Nakbaga yetmish bir yil boʻldi

511
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Nakbaga yetmish bir yil boʻldi

Muborak zamin esa, hamon ozodlikka mushtoq!

Islom Ummati har yili oʻn beshinchi mayda yahudiylar tomonidan Falastin bosib olinib, uning pokiza tuprogʻi ustiga ularning jirkanch vujudlari barpo etilgan fojiali kunni esga oladi. Yahudiylar vujudi ibroniy kalendari boʻyicha beshinchi may kuni oʻzining “mustaqillik bayrami”ni nishonladi. Bu vujud prezidenti ayni munosabat bilan ushbu zamindagi barcha yahudiylarni tabrikladi.

Biz shu munosabat bilan muborak Falastin zaminiga hamda uning ustida ayni shu kunlarda uyushtirilayotgan fitnalarga oid haqiqatlarga toʻxtalamiz. Salibchi Gʻarb hamda musulmonlar hukmdorlari yordami bilan uyushtirilayotgan bu fitnalar Falastin masalasini tugatishga va yahudiylar vujudini mustahkamlashga qaratilgan. Biz toʻxtalmoqchi boʻlgan haqiqatlar quyidagilardir:

1 – Ummatga takror-takror kelayotgan bu nakba-fojianing faqat bitta sababi bor. U ham boʻlsa, Ummatning zamini, nomusi va jonini saqlaydigan gʻamxoʻr himoyachining yoʻqligi… Islomni tatbiq qilib, uni butun bashariyatga ezgulik va hidoyat sifatida yetkazadigan, Ummatning barcha moddiy va maʼnaviy boyliklarini himoya qiladigan davlatning yoʻqligidir. Ummat ushbu gʻamxoʻr himoyachini yoʻqotganidagina Falastin va musulmonlarning boshqa yurtlari zoye ketdi.

2 – Falastin ustida til biriktiruv hanuz toʻxtagani yoʻq. Bilʼaks, makkor va nopok niyatlar bilan yangi-yangi fitnalar, fojialar toʻri toʻqilmoqda. Bu yangi toʻr birinchi Sayks-Piko va Balьfur deklaratsiyalaridan boshlandi, keyinchalik Kemp-Devid, Oslo va Vodiy Araba deklaratsiyalari imzolandi hamda inglizlar Falastinni bosib olib, uning muborak zaminiga yahudiylarni olib kelishdi. Shu bilan asr kelishuviga zamin yaratildi. Darhaqiqat, bir necha kun oldin Oq uy bosh maslahatchisi Kushner asr kelishuvini Ramazon oyidan keyin eʼlon qilajagini maʼlum qildi. Matbuot ayni til biriktiruv bilan bogʻliq ayrim masalalarni sizdirdi. Masalan, “Maan” axborot agentligi 2019 yil 7 may kuni yahudiylarning hukumatga yaqin ayrim gazetalaridan iqtibos keltiradi. Unga koʻra, katta manzilgohlar quruvchi guruhlar, bosqinchi yahudiylar yashovchi yerlarga qoʻshilish va u yerga (v) mintaqalaridan katta maydonni qoʻshib, bitta guruhga aylanish maqsadida qurilish ishlarini kengaytirgan. Shuningdek, iqtibosda tashqi chegaralar xavfsizligi yahudiylar qoʻlida boʻlishi uchun yahudiy armiyasining Iordaniya vodiysiga kirgani aytiladi. Misr esa, Gʻazodagi qarshilik harakati kuchlarini boʻlib-parchalash amaliyotiga yetakchilik qildi. Bundan baʼzi bir ishlarni amalga oshirish, jumladan, Gʻazoga yaqin Sinay mintaqalarida sanoat, tijorat va port mintaqalarini barpo etish koʻzlangan. Bu bilan Falastinning ichki va tashqi xavfsizligi yahudiylar masʼuliyati ostida boʻladi, Falastindagi yangi hukumat esa, yahudiylarga ayni mudofaalari uchun badal toʻlaydi. Gazetalarda Quddus va unga qanday hukmronlik qilish bilan bogʻliq iqtiboslar ham oʻrin olgan.

