Tunisdagi rejim yurtni mustamlakachilar mandati ostiga kiritib qoʻydi

464
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Tunisdagi rejim yurtni mustamlakachilar mandati ostiga kiritib qoʻydi

Ustoz Muhammadnosir Shuvayxa

Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot boʻlimi raisi

Kecha bilan bugun bir-biriga oʻxshash boʻlib qoldi. Tunisning bugungi ahvoli ham kechagisidan farq qilmayapti. 19 asrdagi mustamlakachi davlatlar Tunis ishiga burun suqib, oʻsha vaqtdagi Tunis boylari (davlat rahbarlari) ajnabiy konsulliklar amri ostida qolgan edi. Bir tomondan Frantsiya, ikkinchi tomondan Britaniya, yana bir tomondan Italiya konsulligi Tunisning boylari va vazirlarini boʻlishib olib, qiladigan ishlarini belgilab berib turishdi va qanday siyosat yurgizishni oʻrgatishdi… Oqibatda, yurt boʻgʻzigacha mustamlakachi davlatlarga qarz boʻldi. Tunis moliyaviy “komissiya”si Frantsiya, Britaniya va Italiya nazorati ostiga oʻtdi… Va nihoyat, 1881 yilgi bosqinchilik yuz berdi.

Xoʻsh, bugunchi?! Bugun ham mustamlakachi davlatlar (Britaniya, Amerika va Frantsiya) rasmiylarining Tunisdan deyarli oyoqlari uzilmayapti, biri ketsa, ikkinchisi kelyapti… Britan elchisining yurtning har yerida koʻrinishi odatiy holga aylandi… Uni dam poytaxt mahallalarida yoshlarning Internet radiosi ochilishi marosimida koʻrsak, dam Tunis shimolidagi bir shaharchada “namunaviy xavfsizlik” markazi ochilishi marosimida koʻryapmiz yoki yurt janubidagi Safoqis shahrida neft va gaz qazib olish uchastkalarini borib koʻrayotganiga yoxud Tatovin shaharchasida jamiyat vakillari bilan uchrashayotganiga guvoh boʻlyapmiz. AQSh elchisi ham maydondan panada qolmadi. U joriy yil yanvarda elchilik lavozimiga yangi tayinlangandan beri, rasmiylar bilan uchrashgani uchrashgan. Keyin yurtning chor atrofiga safar boshladi: Madanin shahriga borib, korruptsiyaga qarshi kurash qoʻmitasining mahalliy boʻlimini ochilishida qatnashdi. Keyin janubdagi Qibilliy shahriga oʻtib, u yerdagi shahar meriyasiga bordi. Soʻng janubiy gʻarbdagi bir shaharga oʻtib, “anʼanaviy sanoat maktabi”ni borib koʻrdi. Frantsiya elchisining ham, turli-tuman libosda bormagan yeri qolmadi, tunisliklar orasida shov-shuv boʻlib qoldi.

Ha, Tunis oyoq-osti qilindi va mustamlakachilar tomorqasiga aylandi. Ularning elchilari yurtni xuddi hukmdorlari va qaror egalari misol kezishmoqda. Kezish asnosida yordam koʻrsatish, bitimlar imzolash, bitimlar davom etishi uchun qayta-qayta kezish… bilan band. Tunis hukmdorlariga kelsak, ular bu elchilarning kelishiga darvozalarni lang ochib berib, xavfsizliklarini taʼminlash bilan mashgʻul. Bu mustamlakachi davlatlar, xususan, Britaniya tunislik hukmdorlar bilan rejalar, loyihalar va ijrolar xususida yurt siyosatiga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashish huquqini taʼminlovchi bitimlar imzolab olishgan. Britaniya Tunis bilan hassos-nozik masalalar boʻyicha strategik kelishuv imzoladi. Masalan, Bosh vazir manfaatlarini qayta koʻrib chiqdi hamda Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, yuqori Taʼlim vazirligi va Mudofaa vazirligi bilan xavfsizlik hamda Inson huquqlari boʻyicha strategik hamkorlik bitimini imzoladi. Bularning barchasi Britaniyaning davlat boʻgʻinlariga kirib borishini hamda rejalar, loyihalar va ijrolar boʻyicha qoʻli yana-da uzayishini taʼminlayapti.

