Jazoir rejimi kundan-kunga alanga olayotgan xalq gʻazabidan esankirab qoldi va barcha gumashtalarni quvib solmoqda

581
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Jazoir rejimi kundan-kunga alanga olayotgan xalq gʻazabidan esankirab qoldi va barcha gumashtalarni quvib solmoqda

Ustoz Solih Abdurrohim – Jazoir

Maʼlumki, Jazoirdagi voqea-hodisalar rivoji tezlashib ketdi. Butun Jazoirni larzaga solgan kuchli xalq toʻlqini, soʻnggi paytlarda oʻxshashi yoʻq tusga kirdi. Darhaqiqat, oʻsha juma kundan keyin qoʻzgʻolon yurtning turli shaharlarida hokimiyat oʻzgarishini talab qiluvchi ommaviy yurishlarga aylanib ketdi. Maydonda nafaqat har kuni, balki har soat paydo boʻlayotgan yangi hodisalar, yurtda kechayotgan ishlarning asl mohiyati haqida koʻplab tahlillarni oʻrtaga chiqaradigan boʻlib qoldi.

Ayni oʻzgarishlarning yaqindagisi Jazoiriya axborot agentligi 2019 yil 16 aprel seshanba kuni tarqatgan xabardir. Xabarda Mudofaa vaziri oʻrinbosari, armiya Bosh shtab boshligʻi general leytenant Ahmad Qoyid Solih Varqla shahrida qilgan murojaatida donolik va sabrlilik uslubini tutishga chaqirdi. Chunki oʻtish davri boshlanishi barobarida yuzaga kelgan bugungi vaziyat, alohida va chigal vaziyat hisoblanadi, dedi. Armiyaning bu bosqichda xalqaro muassasalar hamkorligiga amal qilmogʻi kerakligini, oldinda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan barcha narsalar ochiq koʻrinib qolganini, bu ortiqcha kechiktirishni koʻtarmaydigan vaziyat ekanini taʼkidladi! Shuningdek, yurtdagi ayni krizisni eng yaqin vaqtda hal etish uchun tanlash kerak boʻlgan barcha variantlar muhayyo ekanini, vatandoshlarni – ayniqsa, namoyishlar chogʻida – mudofaa qilish uchun uning tomonidan aniq-tiniq koʻrsatmalar berilganini ham taʼkidladi! Ahmad Qoyidning bu bayonoti konstitutsiyaviy kengash raisi Toyib Bilaiz isteʼfo bergan kun yangradi. Maʼlumki, Bilaizning isteʼfosi namoyishchilar Buteflika atrofidagi barcha gumashtalarning hokimiyatdan ketishini talab qilib, qattiq bosim qilishlari natijasida yuz berdi. Keyin uning oʻrniga zudlik bilan 2016 yildan beri konstitutsiviy kengash aʼzosi boʻlib kelgan Kamol Vinsh tayinlandi. Darhaqiqat, bu voqea-hodisalar 2019 yil 9 aprel kuni Milliy Kengash raisi Abdulqodir ibn Solihning prezidentlik sayloviga qadar yurt prezidentligini vaqtinchalik qabul qilib olishi ortidan maydonga chiqdi. Prezidentlik saylovini esa, agar ishlar konstitutsiya talablariga muvofiq ketsa va nazoratdan chiqib ketmasa, 2019 yil 4 iyulda oʻtkazilishi umid qilinmoqda!! Maʼlumki, siyosiy muxolafat partiyalari va namoyish harakatlari bu saylovni hozirdan boshlab boykot qilishlarini eʼlon qilishdi. Bu yerda diqqatni jalb qiladigani shundaki, armiya Bosh shtab boshligʻi Qoyid Solih toʻgʻridan-toʻgʻri sobiq Razvedka xizmati raisi general Tavfiqqa hujum qilib, uni shubhali siyosiy doiralar bilan yashirincha til biriktirganlikda, tashviqot olib borib, yurtdagi krizisni alanga olishiga sabab boʻlganlikda aybladi. Murojaatida u bunday dedi: “Men xalq talablariga qarshi til biriktirish va Xalq Milliy armiyasining krizisni bartaraf qilish yoʻlidagi saʼy-harakatlariga toʻsqinlik qilish maqsadida oʻtkazilgan yashirincha shubhali uchrashuvlar boʻlayotgani haqida 30 mart kuni aytib oʻtgandim. Biroq shunga qaramay, baʼzi partiyalar, sobiq Razvedka xizmati raisi boshchiligida oʻsha uchrashuvlarda qatnashganini inkor etishga, jamoatchilik fikrini chalgʻitishga urinyapti. Vaholanki, qoʻlimizda bunday gʻarazli voqealarni isbotlovchi qatʼiy dalillar bor. Shunga binoan, men bu shaxsga oxirgi marta ogohlantirish beryapman! Yana shunday xatti-harakatlarini davom ettiradigan boʻlsa, unga qattiq qonuniy chora koʻramiz!”. (Jazoiriya axborot agentligi).

