Ey Shom ahli! Qoʻzgʻolon kemasini munosib boshqaruvchiga topshiring

471
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ey Shom ahli! Qoʻzgʻolon kemasini munosib boshqaruvchiga topshiring

Ey Shom ahli! Nahotki, kafilning xoinligini, doʻstning dushmanligini, yetakchining qoʻrqoq va til biriktiruvchi ekanini koʻra-bilishingiz vaqti kelmagan boʻlsa?! Nahotki, buni koʻra-bila turib, koʻchalarga, maydonlarga, masjid va sahnlarga chiqishingiz uchun ham vaqt kelmagan boʻlsa?! Nahotki, kafil davlatlarni fosh etishni va ular bilan aloqalarni uzishni, xoin yetakchilar qoʻlidan yetakchilikni olishni talab qilish vaqti hali ham kelmagan boʻlsa?! Sohil frontini ochishlari uchun guruhlar ichidagi va tashqarisidagi farzandlaringizga bosim oʻtkazishingiz vaqti kelmagan boʻlsa?! Zotan, yetakchilar Sohil frontini tilga olishni butunlay unutishdi, chunki “kafil” Turkiya shuni istadi va shuncha yillar ichida front ochilishiga toʻsqinlik qilib keldi.

Nahotki, siz Shom ahli, Hizb ut-Tahrir aʼzolaridan iborat birodarlaringizga boʻlgan ishonchingizni qayta taʼkidlab olish vaqti yetmagan boʻlsa?! Axir, Hizb aʼzolari sizni ushbu “doʻst” va “kafil”lardan ogohlantirib, yarashuv va vaziyatni yumshatish, degan narsalarning yolgʻonligini fosh etdi-ku. Shuningdek, ularning xalqaro aldov va oʻyinlarni ochib berishga qodir ekanliklari oʻzingizga yaqqol maʼlum boʻldi-ku, qoʻzgʻoloningiz kemasini omonlik sohiliga salomat yetkazishi uchun topshirishga shu yigitlar loyiq ekani oydinlashdi-ku?! Zero, qoʻzgʻolon kemasini sohilga sogʻ omon yetkazish, anavi malay nusayriy rejimni oʻz ini ichkarisida agʻdarib tashlab, oʻrniga Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali Islom boshqaruvini oʻrnatishdan iboratdir. Nahotki, shunday qilmogʻingiz oni kelmagan boʻlsa?!

Roya gazetasining 2019 yil 22 may chorshanba kungi 235-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.