Qirgʼiziston OTBdan yana qarz olmoqda

189
0

Qirgʼiziston OTBdan yana qarz olmoqda

Xabar: Osiyo taraqqiyot banki Qirgʼiziston byudjetini qoʼllab-quvvatash uchun 50 million dollar qarz ajratadi. Tegishli kelishuv Jogorku Keneshning Xalqaro ishlar, mudofaa, xavfsizlik va migratsiya qoʼmitasining 31-oktyabr kuni boʼlib oʼtgan yigʼiishida koʼrib chiqildi.
Qoʼmita Qirgʼiziston va Osiyo taraqqiyot banki oʼrtasidagi kredit va grant kelishuvi loyihasini muhokama qildi. Xabar qilinishicha, mablagʼ mamlakatning savdo va sarmoviy sohadagi raqobatbardoshligini oshirish, kichik va oʼrta biznesni rivojlantirish va Botkenni tiklashga yoʼnaltiriladi.
“Osiyo taraqqiyot banki tomonidan byudjetni qoʼllab-quvvatlash uchun ajratiladigan 50 million dollarning 25 million dollari kredit, qolgani grant. 1,3 milliard somi Bala-Saruu GESi qurilishiga yoʼnaltiriladi, bu byudjet krediti. Botkenni barqarorlashtirish uchun 3 milliard som ajratiladi”, – dedi Moliya vaziri oʼrinbosari Ruslan Tatikov.
Maʼlumotlarga koʼra, Qirgʼiziston kreditni 2045-yilda toʼlashi kerak. Dastlabki 8 yil imtiyozli davr hisoblanib, ustama 1 foizni tashkil qiladi. Qolgan davrda 1,5 ustama foiz toʼlanadi.

Izoh: Soʼnggi oʼn oyda qadar qirgʼiz hukumati byudjetni qoʼllab-quvvatlash vaji bilan xalqaro moliyaviy tashkilotlardan umumiy hisobda 180 mln. dollar qarz oldi. OTBdan kelishi kutilayotgan navbatdagi 50 mln. dollar qarz ham qoʼshilsa Qirgʼiziston yanada chuqurroq qarz botqogʼiga botadi.
Prezident boʼlguniga qadar “bir yilda mamlakat iqtisodini oyoqqa turgʼizaman, besh yilda Qirgʼizistonni qarz oluvchi davlatdan qarz beruvchi davlatga aylantiraman” deb katta vaʼdalar bergan Japarov Qirgʼizistonni qarzdan xalos qilish u yoqda tursin, aksincha tobora koʼproq qarz botqogʼiga botirib bormoqda.

Аslida Qirgʼizistonning qarz botqogʼiga botib borishining asosiy sababi mustamlakachi davlatlar tomonidan tuzilgan xalqaro olamiy global boshqaruv tuzumidir. Riboga asoslangan kapitalistik tuzum va uning mustamlakachilik quroli boʼlgan xalqaro moliyaviy tashkilotlar uchinchi dunyo davlatlarini qarzga botirib, qarzdan qutulishlariga hech qachon imkon bermaydi. Bu oʼrinda uchinchi dunyo davlatlarining, shu jumladan, Qirgʼiziston siyosiy doirasining roli korruptsiyaga botib qolganidadir. Bu korruptsiyalashgan sxema ham tashqi mustamlaka davlatlar tomonidan ragʼbatlantirib boriladi. Ularga Qirgʼiziston tobora koʼproq qarzga botib qolishi uchun mazkur qarzlarning bir qismini oʼzlashtirib olish haqida fikrlaydigan korruptsiya botqogʼiga botgan amaldorlar kerak. Xalqaro siyosat vakillari aynan shu haromtomoq siyosiy guruhdan foydalanadi. Chunki bu guruh mamlakat uchun qarz olayotganida “ogʼir sanoatni rivojlantirish uchun, hatto shu kunga kelib sotib yoʼq qilib yuborishgan yirik korxonalarni qayta ishlatish uchun” deb biror marta qarz olgan emas. Qirgʼiziston muammosi xalqaro kapitalistik sistemaning ustimizda turgani va shu sistema tuzgan xalqaro global olamiy siyosatning mavjud ekaniga bogʼliqdir. Moddiy manfaatdan boshqasini hisobga olmaydigan kapitalistik tuzum ustimizda tatbiq qilinar ekan Qirgʼiziston hech qachon qarz yukidan qutula olmaydi.

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.