qilinmagan yoki qamoqqa tashlanmagan yoxud surgun qilinmagan musulmon ulamolar va faqihlar qolmadi… U o‘n minglab musulmonni qirib tashladi. Aytishlaricha, Mustafo Kamol Xalifalikni ag‘dargandan so‘ng unga qarshi musulmonlar qo‘zg‘olon qilganlarida ulardan 200 mingdan ziyodini o‘ldirgan. Bu kimsa Alloh va Rosuliga Islomni boshqaruvdan chetlatib, kufr aqidasi bo‘lgan ilmoniylikni olib kelish bilan xiyonat qildi. Islomdagi boshqaruv tizimiga zid respublika boshqaruvini o‘rnatdi, Islom qonunchiligini bekor qilib, so‘ng uni xalq qonunchiligi, degan nom bilan demokratiyaga almashtirdi. Islom va uning ko‘rinishiga aloqasi bo‘lgan har bir narsani yo‘q qilishga urinib, arab tili, azon va shar’iy libosga qarshi urush ochdi. Har bir kufr, fisq-fujur va buzuqlikka erkinlik berdi… Islomga aloqasi borki narsaga qarshi kurashdi, Islom va Xalifalikka da’vat qilishga hamda shar’iy ahkomlarga cheklanishga chaqirishga taqiq qo‘yib, buni davlat qonuniga aylantirdi. G‘arbdan kufr qonunlarini olib kirib, kufr konstitutsiyasiga asoslangan davlat tikladi va uni G‘arb bilan uning ittifoqchi davlatlariga bog‘ladi. Bular Mustafo Kamolning buzuq va fosiq shaxs sifatidan tanilganidan tashqari ishlar.

Mustafo Kamol haqida qisqacha mana shu! Xo‘sh, nega Erdogan shunday kimsani maqtayapti?! Nega eng katta davlatni ag‘darib, o‘rniga tiklangan uning respublikasini olqishlayapti va uning o‘zini musulmon, deyapti?! Nega Islom qadriyatlarini vayron qilgan, davlatini qulatgan, musulmonlarga qarshi kurashib, chor atrofga razolat va buzuqlikni yoygan kimsani maqtayapti?! Turkiya ahli Mustafo Kamolning zo‘ravonligi, zulmi va uning ilmoniy respublikachilik boshqaruvi zulmidan juda ko‘p balolarga giriftor bo‘ldi. Musulmonlar bu kimsani o‘z nomuslari, dinlari, davlatlari, tarix va madaniyatlariga adovat qilgan jinoyatchi, deb biladilar, juda yomon ko‘rib, la’natlaydilar. Shuning uchun Turkiyada Mustafo Kamolga va uning jinoyatlari, xiyonatlari, buzuqliklariga qarshi chiqishni jinoyat sanovchi qonun ishlab chiqilgan. Erdogan ham qudratga kelib, uni ulug‘ladi. Undan tashqari, kamolchi harbiylar ham o‘tgan asrning oltmishinchi yillaridan beri qilib kelishayotgan har bir davlat to‘ntarishi ortidan, odamlar nazaridan chetda bo‘lgan bu kimsani ko‘klarga ko‘tarib maqtashadi. Har safar inqilob qilishganda, buni Mustafo Kamolni va uning inqiloblarini hamda respublika va ilmoniy boshqaruvini himoya qilish uchun amalga oshirishganini da’vo qilishadi. Chunki bu kamolchi harbiylar odamlarning Islomga intilayotganini va uning hokimiyatga kelishini orzu qilishayotganini bilishyapti.

Aftidan, Erdogan inglizlar malayi kamolchilarni rozi qilmoqchi. Shu orqali 2016 yil 15 iyulda bo‘lgan davlat to‘ntarishiga bo‘lgan urinish ortidan ularning yana inqilob qilishga urinishlarini oldini olaman, deb o‘ylayapti. O‘shanda turk harbiylari gulenchilar bilan ittifoq tuzgan holda inqilobga urinishgan edi. Opportunistlar, deyilayotgan gulenchilar hokimiyatga etib borish va manfaatlarini amalga oshirish yo‘lida har qanday kuchdan foydalanishga urinishadi. Avval ham, Turg‘ut O‘zaldan tortib Demirelgacha, Ejevitdan tortib Erdogan va kamolchilargacha bo‘lgan bir necha ingliz va amerikaparast siyosiy kuchlar bilan ish olib borishdi.

Erdoganning o‘zi ilmoniylikni tatbiq qilib, uni maqtaydi va himoya qiladi, hatto unga odamlarni targ‘ib qiladi! 2011 yil Misr ahli rejimga qarshi qo‘zg‘olon qilib, Husni Muborakni ag‘darishgandan so‘ng Erdogan Misrga bordi va o‘sha erda eng yaxshi boshqaruv ilmoniylikdir, deb misrliklardan shu boshqaruvni tatbiq qilishni talab qildi. 2016 yil 26 aprelda Turkiya parlamenti spikeri Ismoil Qahramon «Biz musulmon yurtmiz, dasturimizni o‘zimiz dinimizga muvofiq ishlab chiqishimiz kerak», deganda Erdogan bu gapini rad qildi va bu uning shaxsiy fikri, partiyasi va hukumatiga mansub gap emas, dedi. U «Men Misrga borib, uning ahlidan ilmoniylikni tatbiq qilishlarini talab qildim, bunga Ixvon murshidi Muhammad Okif e’tiroz bildirgandi, unga men sizni ilmoniylikka ishontiraman, dedim. U bilan gaplashib, ishontirdim», dedi Erdogan.

