“Apelsin agenti”, degan narsa Amerikaning insoniyat tarixidagi qora sahifalarini aslo oʻchira olmaydi

468
0

“Apelsin agenti”, degan narsa Amerikaning insoniyat tarixidagi qora sahifalarini aslo oʻchira olmaydi

Al-Jazira net sayti (hijriy 1440 yil 14 shaʼbon, milodiy 2019 yil 20 aprel shanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“Bugun shanba kuni Qoʻshma Shtatlarning maʼlum qilishicha, AQSh armiyasi tomonidan Vьetnam urushida qoʻllangan “apelsin agenti”, nomli zaharli modda saqlanuvchi harbiy omborni tozalash kampaniyasi boshlangan boʻlib, buning xarajati 183 million dollarni tashkil qiladi.

Maʼlumki, amerikaliklar apelsin agenti moddasini Vьetnam urushida qoʻllashgan boʻlib, bu narsa nuqsonli bolalar tugʻilishi, saraton kasaliga chalinish va nogironliklarga hanuzgacha sabab boʻlib kelmoqda.

Amerika apelsin agentini 1962-1971 yillar mobaynida Vьetnamning janubiy qismiga 80 million litr sepgan. Gerbitsid boʻlgan va daraxt yaproqlarini quritib tashlaydigan bu modda bilan Amerika kommunist jangarilarini yashirinib yotgan yerlaridan qochib chiqishga majbur qilish va oziq-ovqatdan mahrum etish maqsadida qoʻllagan edi. Ammo uning bu urinishi muvaffaqiyatsiz boʻlgan”.

Roya gazetasi sharhi:

Mana, insoniyatning bosh chanogʻi ustiga qurilgan Amerika davlatining qora tarixi. Asl yerlik xalq boʻlgan qizil tanlilarni qatli om qilish va Yaponiyada atom bombasi qoʻllashdan tortib, Vьetnamda qirgʻinbarotlar sodir etishgacha, soʻng samolyotlar, tanklar, suv osti kemalari, avianosetslar va kuchli qurol-aslahalar yordamida Afgʻoniston, Iroq, Shom va Yamanda Islom Ummatiga qarshi qatli om qilishgacha, hatto yaqinda Afgʻonistonda eng katta bombani qoʻllashgacha… barcha-barchasini mana shu davlat sodir etdi. Bu qilmishlarni musulmon yurtlaridagi xoin va malay hukmdorlarning yordami bilan amalga oshirdi. Xususan, jinoyatkorlikda oʻzidan qolishmaydigan bu Rossiya davlatidan Shom ahlini qirgʻin qilish va ularning qoʻzgʻolonlarini tugatishda yordam oldi.

Amerika umuman, bashariyatga, xususan, Islom Ummatiga qarshi sodir etayotgan oʻzining mana shunday qilmishlari tarixini “insonparvarlik” yordamlari orqali hamda BMT kabi oʻziga qarashli tashkilotlar orqali oʻchira olaman, deb oʻylayotgan boʻlsa, chuchvarani xom sanabdi. Bu tashkilotlar aslida, uning ayni jinoyatlarini yashirish va dahshatli oqibatlarini xaspoʻshlash uchun tashkil qilingan. Ayniqsa, bugun bu muassasalarning zarar koʻrgan hududlar aholisiga dori-darmon va oziq-ovqat taqdim etish muqobilida nomusga tajovuz qilish, jinsiy gʻaraz yoʻlida foydalanish va bolalarni ekspluatatsiya qilish amaliyotlarini sodir etayotgani fosh boʻlib, haqiqiy basharalari koʻrinib qoldi.

Bashariyat bunday jinoyatlari uchun Amerikani aslo unutmaydi. Islom Ummati ham undan hisob soʻrashga tayyorlanib turibdi. Mana, Ummat – qirgʻinbarotlar, talon-toroj va Alloh nozil qilmagan narsalar bilan hukm yuritish kabi boshiga tushgan zulmdan qutulish uchun yer yuzining sharqiyu gʻarbida bosh koʻtardi. Ummatdagi bu harakat oxiri, Allohning izni ila, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishga olib boradi. Ushbu Xaliflik Amerikadan sodir etgan barcha jinoyatlari uchun hisob talab qiladi hamda uning va boshqa mustamlakachi davlatlarning yovuzligidan butun olamni xalos etadi, shuningdek adolat ulashuvchi, insonning yuksak obroʻsi va darajasini himoya qiluvchi Islomni yoyadi.

Roya gazetasining 2019 yil 30 aprel chorshanba kungi 232-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.