AQSh Davlat kotibining kutilmaganda Iroqqa kelishi va bundan koʻzlangan maqsad

402
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

AQSh Davlat kotibining kutilmaganda Iroqqa kelishi va bundan koʻzlangan maqsad

Oʻtgan hafta AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Iroqqa qilgan kutilmagan safarini nihoyasiga yetkazdi. Safar davomida respublika prezidenti Barham Solih va bosh vazir Odil Abdulmahdiy bilan uchrashdi. Rasmiy bir manbaning taʼkidlashicha, Pompeo safari, Vashington bilan Tehron oʻrtasidagi munosabatlar taranglashishi xususida Iroqni ogohlantirishga qaratilgan.

Shu xususda Hizb ut-Tahrir – Iroq viloyati matbuot boʻlimi payshanba kuni bayonot chiqardi. Bayonotda Pompeoning yolgʻonchi ekani, AQSh Iroqni bosib olib, hokimiyat va armiya tepasiga Eron odamlarini olib kelib qoʻyganiga qaramasdan, u oʻz davlatini aybsiz qilib koʻrsatmoqchi boʻlayotgani aytiladi. Bayonotda quyidagilar taʼkidlandi:

“Eronning mintaqadagi roli Amerikaning mustahkam siyosatidir. Bu rolь vaziyatga muvofiq va Amerika talablariga koʻra goh kengayib, gohida torayib turadi. Amerika Eronni 1979 yildan beri mintaqa davlatlariga qarshi islomiy qoʻzgʻolon xatari sifatida ushlab keldi. Amerikada hokimiyatga neokonservatorlar kelgach, bu narsa shia xatariga aylandi. Soʻngra arab bahori hodisalariga taʼsiri boʻlgan mintaqaviy rolga aylandi. Lekin oxirgi paytlarda Amerikaning Misr kabi boshqa malayi kuchga kirdi, Saudiyadagi boshqaruvni qoʻlga oldi va Turkiyani ishga solmoqda. Shuning uchun Amerika Eronga boshqa rolь yuklamoqchi.

Islom Ummatining asl dushmani, yurtlarimiz siyosatlarini chizib beruvchi mustamlakachi kofir Gʻarb davlatlaridir. Islomiy yurtlar hukmdorlari esa, mana shu davlatlar siyosatini bajaruvchi, ularning qoʻlidagi qurollardir”.

Bayonot soʻnggida bunday deyiladi:

Shuning uchun yurtlarimizni mustamlakachi kofirlar nufuzidan ozod qilishga eʼtibor qaratilishi lozim. Bu esa, Gʻarbga malay hokimlarni uloqtirib tashlash va roshid Xalifalik davlatida Islom hukmlarini tatbiq etadigan xalifaga bayʼat qilish orqali amalga oshadi. Shuningdek asosiy muammo faqat bugungi hokimlarni uloqtirib yuborishda boʻlmaslik lozim. Zero, musulmonlar Tunis va Misrda boʻlganidek malaylar almashishi bilan aldanib qolmasligi lozim. Bugun ushbu stsenariyni Liviya, Shom, Sudan va Jazoirda qoʻllashmoqchi.

Roya gazetasining 2019 yil 22 may chorshanba kungi 235-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.