Bundan tashqari, Erdogan AQSh bizning ittifoqchimiz va do‘stimiz, deyish bilan Islom va musulmonlar dushmani bo‘lgan bu davlatga ochiq do‘stlik izhor qilmoqda, u bilan Suriya ahliga qarshi til biriktirmoqda. U buni yaqinda 2019 yil 13 noyabrda Amerikaga safar qilib, prezident Tramp bilan uchrashishi ortidan yana bir bor tasdiqladi. Rossiya prezidentini, ya’ni, Islom va musulmonlar dushmani Putinni «aziz do‘stim», deb atadi! U bilan Suriya ahliga qarshi kelishib olib, ozod etilgan mintaqalarni mag‘lubiyatga uchratyapti, so‘ng ularni Rossiya, keyin esa, rejim qo‘liga topshiryapti. Buni Ostona va Sochi uchrashuvlarida «keskinlikni yumshatish», degan nom bilan niqoblash orqali amalga oshirmoqda. Bu nomlardan so‘nggisi «Tinchlik bulog‘i» bo‘lib, unda Erdogan mushtarak patrul nazorati o‘rnatishni Rossiya bilan kelishib olgach, ayrim mintaqalarni rejim qo‘liga topshirdi, ayrimlari topshirilish arafasida turibdi. Bularning hammasini azbaroyi Islomni qayta Suriya hokimiyatiga kelishini oldini olish, u erdagi ilmoniy rejim va ilmoniy rahbarlarni mustahkamlash maqsadida sodir etdi. Bu bilan Suriya ahlini hech kim aldolmagan yo‘l bilan aldadi hamda qo‘zg‘olonni yo‘q qilish uchun unga qaqshatqich zarba berdi.

Biz keltirgan shuncha narsalarni Erdoganni himoyachilari ko‘ra bilishmayaptimi?! Qachongacha musulmonlar bu kimsani himoya qilishadi, undan yaxshilik kutishadi?! Xo‘sh, nega shunday bo‘lyapti?! Masalani diqqat bilan o‘rgansak, musulmonlarning ko‘pchiligida tuyg‘u g‘olib kelganini, ba’zilari soddalikka mag‘lub bo‘lishganini va shu sabab shaxslarga bog‘lanib qolishganini, shaxslarni va vaziyatni to‘g‘rilash uchun Islom o‘lchovlaridan foydalanishmayotganini, voqea-hodisalarning asl mohiyatini tushunishni istashmayotganini guvohi bo‘lamiz.

Siyosiy ong – voqea-hodisalarga muayyan nuqtadan turib qarashdir. Musulmonga nisbatan esa, Islom aqidasi va undan balqib chiqqan fikrlar nuqtasidan turib qarash va ularni voqelikka bog‘lash, demakdir. Siyosiy ong nurdir. Musulmon uning yog‘dusida voqea-hodisalarni ko‘radi, tushunadi va u erdagi «o‘yinchilar»ga baho beradi… Ammo biz yuqorida aytgan ahvoldagi shaxslar va rahbarlarni himoya qilmaydi. Zero, ularni himoya qilishdan uning Parvardigori qaytarib, bunday demoqda:

وَلاَ تُجَادِلْ عَنْ الَّذِينَ يَخْتَانُونَ أَنفُسَهُمْ إِنَّ اللَّهَ لاَ يُحِبُّ مَنْ كَانَ خَوَّانًا أَثِيمًا

«Siz o‘zlariga xiyonat qiladigan (jinoyatkor) kimsalarning yonini olmang! Albatta Alloh xoin va jinoyatchi bo‘lgan kimsalarni sevmas» [Niso 107]

Musulmon Islom o‘lchovlaridan to‘g‘ri foydalanadi. Chunki haqiqat shaxslar bilan o‘lchanmaydi, balki shaxslar haqiqat bilan o‘lchanadi va ergashmoqqa eng haqli narsa haqiqatdir. Adashgan va boshqalarni ham adashtirib, to‘g‘ri yo‘ldan ozgan kimsalar esa, ergashmoqqa haqli emaslar. Demak, echim shu nuqtadadir. Ya’ni, shu nuqtadan voqea-hodisalarni vaziyatlari, shart-sharoitlari bilan birga asl mohiyati ko‘riladi, ularni xalqaro pozitsiyaga bog‘lanadi hamda ularning mohiyatini chuqur va yorqin tarzda anglab etiladi, voqea-hodisalarga o‘zi nafs-havosiga mos keluvchi rang bermaydi. Keyin Islom o‘lchovlarini obdan chuqur to‘g‘ri tushunib olib, shu o‘lchovlardan foydalanadi. Alloh Taolo ushbu kalomida mo‘minlarga xitob qilib, ulardan O‘zining Qur’oni va Rosulining sunnatidan hukm olishni talab qilmoqda:

فَإِن تَنَازَعْتُمْ فِي شَيْءٍ فَرُدُّوهُ إِلَى اللّهِ وَالرَّسُولِ إِن كُنتُمْ تُؤْمِنُونَ بِاللّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ ذَلِكَ خَيْرٌ وَأَحْسَنُ تَأْوِيلاً

«Ey mo‘minlar, Allohga itoat qilingiz, va payg‘ambarga hamda o‘zlaringizdan bo‘lgan (ya’ni musulmon) hokimlarga bo‘ysuningiz! Bordiyu biron narsa haqida talashib qolsangiz, — agar haqiqatan Allohga va oxirat kuniga ishonsangiz — u narsani Allohga va payg‘ambariga qaytaringiz! Mana shu yaxshiroq va chiroyliroq echimdir» [Niso 59]

Roya gazetasining 2019 yil 20 noyabr chorshanba kungi 261-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.