Qirgʻiziston: “Uchinchi kuchlar” kimlar

507
0

Qirgʻiziston: “Uchinchi kuchlar” kimlar

 Bishkek shahrida 24-may kuni fuqarolik jamiyati tomonidan uyushtirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda MXDQ faoliyatiga baho berish va MXDQdan “Korruptsiyaga qarshi kurash” boʻlimini ajratish taklifi muhokama qilindi. Yigʻilishda asosan nodavlat tashkilotlar, inson huquqlari faollari va fuqarolik jamiyati vakillari qatnashdi.

 Yigʻilish davomida ishtirokchilardan biri gapiryotganlarni “AQSh josuslari” deb atadi. Bunga qarshi advokat Nurbek Toktakunov u kishining oʻzini “FXX (FSB) josusi” dedi va bunday qoʻshimcha qildi: “Qirgʻiziston xavfsizligiga boʻlgan eng katta tahdid bu – Rossiyaning Qirgʻizstonda tayinlagan maxsus odamlari”, – dedi. Har ikkala tomon oʻz soʻzlarining isboti bor ekanligini aytishdi.

https://24.kg/proisshestvija/118584_vbishkeke_kruglyiy_stol_poreforme_gknb_zavershilsya_potasovkoy_/

 Yigʻilishdan maqsad MXDQ reforma qilish boʻlsa-da, biroq mazkur yigʻilishdagi eʼtiborli jihat “AQSh josuslari”, “Rossiya josuslari” degan soʻzlar boʻlib qoldi. Chunki, Qirgʻizistonda oshkora kurash olib borayotgan mustamlakachilar Rossiya va AQSh ekanligi aniq. Biroq, siyosatchilar buni bunday yigʻilishdarda ochiq ayta olmay, “uchinchi kuchlar” deb atab kelishadi.

 Ali Movarounnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.