Bunday keskin bayonot berilganidan va maydonda kurash boshlanganidan soʻng kelasi yaqin kunlar ichida Bosh shtab rahbariyatining sobiq generallar kabi ayrim nufuzli harbiylarga qarshi kurash boshlashi ehtimoldan xoli emas. Bu kurash tahdid qilish, sudga tortish, qamoqqa tashlash yoki korruptsiya boʻyicha tergov-surishtiruv harakatlarini boshlash kabi turli vositalar bilan ayni guruhlarni tanobini tortib qoʻyish maqsadida qilinadi. Shuningdek, milliy-islomiy oqimlarni ham harakatga keltirilib, ularni eski mustamlakachilar bilan aloqa qiluvchi ashaddiy ilmoniylarga qarshi qoʻyish ham taxmin qilinmoqda. Bunda hatto maʼlum vaqtdan soʻng namoyishlar maʼlum darajada tinch holatdan chiqib ketishi va kurash beqaror holatga kirishi ham mumkin, buning Bosh shtab rahbariyatiga ahamiyati yoʻq. Ammo Frantsiyaga tobe doira esa, shubhasiz, yurtda oʻzi uchun qulay va sokin yangi vaziyat boʻlishidan umid qilmoqda, bundan boshqa umidi yoʻq! Darhaqiqat, 2019 yil 12 aprel juma kuni poytaxtning baʼzi hududlarida toʻqnashuv va zoʻravonliklar kuzatildi.

Vaziyat shunday tobora chigallashayotgan ekan, quyida biz yurtdagi namoyish harakatini sabablari va taʼsirlari jihatidan qisqacha bayon qilamiz:

1 – Ushbu “davlat ichidagi davlat” qoldiqlarining namoyish harakatidagi roli:

Bugungi kunda Jazoirda hukmron boʻlgan angliyaparastlarga muxolif kuchlarning, yaʼni armiya, maʼmuriyat va axborot vositalariga oʻrnashib olgan qolgan-qutgan Frantsiya malaylarining yuz berayotgan hodisalarda uzun qoʻli bor. Bunga aslo shubha yoʻq. Hatto ular maydonda faoliyat qilayotgan odamlari orqali namoyishlar keltirib chiqarishga, buni xavfsizlik va sobiq razvedka xizmati agentlari yordamida uyushtirishga tayyor turishgan edi. Bu xavfsizlik va sobiq razvedka xizmati tepasida esa, mazkur general Tavfiq nomi bilan tanilgan, asl ismi Muhammad Madin turadi. Ular bunday ishlarni ijtimoiy aloqa tarmoqlarida yoshlardan foydalangan holda hamda ideologiya, siyosat va manfaat jihatidan oʻzlariga qarashli partiyalardagi ashaddiy ilmoniylar qoʻli bilan bajarishadi. Masalan, frantsiyaparast ilmoniy millatchi amazigʻlarning Madaniyat va Demokratiya uchun partiyasi, hatto Ali ibn Flis raisligidagi Hurriyat Yoshlari partiyasi kabi. Maʼlumki, Ali ibn Flis 2004 yil saylovida Buteflikaga qarshi oʻyinda boy bergan. Uni bu ishga tortganlar, armiyaning oʻlib ketgan Bosh shtab boshligʻi Muhammad Meʼmoriy bilan Xolid Nizor va frantsiyaparastligi bilan tanilgan boshqa generallar boʻlgan edi.

Biroq, Jazoirda odamlarni qoʻzgʻolon qilishga undagan sabab va vaziyatlar, hech shubha yoʻqki, ishdan ketgan Buteflikadir. Shuningdek, Buteflikaning korruptsiyachi vazirlari hamda ularga yaqin va sherik boʻlgan manfaatparast yirik biznesmenlardir. Bularga qoʻshimcha, ularning oʻtgan asrning toʻqsoninchi yillaridagi biznes va finans egalari doxil siyosatchilardan, general harbiylardan iborat sheriklari ham, barchasi oʻnlab yillar mobaynida turli uslub va yoʻllar bilan omma molini talon-toroj qilib, xorijga tashib ketishgan. Korruptsiya ular daʼvo qilgan moliya va iqtisod sohasigagina cheklanmagan, balki bu sohadan oshib oʻtib, taʼlim, maʼmuriyat, sogʻliqni saqlash kabi barcha sohalarni qamrab olgan.

2 – Musulmonlarning Gʻarb va uning malaylari hukmronligidan qutulmogʻi faqat Islom bilan boʻladi, Islomsiz hargiz qutulolmaydilar!!

Maydonda norozilik namoyishi koʻlami va undagi odamlar soni hamda ular koʻtarib chiqayotgan shiorlar oʻzaro kurashayotgan doiralar qilgan taxmindan bir muncha kuchli chiqdi! Biroq to shu lahzaga qadar boʻlib oʻtgan va boʻlayotgan voqea-hodisalarga nazar solgan kishi maydonning islomiy shiorlardan xoli ekaniga guvoh boʻladi. Faqat poytaxt va bitta-ikkita yerlardagina islomiy shiorni koʻrishi mumkin, xolos! Haqiqat shuki, namoyishlarni yashirincha harakatlantirayotgan tomonlar ularning islomiy shiorlardan xoli boʻlishini istashdi! Korruptsiyachi shaxslar ketishini yoki frantsiyaparast ilmoniylar koʻtarib chiqayotgan “birinchi erkinliklar”, “birinchi demokratiya” va “ikkinchi respublikani barpo qilish” shiorlariga muvofiq rejimning ketishini yoki qulatilishini talab qilish… shuningdek, aldangan islomchilarning “fuqarolik davlati” talabi ham hargiz musulmonlar istagiga olib bormaydi. Zotan, musulmonlar istagi Ummat mabdaidan balqib chiqqan ochiq koʻzqarash va siyosiy loyiha boʻlib, u sharʼan Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikda gavdalanadi. Ushbu Xalifalik Islomni butun insoniyatga yetkazadi, adolat, kuch-qudratni roʻyobga chiqarib, chiroyli boshqaruvni, eng buyuk maqsad boʻlmish Allohning rizosini amalga oshiradi. Chunki musulmonlarning har turli dushmanlari qarshisidagi kuch-qudrati manbasi faqat Islomdir.

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.