“ShHT”: Xitoy bosqinchiligi kuchayib bormoqda

627
0

“ShHT”: Xitoy bosqinchiligi kuchayib bormoqda

AQShning Osiyoga nisbatan bosqinchilik yurishlariga qarshi Rossiya va Xitoy “Shanxay Hamkorlik Tashikiloti” (ShHT)ni tashkil etgan edi. Biroq Xitoy bu tashklotdan oʻz bosqinchiligi yoʻlida – Rossiya mustamlakachiliga qarshi – unumli foydalana boshladi. Shu sababli, 13-14 iyun kunlari Qirgʻizistonda boʻlib oʻtadigan ShHT sammitiga Xitoy alohida tayyorgarlik koʻrmoqda.

 Qirgʻiziston harbiy tomonidan Rossiyaga qaram. Biroq, Xitoy ham harbiy sohada kirib kelish maqsadida Qirgʻizistonga harbiy-texnikaviy yordam berib kelyapti va bu yordamlarni davom ettirmoqda. 28-aprelda Qirgʻizistonga Xitoy mudofaa vaziri Vey Fenxe keldi. Xitoy vaziri bilan Qirgʻiziston mudofaa vaziri oʻrtasida harbiy texnika boʻyicha hamkorlik hujjatlari imzolandi.

 14-may kuni Qirgʻiziston ichki ishlar vaziri Kashgar Junushaliyev va Xitoy jamoat xavfsizligi vaziri Chjao Kechji oʻrtasida ham hamkorlik hujjatlari imzolanib, hamkorlik doirasida qirgʻiz militsiyasiga 4,5 million dollarlik uskunalar beriladigan boʻldi. Albatta, bu uskunalardan eng avvalo ShHT sammitini xavfsiz oʻtishi uchun foydalaniladi, undan keyin boʻlsa, Xitoyga qarshi kayfiyatdagi qirgʻiz fuqarolariga qarshi qoʻllaniladi. Shuningdek, vazirlar “Qirgʻiziston-Xitoy” gaz quvuri xavfsizligini taʼminlash boʻyicha hujjatni ham imzolashdi. Bu hujjatga muvofiq, quvurga xavf paydo boʻladigan boʻlsa, bir-birining hududlariga oʻz xodimlarini joʻnatadigan boʻlishdi. Bu “Qirgʻiziston hududidagi gaz quvurlariga tahdid paydo boʻldi” degan bahona bilan xitoy militsiyasi Qirgʻizistonga kirib olishi mumkinligini anglatadi.

 Xitoyning saqofiy-mafkuraviy mustamlakachiligi ham kuchayib bormoqda. Maʼlumki, Xitoy mafkura yoyuvchi davlat emas. Biroq, bu sohada u ham olamiy saqofiy mustamlakachilik uslublaridan foydalanmoqda. Xitoyda taʼlim olgan talabalar koʻpayyapti va Qirgʻizistonning oʻzida ham xitoy taʼlim dargohlari paydo boʻlmoqda. Xitoy “madaniy hamkorlik” niqobi ostida qirgʻiz xalqining tuygʻularini oʻziga boʻysundirmoqchi. Masalan, Xitoy fanlar akademiyasi olimlari qirgʻizlar tarixi milloddan avvalgi X asrga borib taqalishini maʼlum qilishdi. Shuningdek, ShHT sammiti arafasida Xitoydan qirgʻizlar tarixini tadqiq qilgan 8 nafar olimlar kelib, izlanishlarini xalq oldida oʻrtoqlashmoqchi boʻlishyapti. Bu tadbir xalqning milliy tuygʻularini qitiqlash orqali ularning tuygʻularini boʻysundirish uchun makr-xiyladan boshqa narsa emas. Boʻlmasa, tariximiz uzunligidan bizga nima foyda, nima bu bizni Xitoy bosqinchiligidan saqlab qoladimi? Aslida bu mustamlaka qilish quroli emasmi?

 Yana Xitoy hukumati musulmonlarni Islomdan chalgʻitish uchun Islomga zid madaniy koʻrinishlarni ilgari surmoqda. “Madaniy hamkorlik” doirasida Islomga zid kuy-qoʻshiq, raqs, filьm va boshqalarga jiddiy eʼtibor qaratmoqda.

