Ey Yaman ahli! Dushmaningizga ishonmang, uning malaylariga itoat qilmang

447
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ey Yaman ahli! Dushmaningizga ishonmang, uning malaylariga itoat qilmang

Ustoz Shoyif Sharodiy – Yaman

Husiylar oʻzlarining siyosiy nayranglarida doim Amerikaning BMT orqali qoʻllab-quvvatlashiga umid bogʻlab kelishadi. BMT esa, aslida, nasroniy Yevropa davlatlari tashkil qilgan nasroniy tashkilot. Boshida uni Nasroniy Millatlar Ligasi, deb atashgan. Soʻng barcha davlatlarni, shu jumladan, yolgʻon va boʻhton bilan “islomiy”, deb atalgan kapitalistik davlatlarni ham oʻz ichiga olishi uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti nomini oldi. Aslida esa, musulmonlarning faqat bitta, islomiy roshid Xalifalik davlati bor, xolos. Biroq, u bugungi kunda hayot maydonida mavjud emas va shu bois musulmonlar ustidan hukmronlik qilayotgan kapitalistik rejimlarni agʻdarib, ularning xarobalari uzra ushbu roshid davlatlarini qayta tiklashlari lozim.

Bugun BMT tarkibida eng kuchli nufuzli davlat Amerika boʻlgani uchun Husiylar oʻzlarining qonuniy, deb tan olinishida hamda siyosiy nayranglari va Hadida shahrida kuchlar joylashuvini qayta tartiblashtirish bandlariga zid boʻlgan ishlari ahamiyatsiz qoldirilishida shu davlatga umid bogʻlashmoqda.

Ular biror tuzoqqa tushsa yoki tushishlariga yaqin qolsa, doim Amerika qutqarishga urinmoqda. Masalan, Britaniya tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi Birlashgan Arab Amirliklari kuchlari va ularning tarafdorlari oʻtgan yili, aniqrogʻi hijriy 1439 yil shavvol oyida Hadidada ulkan yutuqlarga erishib, Husiylarni boʻgʻzidan oldi. Yaʼni, Husiylarning Hadidadagi rollariga nuqta qoʻyishga bir baxya qolganda Amerika zudlik bilan bor kuchini ishga solib, ularni qutqardi. Amerikaning mutakabbirligi shu darajaga yetdiki, kurashayotgan ikki tomonni Shved konventsiyasiga amal qilishga majburan boʻysundirdi. Maʼlumki, konventsiyaning Hadida shahrida kuchlar joylashuvini qayta tartiblashtirish toʻgʻrisidagi bandida kurashayotgan ikki tomonning Hadidadan chiqib ketishlari va shaharni mahalliy kuchlarga topshirib, portlaridagi maʼmuriy rolni BMTga berishlari koʻrsatilgan. Biroq Amerikaning qoʻllab-quvvatlashi, Husiylarni shaharni topshirishni paysalga soladigan qilib qoʻydi… Keyinchalik Husiylar shaharni oʻzlariga qarashli sohil soqchilariga topshirishdi… Hatto “Husiy jangarilari Hadidani Allohning ansorlariga topshirdi”, deb hisoblaydiganlar ham topildi. Mana, bugun ommaviy axborot vositalarida ularning Hadidadan chiqib ketishi toʻgʻrisida shuncha shov-shuv qilinayotganiga parvo ham qilmay, ular ayni oʻsha stsenariyni takrorlashmoqda.

Shuni eslatmoq lozimki, Husiylar Hadida portini hech bir tomonga topshirishmaydi, faqat oʻzlariga qarashli tomon boʻlsagina topshirishlari mumkin. Chunki bu shaharni Husiylarning nafas oluvchi oʻpkasi, deyish mumkin, shu shahardan ular oʻzlariga katta pul qilishyapti… shahar qoʻldan chiqadigan boʻlsa, nafas ololmay, butunlay boʻgʻilib qolishadi, Yamandagi kuchlari zaiflashadi, eng kamida yiqilishadi. Bu esa, faqat bir narsani, Amerikaning Yamandagi nufuzining zaiflashishini va rejalari barbod boʻlishini anglatadi. Amerika bunday boʻlishiga mutlaqo yoʻl qoʻymaydi. Biroq Amerika oʻzining badboʻy kapitalistik rejimi keltirib chiqargan muammo va krizislar girdobida qolib, tutgan yoʻlidan ozib, baʼzi yoki barcha malaylaridan ajralishi ham mumkin… Angliya esa, fursatdan foydalanib, barcha tarqoq kuchlarini jamlab olishi, malaylari safini birlashtirib, Amerika rejalarini barbod etish va malaylarini yoʻq qilish orqali Yamandagi oʻzining koʻhna nufuzini qayta tiklab olishi mumkin. Biroq bu ehtimol, xolos.

