“Nazarbayev ordeni”: munofiqlik namunasidir

419
0

“Nazarbayev ordeni”: munofiqlik namunasidir

 Qozogʻistonda 28-29 may kunlari Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Yigʻilishda xalqaro faoliyat, sanariptik (raqamli) kun tartib, umumiy elektr energiyasi bozorini tuzish, shuningdek, YeOII doirasida integratsiyaga taalluqli 20ta hujjat imzolanishi kutilmoqda. Maʼlumki, Rossiya oʻz mustamlakalarini iqtisodiy jihatdan oʻz changalida ushlab turish maqsadida bu tashkilotni tuzgan. Yuqoridagi kabi hujjatlar esa, mustamlakachilikni amalga oshirishdagi uslublar hisoblanadi.

 Yigʻilishning birinchi kunida Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Qirgʻiziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni “Nursulton Nazarbayev” ordeni bilan mukofotladi. Ular Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasi gʻoyasining 25 yilligi, shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tashkil etilganining 5 yilligi munosabati bilan Qozogʻiston bilan aloqalarni chuqurlashtirishga qoʻshgan hissasi uchun” mazkur orden bilan taqdirlanishdi. Mukofotni Qozigʻistonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarbayev topshirdi.

 Aslida YeOII gʻoyasi Rossiyaning mustamlakachilik ishtiyoqidan kelib chiqqan gʻoyadir. Biroq, uni “Nazarbayev gʻoyasi” sifatida taqdim qilib, Nazarbayev bu gʻoyani ilgari surishga majburlangan. Hayotda guvohi boʻlib turganimizdek, bu tashkilotga aʼzo boʻlish Qozogʻiston uchun koʻplab muammolarni paydo qildi. Nazarbayev Rossiya changalidan chiqqish uchun koʻp bor harakat qildi, biroq buni uddasidan chiqa olmadi. Ammo shunga qaramay, u Putinni orden bilan taqdirlamoqda.

 Shuningdek, ordenga sazovor boʻlgan Jeenbekov Nazarbayevning “ikki mamlakat oʻrtasidagi qardoshlik munosabatlarini oʻrnatish va mustahkamlashga qoʻshgan shaxsiy hissasi”ni alohida taʼkidlab oʻtdi. Aslida guvohi boʻlib turganimizdek, Qozogʻiston hukumati Qirgʻiziston uchun chegara va bojxona qiyinchiliklarini yaratib kelmoqda.

 Shu kunga qadar bu tashkilot doirasida kuchli kuchsizni ezib kelmoqda. Rossiya Qozigʻistonni, Qozogʻiston esa Qirgʻizistonni siquvga oladi. Shunday boʻlishiga qaramay, munofiqlarcha “tashkilot teng sheriklik”ka qurilgan deb aytiladi. Olamiy mustamlakachi tuzum mana shunday. Unda mustamlakachilar xoʻjayin va qadrli boʻladi, boshqa malaylar esa – oʻzlariga “elbasi” kabi nomlarni qoʻyib olishmasin – bari bir xoʻjayinlariga yaltoqlanib, xor boʻlib yashashadi.

 Abdulhakiym Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.