Tunisga nisbatan xorijiy aralashuv

199
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Tunisga nisbatan xorijiy aralashuv

Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot boʻlimi chiqargan bayonotda bunday deyiladi:
“Agar Gʻarbni ulugʻlaydigan hamda uning mamlakat ustidan hukmronligini tan olgan siyosiy sinf (hukumat va muxolafat)ning zaifligi boʻlmaganida edi, makkor Gʻarb Tunisning ichki ishlariga aralasholmagan boʻlardi. Hukmdorlarning “25-iyul tadbir-choralari”dan oldin va keyingi ishlari hokimiyatni saqlab qolish yoki qoʻlga kiritish maqsadida Gʻarb doiralariga ulardan yordam soʻrab yoʻllangan bir nomadir. Ammo prezident Qays Saidning xorijiy aralashuvga qarshi chiqqanligiga kelsak, u baʼzi manfaatlariga toʻgʻri kelmaganligi uchun qarshi chiqqan, xolos”.
Matbuot bayonotida yana qoʻshimcha qilindi:
Ha, Gʻarbning bu aralashuvi shuni koʻrsatmoqdaki, u Tunisga Gʻarb nufuziga itoat qiladigan, oʻziga chizib bergan doiradan tashqariga chiqmaydigan, oʻzining himoyasi ostidagi davlat, deb qaraydi. Bundan yana shu narsa ham ayon boʻlmoqdaki, hukmdorlaru muxolafat doxil siyosiy sinf oʻrtasidagi kurash aslida, yirik davlatlarning mahalliy vositalar orqali olib borayotgan kurashidir. Shuning uchun xoh frantsuzlar himoyasi ostidagi malaylar boʻlsin, xoh inglizlar yoki amerikaliklarga tobe rahbarlar boʻlsin, biz Hizb ut-Tahrir aʼzolari oʻz kurashimizni aslo bunday siyosiy sinfga qaratmaymiz. Chunki bizning asl maʼrakamiz mustamlakaning oʻziga qaratilgan. Biz ustimizdan zoʻrlab tiqishtirilgan bu tuzumlarga qarshi keng qamrovli oʻzgartirish yasash hamda Islom asosida roshid boshqaruvni barpo etish orqali mustamlakachilikni ildizi bilan yoʻq qilish uchun faoliyat qilamiz. Bu oʻzgartirish Tunis konstitutsiyadan tortib siyosatlargacha, malay rasmiylardan tortib to rejimni qoʻriqlayotgan xavfsizlik xizmatigacha, hammasini oʻz ichiga oladi.

Roya gazetasining 2021 yil 10 noyabr chorshanba kungi 364-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.