Ilmoniylar bilan islomchilar qayerda uchrashadi?

656
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ilmoniylar bilan islomchilar qayerda uchrashadi?

Ummat farzandlari orasida turli hizb-partiyalar bor. Baʼzilari diniy yoʻnalishni qabul qilgan, baʼzilari ilomniy (nodiniy) yoʻnalishni qabul qilgan. Ummatning eʼtiqodi va diniga ixlosi eʼtiboridan, diniy partiyalarning boʻlishi tabiiy, albatta. Biroq ilmoniy partiyalarning Ummat farzandlari orasida boʻlishi, dunyoda ilmoniy mafkuraning koʻpligi va hukmronligi sabablidir. Diniy partiyalar dinga asoslangan ekan, buning aksi oʻlaroq, ilmoniy partiyalar dinsizlikka asoslangan boʻlib, ilmoniylik mafkurasi ustiga qurilgan. Zero, ilmoniylik dinni hayotdan ajratishni anglatadi. Yaʼni davlat muassasalarida ham, insonlar hayotini tartibga solinishida ham dinga oʻrin yoʻq boʻladi. Balki ilmoniylikda din faqat insonni Parvardigori bilan boʻlgan aloqasiga cheklanadi, xolos. Shuning uchun ham ilmoniy partiyalar millatchilik, vatanparvarlik, demokratiya kabi Islomga aloqasi yoʻq asoslar ustiga quriladi. Diniy partiyalar esa, aslida ular dinga asoslanadi, yaʼni, din hayotiy yoʻldir, barcha hayotiy ishlarda va davlat muassasalarida dinga amal qilinishi kerak, degan eʼtiborda, dinga asoslanadi.

Bu ilmoniy partiyalarga yetakchilik qilayotganlarning aksari musulmonlardir. Shuning uchun ilmoniylik ayni partiya aʼzolaridagi dinga sezilarli taʼsir qilgan. Ilmoniy mafkura dunyoda hukmron mafkura boʻlgani bois, islomiy partiyalar turli darajada ilmoniy fikrlardan taʼsirlangan. Masalan, ayrim islomiy partiyalarni millatchilikka yoki vatanparvarlikka yoxud demokratiyaga daʼvat qilayotganlariga guvoh boʻlyapmiz. Ular bu narsalarni Islomdan yoki Islomga zid kelmaydi, deb hisoblashgani uchun ularga daʼvat qilishyapti. Shuningdek, diniy va ilmoniy partiyalar oʻrtasida uchrashuvlar boʻlayotgani, ular fikrlarini oʻzaro yaqinlashtirishga, hamma musulmon boʻlgani uchun barobar faoliyat qilishga va shu fikrlar manfaati uchun harakat qilishga chaqirishayotgani kuzatilmoqda.

Islomiy faoliyatga nazar solgan kishi uning asosi Islom, yaʼni, Islom aqidasi va undan balqib chiqqan ahkomlar, uning ustiga bino boʻlgan fikrlar ekaniga guvoh boʻladi. Chunki Islom insonning hayotdagi barcha munosabatlarini oʻz ichiga olgan mukammal tuzumdir. Masalan, uning oziq-ovqat, kiyim-kechak kabi oʻzi bilan boʻlgan munosabatlarini, aqida va ibodatlar kabi Parvardigori bilan boʻlgan munosabatlarini, muomala va jazo kabi boshqa insonlar bilan boʻlgan munosabatlarini oʻz ichiga olgan tuzumdir. Islom hayotning har bir qirrasini oʻzida mujassamlagan boʻlib, hayot uchun barkamol bir yoʻldir. Islom aqidasi Islom ahkomlari va fikrlari uchun yagona manbadir. Shu jihatdan, Qurʼon bilan sunnat qonunchilik manbaidir. Qurʼon bilan sunnat va sahobalar ijmoi, sharʼiy qiyos ham sharʼiy dalildir. Musulmonlar barcha hayotiy ishlarida mana shu manbalarga murojaat qilishga, ulardan boshqa manbaga hargiz amal qilmaslikka buyurilganlar. Bu borada Alloh Taolo bunday degan:

وَمَا آتَاكُمُ الرَّسُولُ فَخُذُوهُ وَمَا نَهَاكُمْ عَنْهُ فَانْتَهُوا

“Pargʻambar sizlarga ato etgan narsani olinglar, u zot sizlarni qaytargan narsadan qaytinglar va Allohdan qoʻrqinglar, albatta Allohning jazosi qattiqdir” [Hashr 7]

Ushbu kalomida Alloh Subhanahu qonunchilikni Paygʻambar alayhissalom keltirgan narsalarga chekladi, bizni ul zot ato etgan narsadan boshqa narsalarni olishdan qaytardi. Bu bilan butun Ummat, xususan, partiyalar Muhammad mustafo ﷺ ato etgan narsalarga amal qilishga, har qanday sabab yoki oqlov yoxud bahona boʻlsa ham, undan boshqasiga amal qilmaslikka buyurilgani kelib chiqadi. Islomiy partiyalar barcha faoliyatlarida Islomni manba qilib olishga hamda Rosululloh ﷺning tariqatlarini hayot yoʻli qilib olishga buyurilganlar. Ibn Masʼud  rivoyat qiladi: Rosululloh ﷺ qoʻllari bilan chiziq chizdilar va “Bu Allohning toʻgʻri yoʻlidir”, dedilar. Soʻng chiziqning oʻng va chap tomonlariga ham bir necha chiziq chizdilar va “bu yoʻllar Shaytonning yoʻllaridir, undan boshqa yoʻllar boʻlishi aslo mumkin emas”, dedilar va ushbu oyatni tilovat qildilar:

