Rossiya Tojikistondagi harbiy bazasini yangi qurollar bilan taʼminlaydi

866
0

Rossiya Tojikistondagi harbiy bazasini yangi qurollar bilan taʼminlaydi

 Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Dushanbega keldi, u bu yerda 28 may kuni Tojikiston rahbariyati bilan respublika qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish va 201-Rossiya harbiy bazasi ishi boʻyicha muzokaralar olib boradi. Bu haqda Rossiya harbiy idorasi matbuot xizmati rahbari “RIA Novosti”ga xabar qildi.

 “Bu masalalarni bugun respublika mudofaa vaziri Mirzo Sherali bilan muhokama qilish rejalashtirilmoqda”, – dedi matbuot xizmati rahbari.

 Rejaga koʻra, Rossiya mudofaa vaziri Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon tomonidan qabul qilinadi, deya qoʻshimcha qilib oʻtdi matbuot kotibi. Uning soʻzlariga koʻra, muzokaralar chogʻida Tojikiston armiyasini modernizatsiya qilish muammolari, shuningdek, respublikada joylashtirilgan Rossiya harbiy bazasining faoliyati bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqiladi.

 “Muzokaralarning asosiy mavzusi – mamlakatda joylashtirilgan Rossiya harbiy bazasini yangi turdagi qurollar bilan taʼminlash, shuningdek, Tojikiston armiyasini modernizatsiya qilish”, – dedi u.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.