Mustaqil davlat – oʻzining ishlariga boshqa davlatlarning aralashuviga rozi boʻlmaydigan davlatdir

437
0

Mustaqil davlat – oʻzining ishlariga boshqa davlatlarning aralashuviga rozi boʻlmaydigan davlatdir

Al-Fajr sayti (hijriy 1440 yil 17 shaʼbon, milodiy 2019 yil 23 aprel seshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“AQSh Davlat kotibining Afrika masalalari boʻyicha yordamchisi Makila Jeymsning taʼkidlashicha, u Sudandagi oʻtish davri Kengashi bilan oʻtkazgan uchrashuvida fuqarolik hukumati va uni yaqin vaqt ichida tuzish mavzusiga toʻxtalib oʻtgan.

U Sudandagi oʻtish davri Kengashi bilan oʻtkazgan soʻzlashuvlari konstruktiv suratda boʻlganini, Amerika tomoni kelasi bosqichda Kengash bilan muloqot olib borishda davom etajagini taʼkidladi.

Sudan oʻtish davri Harbiy Kengashi raisi, AQSh Davlat departamenti delegatsiyasi bilan Sudandagi vaziyat hamda kelasi bosqich davomida ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi”.

Shuningdek, Yavmus-sabeʼ sayti (hijriy 1440 yil 11 shaʼbon, milodiy 2019 yil 17 aprel chorshanba kuni) nashr qilgan xabarda ham bunday deyiladi:

“Britaniyaning Sudandagi elchisi Arafot Sodiq oʻz mamlakati Sudan hokimiyatining tez fursat ichida fuqarolik boshqaruviga koʻchishini qoʻllab-quvvatladi hamda kelasi bosqich davomida Sudan uchun eng yaxshi boshqaruv fuqarolik boshqaruvi ekanini taʼkidladi”.

Roya gazetasi sharhi:

Oʻz-oʻzidan tabiiy savol tugʻiladi: Nima uchun ajnabiylarning yurtimiz ichki ishlariga aralashishiga yoʻl qoʻyilmoqda?! Sudan yoki boshqa musulmon yurtlari Amerika, Britaniya va boshqa yirik davlatlarning ichki ishlariga aralashyaptimi?! Umuman, ularning aralashishlariga bu yirik davlatlar yoʻl qoʻyishadimi?! Misol uchun, Tramp haqida va Amerika xalqiga qarshi uning zoʻravon choralari borasida ketayotgan bahs-munozaralarga Sudan aralashadimi?! Nima uchun sudanlik mulozimlar Amerikadagi muxolifat bilan uchrashmaydi hamda ularni Trampni va zolim kapitalistik tuzumni agʻdarishga targʻib qilishmaydi?! Biz 2011 yili amerikaliklarning Uoll-Stritdagi yirik miqdordagi mablagʻni oʻzlashtirganlarga qarshi oʻtkazgan norozilik namoyishlariga sudanlik mulozimlarning aralashganini nega koʻrmadik?! Ey Sudan Harbiy Kengashi, amerikalik mulozimlarning yurtimiz ichki ishlariga aralashishlariga ruxsat berilgani, sizning zaifligingiz hamda ularning oldida xorlik qilib, tiz choʻkayotganingiz alomati emasmi?!

Demakki, bu Harbiy Kengashning Ummat tarafdori ekani, shubha ostidagi daʼvodir… fuqarolik hukumati tuzishga chaqirayotgan va mustamlakachilar bilan uchrashishga rozi boʻlayotgan kimsalarning ham Ummat tarafdori ekaniga ishonch yoʻq. Aksincha, ular anavi ajnabiylarni yurtdan chiqarib yuborib, ovozlarini oʻchirishlari kerak edi. Shuningdek ularning ishlarimizga burun suqishlariga va yurtimizdagi biror shaxs bilan uchrashishlariga yoʻl qoʻymasliklari kerak edi. Ana, AQSh rahbari Tramp 2018 yil 8 dekabrdagi “sariq nimchalilar” norozilik namoyishlari ortidan Tvitter yozishmalarida Frantsiya ishlariga aralashgan edi, oʻsha zahoti Frantsiya javob qaytardi. Oʻzining Tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian tili bilan Trampning ovozini oʻchirib, unga bunday dedi: “Mening Donalьd Trampga aytar soʻzim shuki, biz Amerikaning bunday bahs-munozarasida qatnashuvchi tomon emasmiz, bizni oʻz hayotimiz bilan yashashimizga qoʻyib bering. Biz Amerikaning ichki siyosatini hisob-kitob qilmayapmiz va bizga nisbatan ham xuddi shunday qilishlaringni istaymiz”. Tramp oʻsha bayonotdan beri Frantsiyadagi noroziliklar haqida haligacha miq etgani yoʻq, Amerika bu ishga ochiq-oshkor aralasha olmayapti. U bu masalada na Frantsiya prezidenti bilan uchrashdi va na namoyishchilar bilan. Bizda ham shunday mustaqil pozitsiya bormi, axir, biz Frantsiyadan aziz-kuchlimiz-ku?! Axir, Alloh Taolo bizni dinimiz bilan aziz-kuchli qildi-ku?! Tariximiz shunday ulugʻvor pozitsiyalar bilan toʻlaki, Sudan hukmdorlari ham, namoyishchilarimiz ham uni oʻzlariga namuna qilib olishgani yoʻq! Ha, mustaqil davlat oʻzining ishlariga boshqa davlatlarning aralashuviga yoʻl qoʻymaydigan davlatdir. Shunday emasmi, ey Harbiy Kengash aʼzolari hamda namoyishchilar, xususan, uning yetakchilari?!

Roya gazetasining 2019 yil 30 aprel chorshanba kungi 232-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.