Jeenbekov “Bir makon, bir yoʻl” forumuning ochilishida ishtirok etdi

689
0

Jeenbekov “Bir makon, bir yoʻl” forumuning ochilishida ishtirok etdi

 Prezident Sooronbay Jeenbekov 26-aprel kuni Xitoyning Pekin shahrida “Bir makon, bir yoʻl” ikkinchi xalqaro forumi ochilish marosimida ishtirok etdi.

  Anjumanni Xitoy xalq respublikasi raisi Si Tszinьpin ochib, unda ishtirok etayotgan barcha delegatsiyalar rahbarlari, koʻp sonli ekspert va tahliliy doiralar vakillariga minnatdorlik bildirdi.

 Xitoy raisi BMT, ShHT, Yevropa ittifoqi, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi kabi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar hamkorligida amalga oshirilayotgan “Bir makon, bir yoʻl” loyihasi turli mamlakatlarning milliy taraqqiyot strategiyasiga mos kelishini, shu jihatdan butun dunyoda iqtisodiy rivojlanishga keng yoʻl ochishini taʼkidladi.

 Forumning ochilishida xalqaro savdo va investitsiya aloqalarini mustahkamlash, yangi transport va logistika yoʻlaklari yaratilishini ragʻbatlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalar xususida soʻz yuritildi. Ushbu loyihada ishtirok etayotgan mamlakatlar safi kengayib borayotgani, bu dunyoda barqaror rivojlanishga intilish kuchayayotganini ifoda etishi taʼkidlandi.

 Maʼlumki, “Bir makon, bir yoʻl” xalqaro forumi ilk bor 2017 yilda oʻtkazilgan. Xitoy ilgari surgan mazkur tashabbus ikki yoʻnalish – quruqlik va dengiz yoʻllarini rivojlantirish va oʻzaro bogʻlash orqali davlatlararo hamkorlik mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan. Hozirda u Osiyo, Yevropa va Afrikadagi 65 mamlakatni qamrab olgan. Kelgusida unga boshqa davlatlar ham qoʻshilishi natijasida global iqtisodiy makonga aylanadi.

 Forum ikki kun davom etadi. Prezident maʼmuriyati matbuot xizmatining xabar qilishicha, 27-aprel kuni Sooronbay Jeenbekov “Bir makon, bir yoʻl” forumining birinchi sessiyasida maʼruza qilishi rejalashtirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.