Shom zaminidagi shubhali harakatlar

522
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Shom zaminidagi shubhali harakatlar

Ustoz Abdu Dali

Bugun Shom diplomatik qatnovlarga guvoh boʻlyapti. Buni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonoti tili bilan aytganda, Rossiya oliy darajadagi delegatsiyasining Riyozga safar qilishi manzarasida koʻrish mumkin. “Rossiya Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Rossiyaning Suriyadagi maxsus vakili Aleksandr Lavrentьev, Rossiya Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sergey Vershinin hamda Mudofaa vazirligi vakillaridan tashkil topdi”, deyiladi bayonotda.

Rus delegatsiyasi Salmon bilan uchrashib, Suriya masalasini hamda Jeneva konferentsiyasi qarorlariga asosan siyosiy yakun yasash zarurligini muhokama qildi. “Uchrashuvda BMT Xavfsizlik Kengashining 2254-sonli rezolyutsiyasi asosida Suriyada siyosiy barqarorlikni taʼminlash va yurt rekonstruktsiyasi uchun zarur yordamlar koʻrsatishga toʻxtalindi”. (Arabiy 21).

Bu tashrif, Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarifning Damashqqa soʻngra Anqaraga safar qilgan vaqtga toʻgʻri keldi. Maʼlumki, Zarif joriy yil fevralida isteʼfo berib, soʻng yana isteʼfosini qaytarib olgan edi. Shundan soʻng Asad rejimi bilan qilgan uchrashuvi xulosasini Turkiyaga maʼlum qildi: “Zarif Anqaradagi prezidentlik qarorgohida Erdogan bilan uchrashishidan oldin – men Erdoganga Asad bilan olib borgan uzun suhbatim hisobotini taqdim etmoqchiman, dedi”. (Al-Jazira sayti).

Bundan tashqari, makkorlik, kazzoblik va yolgʻonchilik sifatlari bilan tanilgan u yoki bu tomonlardan Shom qoʻzgʻoloni va uning natijalari, Shom ahli azob-uqubatlariga chek qoʻyish vaqti kelgani… haqida qator bayonotlar yangradi. Bu bayonotlarning barchasi bugun Asad rejimi yirik shaharlarda yonilgʻi mahsulotlari yetishmovchiligi, narx-navo koʻtarilib ketishi, mollarning kasodga uchrashi va dollar narxining toʻxtovsiz koʻtarilishi kabi ogʻir krizisni boshdan kechirayotgan bir paytda yangramoqda. Shuningdek, bu bayonotlar Tsezar kodeksi¹ haqida gap soʻzlar koʻpayayotgan bir paytda yangramoqda.

Bularning barchasidan yaqqol koʻrinib turibdiki, ayni damda Asad rejimi gʻoyat zaif ahvolda qolgan, u hatto shabbodaga ham dosh berolmaydi, uning nuqtasiga urilsa boʻldi, har lahzada agʻdarilishi muqarrar… Nuqtasiga urib, yerga kiritib yuborish uchun esa, Allohdan yordam soʻragan va Uning Oʻziga tavakkul qilgan xolis kishilar kerak.

Yuqorida aytganimiz voqelarning barchasi Suriyada Turkiya patrulь harakati tinimsiz harakat qilayotgan va uning harakati barobarida shahar va qishloqlar bombardimon qilinayotgan, yoʻlda ketayotgan yoki uyda turgan oddiy fuqarolar qirgʻin qilinayotgan bir paytda boʻlmoqda. Buni ayni hududlarda yashovchi odamlarning toʻlqinlanib, nafrat bilan “Turkiya patrulь harakati oʻtishi, bombardimon va qirgʻin boshlanishidan darak beradi”, deya aytgan soʻzlari ham ifodalab turibdi. Shuningdek, buni “kafil davlatlar” deyilayotgan Rossiya bilan Turkiya ayni nopok nazorat kuchlari harakatini hamkorlikda olib borishayotgani ham tasdiqlab turibdi.

Ushbu manzara va hodisalardan Shom ahlini avrash koʻzlangani aniq… Bu davlatlar Shom ahli miyasiga “qutulishingizga yaqin qoldi, biz siz bilan birgamiz, hamnafasmiz, adashishlaringizga yoʻl qoʻymaymiz, Jeneva qarorlari va bandlarini tatbiq qilish orqali yaqinda hamma azob-uqubatlaringizga yakun yasaymiz, bizning yordamimiz bilan koʻksingizga shamol tegishiga yaqin qoldi”, degan tushunchani quymoqchi!

Bugun bu til biriktiruvchi davlatlar Shom ahliga nisbatan shunday qilmoqchi boʻlishyapti-yu, biroq Shom ahli fikri xususan, oralaridagi haq parvar va aqliraso insonlar ongi bu kabi oʻyin va rejalar oʻtmaydigan darajada oʻsib ketganini yo unutishgan yoki bilishmayotgan koʻrinadi.