Amerika ham maydondan chetda qolmadi. Tunisni majburan NATO aʼzoligiga nomzod davlatga aylantirdi… yurtda razvedka byurolari ochib, ularni mintaqada josuslik qiluvchi bazaga hamda butun Shimoliy Afrikani diqqat bilan kuzatuvchi nuqtaga aylantirdi. Tunis hukmdorlari yordami bilan Amerika Bizirta shahridagi Sidi Ahmad bazasida harbiy aerodrom ochib, u yerdan uchuvchisiz boshqariladigan samolyotlar uchiryapti va shu orqali Jazoir va Liviyani kuzatib turish imkoniyatiga ega boʻlyapti.

Iqtisodiy jihatga kelsak, yevropalik va amerikalik “doʻstlar nasihati” yurtni halokatli qarzlar botqogʻiga gʻarq qildi. Tunis mablagʻlarini Xalqaro Valyuta Fondi bilan Jahon Banki missiyalarining har qachongidan kuchli kuzatuvi va har qachongidan shafqatsiz shartlari ostiga kiritdi… Qarorlar mana shu missiyalarni doimo navbatma-navbat kuzatuvchi, tekshiruvchi, keyin buyruq beruvchi missiyalarga aylantirdi. Bu esa, yurtni boshqarish ekspertlar qoʻlida emas, balki mana shu ikki xalqaro tashkilotning nopok kimsalari qoʻlida qolganini, ular xalq gʻazabi va norozilik chiqishlariga qaramay, qaror-buyruqlar chiqarishayotganini anglatadi. Ikkala xalqaro tashkilot yaqinda Vashingtonda “Bahor uchrashuvi” nomli uchrashuv oʻtkazdi, bu uchrashuvdan sizib chiqqan yangi xabarlar boʻlsa, juda yovuz narsalardan ogohlantirmoqda… Chunki Jahon Banki elektr kompaniyasidan “norozi”. Bu esa, Jahon Bankining yaqinda elektr shirkatiga hukmron boʻlajagini va keng qamrovli va chuqur shartnoma borasidagi Yevropa Ittifoqi bilan olib borayotgan muzokaralarini yakuniy bosqichiga keltirganini anglatadi. Holbuki, ekspertlar bu shartnomadan ogohlantirishdi hamda Tunisni, uning floti va aholisini yevropaliklar “marhamati”ga qaram qilib qoʻyuvchi shartnoma ekanini bildirishdi!

Xullas kalom, Tunis hokimiyatidagi mulozimlar yurtni toʻla mustamlakachilar mandati ostiga kiritib qoʻyishdi. Masalan:

Vakillar palatasi roli xalqaro kuchlar qabul qilayotgan qarorlar uchun zarur qonunlar ishlab chiqishdan iborat. Hukumat esa, mustamlakachilar talabini bajarishdan boshqa rolni bilmaydi. Biror hukumat Gʻarb siyosatlarini bajarish va manfaatlarini taʼminlashga ojizlik qilib qolsa, zarur qarorlar qabul qilish uchun uni almashtirishadi. Almashtirishlarini “hukumatning oʻz masʼuliyatini bajarolmay qolgani, natijada sanoat kompaniyalari va neft konlarining ishlamay qolib, fosfat ishlab chiqarishining toʻxtab qolgani, oʻz navbatida, bu ulkan “islohotlar” ijrosini toʻxtatib qoʻygani” kabi daʼvolar bilan izohlashadi. Demakki, Tunisdagi har qanday hukumatning vazifasi yurt ahlini sansalorlik siyosatidan qutqarish emas. Aksincha, uning vazifasi mustamlakachi davlatlar kompaniyalarini qutqarish va konlardan fosfat qazib olinishini qayta yoʻlga qoʻyish bilan ularning talon-toroj ishlarini taʼminlash hamda yurt boyliklaridan oʻz haqqini talab qilib chiqqanlarni bostirishdan iborat. Shu kunlarda biz “Evropa Ittifoqi bilan chuqur hamkorlik qilish” boʻyicha shartnoma tamomlanayotgani toʻgʻrisidagi xabarlarni tinmay eshitib turibmiz. Bu noming oʻchkur shartnoma esa, yevropaliklarga Tunis floti va xizmat koʻrsatish sektorlarini toʻla nazoratlariga olish imkonini beradi. Darhaqiqat, Bosh vazir 2018 yil aprelda qilgan Yevropa safari chogʻida Tunisning ayni shartnomaga 2019 yilda imzo chekajagiga vaʼda bergan. Bu shartnomani amalga oshirish bilan bogʻliq “milliy maslahat” 2019 yil 29 aprelda boshlanajagini taʼkidlab, goʻyo hukumat bu hamkorlik qaroriga maslahatsiz aslo imzo chekmasligini daʼvo qilgan.