3 – Yahudiylar Falastin zaminini bosib olishgan va bu sharʼiy haqiqat boʻlib, aslo oʻzgarmaydi. Yahudiylar xalqaro qoʻllab-quvvatlov orqali imzolagan har bir shartnoma, musulmonlar hukmdorlari yordami bilan amalga oshmoqda. Bu hukmdorlar musulmonlarni tamsil etishmaydi, musulmonlar ham ularga rozi boʻlmaydilar. Darhaqiqat, musulmonlar yahudiylar yovuzligidan, Falastinni zoye ketkazishlaridan qutulish uchun koʻp marta qoʻzgʻolon qildilar. Bu haqda yahudiylar vujudi bosh vaziri 2017 yil 22 noyabrda Kemp-Devid shartnomasi imzolanganiga qirq yil toʻlganligi (1978) munosabati bilan oʻtkazilgan yahudiylar knesseti oldida ochiq-oydin gapirdi: “Tinchlikni kengaytirish oldida katta toʻsiq bor, bu atrofimizdagi xalqaro rahbarlarga emas, balki arab koʻchalaridagi afkori ommaga borib taqaluvchi toʻsiqdir. Arab koʻchalari uzoq yillar mobaynida miyani yuvish amaliyotiga duch keldi.  Notoʻgʻri tasavvurga ega boʻlgan va Isroil davlatiga qarshi boʻlgan arab koʻchalarini bunday tasavvurdan ozod qilish, Isroilni asl koʻrinishini namoyon etish oson boʻlmaydi”.

Agar Ummatning Falastinni ozod etish uchun jihod qilishiga qoʻyib berilsa, uning millionlab farzandlarini Quddus darvozalari oldida takbiru tahlillar bilan hayqirib, Falastin ozodligini talab qilishlariga guvoh boʻlish mumkin. Bu haqda 2011 yilda yahudiy ravvinlaridan biri Telь-Aviv va bosib olingan Quddusdagi diniy oʻquv yurtlarida talabalar bilan uchrashuvi chogʻida bunday degandi: “Men sizlarga bunday savol bersam, nima javob qilardingiz: agar millionlab musulmon Isroilga bostirib kelsa nima qila olamiz?! Tabiiyki, atrofimizda arab mintaqasida bir yarim milliard musulmon yashayapti, koʻrib turibsiz, Isroil armiyasining yarim milliondan kam odamni ham bostirish qoʻlidan kelmayapti. Xoʻsh, u holda nima qilamiz?!

4 – Ha, Gʻarb yahudiylar vujudini islomiy olam markazida boʻlishini hamda oʻzining Islomga va uning hayot maydoniga qaytishiga qarshi urushida oldingi liniyada turishini istadi. Bu vujudni paydo qilishga Xalifalik agʻdarilgandan keyin zamin tayyorladi va 1948 yil davlat sifatida tiklashga muvaffaq boʻldi.

5 – Aqso va uning atrofidagi yerlar shuncha vaqt bosqinchilik ostida qolgani Islom Ummatining yorugʻ kunlar va nusrat sari qoʻzgʻalishi uchun xushxabar vazifasini oʻtab keldi. Salibchilar yer yuzida buzgʻunchilik qilib, koʻplab musulmon yurtlarini bosib olishdi. Aqsoni va uning muborak zaminini bosib olishganda Ummat yordamga otlandi, qanday musibatlarga duch kelganiga koʻzini kattaroq ochib qaradi va buning sabablarini oʻrgandi. Oʻsha paytdagi ulamolar Ummatga bunday yoʻl koʻrsatishdi: Ummatning depressiya va zaiflashishiga, uning boʻlingani va dinidan uzoqlashgani, (fotimiylar singari) baʼzi hukmdorlarining Aqso zamini va masjidiga xiyonat qilishgani sabab boʻldi. Xochga choʻqinuvchilar Aqso va uning muborak zaminini bosib olishgani ham, ularni tor-mor etilishlariga sabab boʻldi, Ummatning qayta kuch-qudratga toʻlishi va charogʻon tarixiga qaytishiga olib keldi. Ummat safidan Oli Zangiy, Salohiddin Ayyubiylar yetishib chiqib, Misr va Shomda Ummatni Islom bayrogʻi ostiga birlashtirdilar. Bu salibchilar bilan toʻqnashishga tayyorgarlik boʻldi. Ikki yuz yil musulmonlarning aksar yerlari bosqinchilik ostida turgandan soʻng hamda toʻqson bir yil Aqsoda azon ham aytilmay, namoz ham oʻqilmagan holda bosqinchilik ostida qolishi ortidan Hittin jangi boʻldi. Xuddi shunday ish moʻgʻullar davrida ham yuz berdi. Oʻshanda moʻgʻullar bosqinchiligi musulmonlarning Falastin zaminini yana bir karra birlashtirishlariga sabab boʻldi… Ular mamluklar qoʻmondonligi ostida yurish qilib, butun danyodagi musulmonlar orasiga ommatan buzgʻunchilik solgan moʻgʻullarni yoʻq qilishga muvaffaq boʻldilar.