Faraz qilaylik, alьternativ pishib yetildi, til biriktiruvchilar Suriya masalasini yopishdi, yangi malay izlash ham nihoyasiga yetdi… xoʻsh, hokimiyatga kim keladi?! Shubhasiz, ushbu qoʻzgʻolonda ekilgan va butun qoʻzgʻolon yillari oʻsib, qurbonlar qoni bilan sugʻorilgan iflos daraxt – badboʻy ilmoniylik daraxti – albatta iflos meva beradi… Yaʼni Damashqdagi soʻnggi ilmoniylik qoʻrgʻonini saqlab qolish uchun dushman bilan savdolashib, unga sotilgan qoʻzgʻolon daraxtidan achchiq-manfur meva pishadi.

Demak, qoʻzgʻolon boshlangandan beri ayni davlatlar siyosiy va harbiy jihatdan, faqat mana shu kunga yetib kelish uchun harakat qilishdi. Binobarin, bugun qoʻzgʻolonning oʻtish davri hech qanday gʻalva-janjalsiz oʻtmoqda. Shuningdek, hokimiyatga aqidaparastlarning kelishi va Damashqdagi ilmoniylik qasrining qulashi mumkinligiga hushyor qarab kelishdi va buni bir necha minbarlardan aytishdi ham. Zero, bu ilmoniylik qasri avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan hamda kofirlar bagʻrida oʻsib, rivojlanib, yangitdan ekilib, keyingi bosqichda qaytadan ilmoniy boshqaruv shaklida yana davom etadigan narsadir.

Bu hodisalar koʻp narsani anglatadi. Masalan, berilgan qurbonliklarni zoye ketkazish, shahidlar qoniga xiyonat qilish, toptalgan nomuslarning qasoskor moʻʼtasimlarsiz qoldirish mumkinligini anglatadi. Shuningdek, Islom davlatining gullab yashnagan markazi boʻlgan va bugun zolimlarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarib, musulmonlarni zulmdan qutqarayotgan bir yurt, yana qayta ilmoniy va ilmoniylar oʻchogʻiga aylanishi kutilayotganini anglatadi. Bu hodisalar maʼnolaridan yana biri, zulmatdagi zolimlarning odamlar boshiga turli azoblar yogʻdirishi, xolis insonlar azob-uqubat iskanjasida qolishlari, Allohning amri tatbiq etilmay, musulmonlar boyliklari yulgʻich qargʻalarga yem boʻlishi, oʻnlab yillar odamlar tanasiga zulukdek yopishib kelgan Gʻarb tsivilizatsiyasiga butun yurt tomorqaga aylanishi mumkin…

Ushbu sodir boʻlishi mumkin boʻlgan hodisalar, daryodan bir tomchi, xolos. Bu hodisalar agar qoʻzgʻolon ahli xuddi qoʻzgʻolon savdogarlari bilan malaylarga oʻxshab qoʻl qovushtirib, loqayd qolaveradigan boʻlsa shunday boʻlishi kutiladi. Shuningdek, agar Ummat oʻz soʻzini aytishga qaror qilib, bor ovozi bilan hayqirib, sukut devorlarini parchalab tashlamasa shunday boʻlishi mumkin.

Asad rejimi oyogʻida arang turibdi, agʻdarilishiga bir baxya qolgan va bu haqiqat kundek ravshan. Rejimning agʻdarilmasligi uchun oyoqlariga temir taqib qoʻyishgan boʻlsa-da, oyoqlari chirib-qurtlab boʻlgan. Qoʻllarida alьternativi bor xolis insonlar bu rejimni qulatish uchun nuqtasiga zabar bersalar, kifoya. Mana shu zarba oʻzi bilan alьternativni olib keladi. Zotan, Hizb ut-Tahrir butun qoʻzgʻolonning achchiq va shirin, yoz va qish yillari mobaynida tinmay bayon qilib kelgan haqiqat ham mana shu.

Ushbu vaziyat va hodisalar chuqur va yorqin nazar tashlash kerakligini isbotladi. Qoʻzgʻolonni boshqarayotgan koʻplab yetakchilarda islomiy loyiha yetishmayotgan bugungi kunda qilish lozim boʻlgan vazifa Hizb ut-Tahrir loyihasini qabul qilish va uning yetakchiligi ostiga kirishdan iboratdir. Chunki yoʻlni koʻra bilayotgan ham, maqsadini yaxshi anglagan ham, qoʻlida shunday loyihasi bor ham mana shu hizb.

¹ Tsezar kodeksi, 2014 yil Asad armiyasidan ajrab chiqqan bir harbiy musavvirga nisbatan qoʻllanmoqda. Musavvirning Tsezar, deb atashdan maqsad, uning asl nomini yashirish boʻlgan. Chunki u Asad qamoqxonalarida qiynoqlar ostida oʻldirilgan 11 ming nafar mahbusning 55 ming nafar tasvirini sizdirib chiqargan. Keyin bu rasmlar AQSh Kongressiga taqdim etilib, jamoatchilik tomonidan qattiq gʻazab bilan qarshilangan.

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.