Tunis krizisi uning hokimiyat rahbarlaridir. Hukumat darajasida ham, muxolafat darajasida ham krizis shularning oʻzi. Bunga sabab, ularning hammasi Gʻarbga qullik qilish mafkurasi bilan tarbiyalanishdi va Gʻarbga ishqi tushgan oshiqlarga aylanishdi. Gʻarbni oʻzlariga namuna va oʻlchov qilib olib, uning ostonasiga yotib olishdi, quchogʻiga oʻzlarini otishdi. Ummatlaridan begonalashib, Allohning Kitobi va Rosuli ﷺning sunnatlaridan yuz oʻgirishdi, qonunlarning Alloh Taolo tomonidan boʻlishiga rozi boʻlishmadi, balki, Gʻarb qonunlarini oʻzlariga manhaj va yoʻl qilib olishdi. Ana, prezidentlari Qoid Sabsiy, bizga Qurʼoni Karimning aloqasi yoʻq, degan mazmundagi bayonotlarni berishda davom etyapti. “Obama Tunis haqida soʻzlaganda AQSh kongressi bunga qarsak chaldi, bu esa, bizning toʻgʻri yoʻlda ekanimizni va bu yoʻldan aslo chetga chiqmasligimizni anglatadi”, degan edi. (Boji Qoid Sabsiy 2011 yil mart). Boji Tunisdagi qoʻzgʻolondan soʻng yurtga muvaqqat bosh vazir boʻlgan kuni shunday soʻzlarni aytgan. Bu soʻzlardan tunislik siyosatchilar qanday fikr yuritishi koʻrinyapti. Yaʼni, ularning tashvishi kapitalistik Gʻarb davlatlari mutasaddiligisiz birorta ham siyosat qabul qilmaslik va bir qadam ham tashlamaslikdan hamda Gʻarb davlatlaridagi qaror egalariga bir-birlari bilan kimoʻzarga qulluq qilishdan iborat. Shuningdek, bu partiyalar qoʻlida faqat bitta loyiha – Yevropa yoki Amerikaning Tunisni qoʻllab-quvvatlashini kafolatlash imkonini beruvchi loyiha bor. Bu imkoniyat mustamlakachi Gʻarb davlatlaridagi qaror egalari manfaatini kafolatlash imkoniyati, deganini anglatadi.

Boji va uning atrofidagi rasmiy doira yurayotgan “toʻgʻri yoʻl” mana shu. Bu xorlik va sharmandalik yoʻlidir, dushmandan najot soʻrash tariqatidir. Bu yoʻl bugun Tunisni halokat yoqasiga olib keldi. Tunis dushmanlarni rozi qilish uchun oʻz dinidan voz kechgan, mamlakat turli xil boyliklarga toʻla boʻla turib, oʻz ahlini och qoldirgan, yurtini dushmanga tobe qilgan, anavi hukmdorlar qoʻli bilan yurt boyliklarini mustamlakachi kompaniyalarga talatib qoʻygan manfur bir davlat boʻlib qoldi!!

Tunisdagi vaziyat mana shu. Biroq Tunis ahli butun siyosiy sinfning (hukumat, muxolafat va tashkilotlar darajasida) xoin sinf ekanini anglab yetdilar va hatto undan yuz oʻgirib, ularga qaytib ishonmaydigan boʻldilar. Bugun ular xolis rostgoʻy ongli bir yetakchilikni qidirmoqdalar. Hizb ut-Tahrirga, uning yetakchiligi va loyihasiga koʻz tika boshladilar. Oldinda bir ish qoldi, xolos. U ham boʻlsa, Oʻz egnilaridan bunday siyosiy sinf chang-gʻuborini qoqib tashlab, ularni ildizi bilan qoʻporib tashlash uchun hamda ular bilan qoʻshib, mustamlakachi Gʻarb nufuzini ham yurtdan supurib tashlash uchun jamiyatdagi kuch-qudrat ahli tomonidan daʼvatning qabul qilinishidir.

Roya gazetasining 2019 yil 15 may chorshanba kungi 234-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.