6 – Islom Ummati jonli ummatdir. Sisiy, Sabsiy, Saudlar hukmdorlari va Koʻrfaz amirlari sifatlaganidek Ummat emas. Chunki u salibchilar va moʻgʻullar ustidan nusrat quchdi, salibchilarning Ispaniya yurtlaridagi hujumlarini buyuk sarkarda Yusuf ibn Tashfin amirligi ostida tor-mor etdi. Shuningdek, Ummat Xalifalik agʻdarilgandan soʻng mustamlakachilikka qarshi ilk bor qoʻzgʻaldi va yerlaridan uni chiqarib tashladi. Hukmdorlari Ummatni dinidan uzoqlashtirishgani va Falastinni zoye ketkazishgani sababli, shuningdek, Iroq va Afgʻonistonga qarshi salibchilar bilan ittifoqchi boʻlishlari oqibatida ularga qarshi koʻp marta qoʻzgʻolon qildi. Ummat hukmdorlarga qarshi koʻtarilmoqda… Zulm, xoʻrlik, mustamlakachilarga tobelik, qashshoqlik, boʻlinish va millatlarga qaram boʻlishdan ozod boʻlish uchun hamon, hatto shu lahzada ham qoʻzgʻolon qilmoqda. Bu esa, uning Parvardigori aytgan ushbu kalomning tasdiqidir:

كُنتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ وَتُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَلَوْ آمَنَ أَهْلُ الْكِتَابِ لَكَانَ خَيْراً لَّهُم مِّنْهُمُ الْمُؤْمِنُونَ وَأَكْثَرُهُمُ الْفَاسِقُونَ

“Insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat boʻldingiz, maʼrufga buyurib, munkardan qaytarasiz va Allohga imon keltirasiz, agar ahli kitoblar imon keltirishganda edi, oʻzlari uchun yaxshi boʻlur edi, ular orasida moʻminlari ham bor, (ammo) aksarlari fosiqlardir” [Oli Imron 110]

Shuningdek, Rosululloh ﷺning ushbu soʻzlarining ham tasdiqidir:

“مَثَلُ أُمَّتِي كَمَثَلِ الْغَيْث لَا يَدْرِي أَوَّلُهُ خَيْرٌ أَوْ آخِرُهُ”

“Mening Ummatim misoli yomgʻirga oʻxshaydi. Uning boshlanishi yaxshimi, yoki oxirimi bilib boʻlmaydi”. (Imom Ahmad Oʻzining “Musnad”ida rivoyat qilgan).

Soʻzimiz nihoyasida ushbu alamli xotira munosabati bilan bunday deymiz: Aqsoning bosib olinishi, Ummatga ikki marta (salibchilar va moʻgʻullar davrida) kuch-qudratini qaytargan edi. Endi, yana bu safar ham Ummat kuch-qudratini qaytaradi va xuddi fotimiylar zamonida Aqsoga xiyonat qilgan hukmdorlarni agʻdargani kabi, bugungi kunda qoʻzgʻalib, xoin hukmdorlarni ham, Allohning izni ila, albatta agʻdarib tashlaydi. Gʻarb Ummatga, xususan Aqsoga qarshi makr qilgan ekan, Alloh Azza va Jallaning irodasi ila, bu makri Allohning mana shu hukmdorlarga makr qilishiga sabab boʻladi. Ana shunda Ummat qaytadan hukmdorlarning Falastinni zoye ketkazish ustida qilishayotgan til biriktiruvlarini chippakka chiqaradi. Yahudiylar Ummatni dinidan uzoqlashtirishga urinishayotgan ekan, bu urinishlari uning oʻz kuch-qudrati va birligini qayta tiklashiga sabab boʻladi.

Ushbu muborak oyda turgan ekanmiz, Alloh Taologa duo qilib, bizni Islom Xalifaligi va Islom bayrogʻi soyasi ostida barchamizga marhamat qilishini, ushbu Ramazonni kuch-qudrat va nusratlar bilan yaxshilik darvozalariga ochqich qilishini soʻraymiz.

Roya gazetasining 2019 yil 15 may chorshanba kungi 234-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.