Ammo Yaman ahli anglab yetishi kerak boʻlgan haqiqat shuki, Hadida shahri Husiylarda qolsa ham, BMTga qarashli kuchlarga oʻtsa ham yoki butbarast Amr ibn Luhayning loyihasini jonlantirishga hamda Arab yarim orolida butparastlikni qayta tiklashga urinayotgan behayo Amirliklarga oʻtsa ham, mudom u yerda asl nufuz egalari mavjud ekan, bularning birortasi hech qachon Yaman va uning ahliga yaxshilik keltirmaydi. Zero, Amerika boʻladimi, Britaniya boʻladimi yoki ulardan boshqa davlatlar boʻladimi, farqsiz, Yamandagi asl nufuz egalari mustamlakachi kofir davlatlardir.

Yaman ichkarisida kurashayotgan tomonlardan Yaman ahliga hargiz yaxshilik yoʻq. Ular hokimiyat, boylik va nufuz talashib, bir-birlariga qarshi kurashayotgan boʻlsalar-da, biroq ikkala tomon ham asosan quyidagi ikki narsada bir-birlariga aslo qarshi chiqishmaydi, ularga qattiq amal qilishadi:

Birinchi: Mustamlakachi Gʻarb davlatlari rejasini bajarish hamda davlat va jamiyatning barcha boʻgʻinlarida Gʻarbning iflos kapitalistik qonunlari asosida hukm yuritish;

Ikkinchi: “Terrorizmga qarshi kurash”, degan yolgʻon dastak ostida siyosiy Islomga qarshi muqarrar kurash olib borish, ikkinchi roshid Xalifalik tuzumining qayta kelishini oldini olishda ikkala tomon ham jonbozlik koʻrsatishi. Chunki ular biladiki, Xalifalik tuzumi Islom va musulmonlarning, shu jumladan, Yaman ahlining kuch-qudratga erishish orqali haqiqiy uygʻonishi-rivojlanishiga kafildir hamda Yaman ahli deyarli ikki asrdan buyon olovida jizgʻinak boʻlayotgan gʻarbcha buzgʻunchi tsivilizatsiyani vayron etishga qodirdir.

Biz Hizb ut-Tahrir aʼzolari bir narsani doim takror aytib kelganmiz va takrorlashda davom etamiz, chunki uning toʻgʻriligiga toʻliq qanoatlanganmiz: Barcha musulmonlar qatori, Yaman ahlining qutulish yoʻli, musulmonlar ustida hukm yuritayotgan kapitalistik rejimlarni agʻdarib, ularning xarobalari uzra Islom boshqaruvini barpo etishdan iborat. Chunki Islom inson, borliq va hayotni yaratgan Allohning tuzumidir. Bu tuzum insonning barcha muammolarini shunday diqqat bilan hal etadiki, bu narsa uning baxtli va xotirjam boʻlishiga, uzviy ehtiyojlarining toʻgʻri qondirilishiga olib boradi, badbaxt hayotdan qutqaradi. Ahkomlari Alloh tomonidan tuzib berilgan roshid Xalifalik davlati hayot maydonida va barcha sohalarida islomiy boshqaruvni taʼminlovchi amaliy yoʻldir.

Ey Yaman ahli, kofir dushmanlaringiz yechimiga ishonmang va ularning malay hukmdorlariga itoat qilmang. Zimmangizda quyidagi vazifalar turibdi:

1 – Haqiqiy siyosiy ong bilan qurollanishingiz kerak. Bu ong loyihasini Hizb ut-Tahrir chizib bergan boʻlib, Hizb sizni dushmaningiz fitnasidan saqlaydi;

2 – Robbingiz rozi boʻladigan haqiqiy pozitsiyani egallashingiz lozim. Ogoh boʻlingki, bu Yaman ichkarisidagi ikkala kurashayotgan tomonlardan voz kechish pozitsiyasidir;

3 – Hizb ut-Tahrirdagi ogʻa-inilaringiz bilan birga harakat qilib, uning ortidan safga tizilishingiz zarur. Chunki Hizb siz va Ummatingizga yaxshilikni istayotgan xolis ongli siyosiy yetakchilikdir. Bu yaxshilikka Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkichi roshid Xalifaliksiz yetib boʻlmaydi. Roshid Xalifalik davlatigina muammolaringizni hal qiladi va sizni barcha krizislardan qutqarib, insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat darajasiga qayta koʻtaradi. Bas, shunday ekan, Robbingiz shariatini hokim qilishga shoshiling va dinsiz kapitalistik boshqaruvga rozi boʻlmang. Alloh Taolo bunday dedi:

أَفَحُكْمَ الْجَاهِلِيَّةِ يَبْغُونَ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنَ اللَّهِ حُكْمًا لِّقَوْمٍ يُوقِنُونَ

“Dinsizlik hukmron boʻlishini istaydilarmi?!, imonlari komil boʻlgan qavm uchun Allohdan ham goʻzalroq hukm qilguvchi kim bor?!”   [Moida 50]

Roya gazetasining 2019 yil 15 may chorshanba kungi 234-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.