 15-mayda Qirgʻizistonda ShHT madaniyat vazirlarining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Uning doirasida vazirlar 2021-yili “Silk Road” (Ipak yoʻli) festivali masalalarini muhokama qilishdi. Shu kuni, Issiqkoʻlda “Xitoy va Qirgʻizistonning muvaffaqiyatli ayollari”ning uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv doirasida xitoylik “mexmonlar” ularga mezbonlik qilgan Qirgʻiziston ayollarini “gʻayratli, aqlli, intiluvchan va goʻzal” deb maqtab ketishdi. Afsuski, ayrim opa-singillarimiz rostdan ham shunday tashi yaltiroq soʻzlarga aldanishmoqda…

 Mustamlakachilikning iqtisodiy uslublarini olib qaraganda, Qirgʻiziston qarzining eng koʻpi Xitoydan olingan, yaʼni, Xitoy mamlakatimizda eng yirik “investor” hisoblanadi. Savdo aylanmasi boʻyicha ham Xitoy oldingi oʻrinda. Bulardan tashqari, Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston temir yoʻlini qurmoqchi, Turkmaniston-Xitoy gaz quvurining bir qismi Qirgʻiziston orqali oʻtadi.

 Xitoy qoʻllayotgan shuncha mustamlakachilik uslublari aniq koʻrinib turganiga qaramay, Qirgʻiziston hukumati yana qayta Xitoy hukumatiga malaylik qilishdan qaytmayapti.

21-mayda Qirgʻizistonga Xitoy tashqi ishlar vaziri Vang I keldi. Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv yakunida ikki vazir 2020-2021 yillarda ikki davlat tashqi siyosiy hamkorlik va asosiy yoʻnalishlar haqidagi hujjatga qoʻl qoʻyishdi.

 Soʻz orasida Vang I Sharqiy Turkison musulmonlari toʻgʻrisida ham soʻz ochdi. U: Bir necha yil oldin Sharqiy Turkiston “uch yovuzdikdan” koʻp jabr koʻrdi, – degan soʻzida terrorizm, ekstremizm va separatizmni nazarda tutdi. Maʼlumki, xitoy hukumati namoz oʻqish, roʻza tutish, hijoblanish kabi islomiy koʻrinishlarni ham terrorizm va ekastremizm deb hisoblaydi. Shuningdek, Vang oʻz soʻzida, Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Xitoyga borganida “Xitoyning Sharqiy Turkistonga nisbatan olib borayotgan siyosatini qoʻllab” bayonot berganini qistirib oʻtdi va buning uchun minnatdorchilik bildirdi. Aslida bunday pozitsiya bilan qirgʻiz hukumati Sharqiy Turkistondagi birodarlarmizga xiyonat qildi xamda ertaga Xitoy bosib olganidan keyin Qirgʻiziston xalqi boshida ham uygʻur xalqining koʻrgiliklari tushishiga rozilik berdi! Bu qanday xoinlik!

 Prezident Jeenbekov ham xitoy elchisi bilan uchrashganida, unga taqlidan “uch yovuzlikni” oʻzicha talqin qilib: Qirgʻiziston “uch yovuzlik kuchlariga” qarshi kurashda Xitoy bilan bir pozitsiyada”, – dedi. Eh, qanday xoinlik…

 Ey Qirgʻiziston musulmonlari, prezidentlar avvalgisidan tortib amaldagisiga qadar, barchasi sizlarni Xitoyga topshirish yoʻlida xizmat qilib kelishmoqda. Shu sababli Xitoyga nisbatan munosabatlarda yetakchilarga ergashmang. Sizlar musulmonsiz, bas, Xitoy mustamlakachiligidan qutulish yoʻlini Islomdan izlang!

 Ey hokimlar, sizlar ham musulmon xalqning farzandlarisiz! Dininglarga qaytinglar, xalq manfaatlarini tanglang!

وَإِنْ تَتَوَلَّوْا يَسْتَبْدِلْ قَوْمًا غَيْرَكُمْ ثُمَّ لَا يَكُونُوا أَمْثَالَكُمْ

“Agar sizlar (Allohga itoat etishdan)yuz oʻgirib ketsangizlar, U zot (oʻrningizga) sizlardan boshqa bir qavmni almashtirib qoʻyur, soʻngra ular sizlarga oʻxshagan boʻlmaslar”[47:38]

Abdulhakiym Qoraxoniy

Hizb ut-Tahrirning Qirgʻizistondagi matbuot boʻlimi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.