“Xitoy zavodlari yoʻqolsin”

506
0

“Xitoy zavodlari yoʻqolsin”

Qozogʻistonda “Xitoy ekspansiyasiga qarshi” norozilik aktsiyalari boshlandi

3 sentyabr kuni Janaozenda yana yuzlagan odamlar mamlakatda Xitoy loihalari toʻxtatilishini talab qilib markaziy xiyobonda norozilik namoyish oʻtkazishdi. Janaozenda yashayotgan xalq, Qozogʻistonda olib borilayotgan barcha Xitoy loihalari toʻxtatilishini talab qilishdi. Bu norozilik aktsiyalari keyingi kunlarda Qozogʻistonning Nur-Sulton, Aktube va Shimkent shaharlarida ham “biz Xitoy ekspansiyasiga qarshimiz”  talabi ostida davom etmoqda. Manba Azattыk radiosi.

 Eslatib oʻtsak, 2011 yili Janaozenda neft qazuvchi ishchilar tomonidan uyushtirilgan norozilik namoyishi chogʻida, politsiya 17 kishini otib oʻldirgan edi.

3 sentyabr kuni namoyishda Nursulton Nazarbayevning “nur atan” partiyasi vakillari parlamentdan ketsin degan talablar ham koʻtarildi. Shuningdek Qozoq prezidentining 11–12 sentyabr kuniga belgilangan Xitoyga tashrifi bekor qilinsin degan talablar ham yangradi.

Qozogʻistonda shu kungacha 55 Xitoy kompaniyasi faoliyat yuritib kelmoqda. Ular mamlakatni bir kunda, hatto bir yilda majburan bosib olishgan emas! 2016 yili Nazarbayevning qizi Dariga Nazarbayeva bosh vazirning birinchi oʻrinbosari lavozimida turib, “aynan Xitoy bilan hamkorlik mamlakatimizning kelajagidir, shuning uchun taʼlim programmasida uning tilini oʻrganishga katta eʼtibor qaratishimiz kerak” degan edi. Yaʼni Qozoq yetakchilari uzoq yillardan beri Xitoy bilan til biriktirib, unga oʻz yurti ichida xalqini saqofiy mustamlaka qilishiga sharoit yaratib bera boshlashgan! Chunki yirik davlatlar uchun kichik davlatlarni saqofiy mustamlaka qilish, siyosiy, iqtisodiy va hatto harbiy mustamlaka qilishi uchun jamiyatda qulay va yengillik muhitini paydo qiladi. Buni tushunish uchun SSSRdan qolgan saqofiy mustamlakachilik tufayli yurtlarimizda Rossiyaga nisbatan xayrixoh jamoiy ruh shu kunlarda ham mavjudligiga eʼtibor qaratishning oʻzi kifoya.

2017 yili Qozogʻistonda yer kodeksiga oʻzgartirish kiritildi. Yangi kodeksga koʻra auktsionlarda chet el kompaniyalari ham ishtirok etish huquqiga ega boʻlishdi. Yaʼni chet el kompaniyalari qishloq xoʻjaligi yerlarini 25 yilga ijaraga olish huquqiga ega boʻlishdi. Bu qonunlar ortidan 1.7 million gektar yer sotilib ketdi.

Qozogʻiston va Qirgʻiziston kabi iqtisodiy qaram davlatlarga Xitoy bevosita bostirib kirib kela olmaydi. U avval parlament, hokimiyat va prezidentlarni shaxsiy manfaatlari bilan oʻz tomoniga ogʻdirib oladi. Keyin shoshilmay bu xoin toifa qoʻli bilan davlat qonunlarini oʻzgartirib, mamlakatlarda oʻzining saqofiy, iqtisodiy taʼsirini kuchaytirib boradi. Eʼtibor bersak, oxirgi vaqtlarda xalq Xitoyga qarshi qoʻzgʻalib borayotganiga qaramay, xalq vakillari boʻlgan deputatlar, prezident, siyosiy elita, hatto matbuot ham Xitoyga qarshi boʻlgan xalq tomonida emas! Eng kamida eʼtiborsiz pozitsiyada! Baʼzilari oshkora Xitoy tomonida boʻlishsa, boshqalari xalqni bu pozitsiyasidan chalgʻitish haqida bosh qotirishyapti.

Iqtisodiy hamkorlik niqobi bilan mamlakatlarimizga kirib kelayotgan Xitoy, aslida oʻziga iqtisodni asos qilib olgan emas. Aksincha u bizni iqtisodiy tang holatimizni yana-da ogʻirlashtirish yoʻli bilan, vaqtincha ijaraga olgan yerlarini oʻzlashtirib olishni maqsad qiladi. Albatta bu ishlar ustilarimizdagi xoin hokimiyat vakillari ishtirokisiz boʻlmaydi. Almazbek Atambayev va uning yetakchi guruhi ustidan ochilib borayotgan jinoiy ishlar va oʻzlashtirib olingan milliardlagan mablagʻlar fikrimizga oydin dalil boʻla oladi. Lekin sistema oʻzgargani yoʻq, Nursulton Nazarbayev, Sooranbay Jiyanbekov yoki Vladimir Putin ham davlat ustidagi taʼsir quvvatini yoʻqotishsa, ularning jinoyatlari avvalgilarnikidan kam emasligi koʻrinadi. Chunki ustimizdagi yetakchilar barcha jinoiy ishlarini biror yirik davlat quvvatiga suyangan holda amalga oshiradi.

Shu nuqtai nazardan kelib chiqib:  norozilik harakatlarimizni prezident, hokimiyat va parlament vakillari tomonga qaratishimiz kerak. Hatto hokimiyatda boʻlmagan siyosiy doira vakillari ham oʻz pozitsiyalarini bildirishsin. Kim xalq va ummat tomonida turganini va kim Xitoy ekspansiyasida u bilan hamtavoq ekanini bilaylik! Keyin, har saylovda qoʻllarimizdagi saltanatni befarqlarcha topshirib qoʻyaayotgan shu xoinlar bizni boshqarishga loyiqmi-yoʻqmi, shular bizni zalolatdan nurga olib chiqishiga ishonsak boʻladimi-yoʻqmi, bu haqida ham oʻylanib koʻraylik!!!

Abdurazzoq Moʻʼmin

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.