وَأَنَّ هَذَا صِرَاطِي مُسْتَقِيمًا فَاتَّبِعُوهُ وَلاَ تَتَّبِعُوا السُّبُلَ فَتَفَرَّقَ بِكُمْ عَنْ سَبِيلِهِ

“Albatta, mana shu Mening Toʻgʻri Yoʻlimdir. Bas, shu yoʻlga ergashinglar! (Boshqa) yoʻllarga ergashmangizki, ular sizlarni Uning yoʻlidan uzib qoʻyar. Shoyad taqvo qilsangiz, deb sizlarni mana shu narsalarga buyurdi” [Anʼom 153]

Shunga binoan, islomiy partiyalar faqat Islom va faqat Islom asosida tashkil topmogʻi, najot yoʻli sari harakatlarida faqat Islomga asoslanmoqlari lozim. Islomgina manbadir, unda yaltoqlik qilish ham, ikkiyuzlamachilik ham boʻlmaydi, bu haqiqat, Islomga aniq dalil asosida amal qilgan har bir kishi uchun oy bilan kundek aniq maʼlum.

Ilmoniylik esa, dinni hayotdan ajratishdir. U dinning makoni faqat ibodat qilinadigan yerlarda, deb biladi. Ilmoniylikni kelib chiqishini oʻrgangan kishi shunga guvoh boʻladiki, u Yevropada paydo boʻlgan. U yerda paydo boʻlishiga sabab shuki, cherkov odamlar hayotiga hukmronlik qilar, podshoh va hukmdorlar odamlarga zulm qilishar, dinni niqob qilgan holda yer yuzida buzgʻunchilik tarqatishar edi. Ana shunda dinsizlikka chaqiruvchilar paydo boʻldi. Ular dinni hayotdan chetlatish kerak, odamlarga kelayotgan hamma balo va zulmlar mana shu din sababli kelmoqda, deya tashviqot qilishdi. Dinni hayotdan uzoqlashtirishga tinimsiz daʼvat qilib, nihoyat, tuzumni oʻzgartirishga muvaffaq boʻlishdi. Bu dastlab Frantsiya qoʻzgʻoloni, soʻng Yevropada birin-ketin boʻlgan qoʻzgʻolon va inqiloblar natijasida amalga oshdi. Ilmoniylik mafkurasi gʻalaba qozonib, dinni Yevropa hayotidan yoʻq qildi, u yerdagi boshqaruvni demokratik tuzum olib boradigan boʻldi. Shunday qilib, Yevropa davlatlari dinni hayotdan ajratish mafkurasini qabul qilishdi va uni butun dunyoga yetkazishdi. Yevropa davlatlarining shunday gʻalaba qozonishlari va aksar dunyo davlatlarini mustamlaka qilishlari oqibatida, hayot sahnida eng munosib va mashhur mafkura ilmoniylik boʻlib qoldi. Musulmon yurtlarida demokratiyaning tatbiq etilishi va hokimiyatga ilmoniylar yetib borishi oqibatida, koʻplab musulmon yurtlarida ilmoniy partiyalar paydo boʻldi.

Bular Islomiy partiyalar bilan ilmoniy partiyalar asosiga nisbatan qisqacha nazariya. Shu nazariyaga binoan islomiy partiya bilan ilmoniy partiya oʻrtasida ulkan farq borligi maʼlum boʻlmoqda: Islomiy partiyalar asosi Islomdir. Ilmoniy partiyalar asosi esa, dinni hayotdan chetlatishdir. Baʼzi yuzaki fikrlaydigan kishilar boʻlsa, maqsadlar birligi yoki umumiy manfaatlar eʼtiboridan, oniy va milliy manfaatlar islomiy va ilmoniy partiyalarni oʻzaro yaqinlashib, barobar faoliyat qilishga undaydi, deyishadi. Bu notoʻgʻri. Chunki islomiy maqsadlar hech qachon ilmoniy manfaatlar bilan toʻqnashmaydi, uning manfaatlari ham ilmoniy manfaat bilan aslo uchrashmaydi. Islomiy manfaatlar, oʻzining islomiy aqidasidan balqib chiqishi kerak, Islomda eʼtiborga olinuvchi manfaat, shariat belgilagan manfaatdir, aql belgilagan manfaat emas. Ilmoniy partiyalarda esa boshqacha. Ular oʻz maqsadlarini dindan uzoq ravishda belgilashadi, manfaat va qonunlarga aqlni asos qilishadi. Shu nuqtai nazardan qatʼiy ayta olamizki, islomiylar bilan ilmoniylar hargiz uchrashmaydi. Bunga ilmoniylarning daʼvat qilishi adashtirishdan boshqa narsa emas. Bunga islomiylardan qilingan daʼvat esa, Islomdan toyilishdir, bizga Rosululloh ﷺ qoldirgan aniq-ravon yoʻldan adashishdir. Bas, musulmonlar ushbu haqiqatni anglaydilarmi?!

وَأَسِرُّوا قَولَكُم أَوِ ٱجهَرُوا بِهِ إِنَّهُۥ عَلِیمُ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ  أَلَا یَعلَمُ مَن خَلَقَ وَهُوَ ٱللَّطِیفُ ٱلخَبِیرُ

(Ey insonlar), sizlar soʻzlaringizni xoh yashiring, xoh oshkora qiling, U dillardagi sirlarni bilguvchidir. (Axir) yaratgan zot (Oʻzi yoʻqdan bor qilgan narsalarni) bilmasmi?! U mehribon va (har narsadan) xabardordir” [Mulki 13-14]

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.