Amerika Yaman shimolida Husiylar hukumatini oʻrnatishga yaqinlashdimi?!

678
0

Amerika Yaman shimolida Husiylar hukumatini oʻrnatishga yaqinlashdimi?!

Ustoz Shoyif Sharodiy – Yaman

Husiylar 26 mart, yaʼni Yamanga qarshi agressiyaning toʻrt yilligini xotirlash kunida ommaviy maydonlarda namoyishlar uyushtirish uchun tayyorgarlik koʻrishdi. Ular bir hafta keyin 2019 yil 27 martda besh yil toʻladigan urushni davom ettirishdan foydalanib, xalq qoʻlloviga erishish uchun katta sondagi odamlarni yigʻishga harakat qilishdi. Ayrim yamanliklar Saudiya yetakchilik qilayotgan koalitsiya Husiylarga barham berish hamda Yamanni Eron va uning tobelari changalidan ozod qilish uchun Yamanga kirdi, degan eski xirgoyiga ishonadilar. Lekin kundek ravshan haqiqat shuki, oʻsha mashʼum raketalar boʻroni Husiylarni yoʻq qilish, zaiflashtirish va hokimiyatdan chetlatish uchun emas, ularni qutqarish, kuchaytirish va hokimiyatini mustahkamlash uchun boʻlgan edi. Amerika Husiylarning haqiqiy koʻmakchisidir. Ammo Eron va Saudiya Amerika qurollari boʻlib, ularning har biri uchun belgilangan roli bor. Masalan, Eron Husiylarni qoʻllab- quvvatlaydi, yashirin qurollantiradi va mashq qildiradi. Saudiya esa, goʻyo oʻzini Husiylarni yoʻq qilishni xohlayotgandek qilib koʻrsatadi. Saudiya bu ishni Husiylar uchun xalq bazasini yaratish, ularning hajmini kattalashtirish uchun qiladi. Shuningdek, axborot vositalari orqali ularni faqat urushni davom ettirish yoʻli bilan sindirish mumkin boʻlgan bahaybat kuch sifatida koʻrsatish uchun qiladi. Saudiya Husiylarda Eron oʻnlab yillardan beri bera olmagan kuchni paydo qildi. Yana ham tiniqroq qilib aytadigan boʻlsak, bu boʻron Hodiy, Amirliklar va ularning tobelarida oʻz timsolini topgan inglizlar nufuziga barham berish uchun boʻlgan edi. Shuningdek, Husiylarni chetlatish uchun emas, ularning hokimiyatini mustahkamlash uchun boʻlgan edi. Lekin ayrimlar koalitsiya va tobelarining yolgʻonchi axborot vositalarining tashviqotlari va haqiqatni buzib koʻrsatishi tufayli bu ishlar Husiylarni yoʻq qilish uchun boʻldi deb oʻylashmoqda. Inglizlarning nufuziga barham berish va uning oʻrniga Husiylarni hukumatga olib kelish orqali Amerika nufuzini mustahkamlash Amerikaning siyosiy maqsadidir. Amerika ushbu maqsadni amalga oshirish uchun uch punktdan iborat reja ishlab chiqdi. Ular quyidagilar:

1 –   Inglizlarning Yamandagi nufuziga barham berish, ularning qurolli kuchlariga chek qoʻyish va ularning qoʻlidagi davlat muassasalarini egallash. Amerika bu borada muvaffaqiyatga erishdi va prezidentlikdan boʻshatilgan Ali Abdulloh Solihni oʻldirish orqali Husiylarga imkoniyat yaratdi.

2 –   Hodiy va uning tobelarini ushlab turish va ularni Husiylar butunlay hokimiyatni egallamagunicha urush toʻxtamasligi uchun bahona sifatida ushlab turish. Amerika Hodiy kuchlarini oʻz malayi Salmon changalida qolishini taʼminlay oldi. Sanʼo Husiylar qoʻlida qolishi uchun Hodiy qoʻshinlarini Husiylarga zarar berishdan qaytaryapti va buning uchun Nahm jabhasini ishga solmoqda.

3 –   Husiylarga qonuniy tus berish va ulardan inqilobchilar degan nomni olib tashlash. Amerika bu ishni boʻronlarni davom ettirish orqali xalq bazasini yaratish va soʻzlashuvlarda Hodiy hukumati tomonidan rasman tan oldirish bilan amalga oshiradi. Amerika oʻtgan uch yil davomida yuqoridagi ikki bandni roʻyobga chiqarishda Salmon boʻronini saqlab qola oldi. Toʻrtinchi yil boshlanishi bilan uchinchi bandni amalga oshirish uchun tinimsiz harakat qilmoqda va bunda quyidagi ikki reja asosida ish tutmoqda.

Birinchidan: Husiylarga qonuniy tus berish, ulardan inqilobchilar nomini olib tashlash va ikkinchi tarafni ularni rasman tan olishlari uchun ingliz malaylarini muzokara stoliga oʻtirishga majburlash. Amerika ikki yildan beri toʻxtab qolgan muzokaralarni qayta boshladi. Shvetsiyada ittifoq tuzilib, Husiylarga qonuniy tus berildi, ikkinchi taraf esa uni qabul qilishiga majburlandi. Husiylar elchilari raisi Muhammad Abdussalom Xolid Yamoniy bilan qaynoq qoʻl siqishdi. Ularga BMTning Yamandagi vakili Griffit oʻrtamchilik qildi.

Ikkinchidan: Husiylar uchun xalq bazasi yaratilganiga qadar urushni toʻxtatmaslik va Yaman ahli qalbiga vatanparvarlik aqidasini ekish. Shunda odamlar Husiylar tarafida turib jang qiladilar va oʻzlarining sayoz qarashlari bilan Husiylar vatanni himoya qilyapti, ikkinchi taraf esa bosqinchilar bilan birga jang qilyapti, shuning uchun ular xalq qoʻllab-quvvatlovini yoʻqotadilar deb oʻylaydilar. Shuning uchun Solih hukumati davridagi konferentsiya va islohotlarda Yaman ahli qalbiga vatanparvarlik aqidasi singdirildi. Natijada, vatanparvarlik fikrlari ularning yashash tarziga taʼsir qiladigan tushunchalarga aylandi. Buning mevalarini bugun Husiylar yigʻib olmoqda.

Beshinchi yili boshlanayotgan urush turli musibat, vayronagarchilik, halokat va vabo kabi kasalliklar kelib chiqishiga sabab boʻldi. Bu kasalliklar tufayli ayrim viloyatlarda soʻnggi haftalarda yashirishga qattiq harakat qilishlariga qaramay yuzlab odamlar qurbon boʻldi. Amerika Britaniyaning Yaman shimolidagi nufuziga barham berganidan keyin oʻz nufuzini yoyishga qaratilgan rejasini amalga oshirishga yaqinlashib qoldi. Bu ishda unga Saudiya yordam bermoqda, chunki u qarshilik harakatini qamal qilib, ularni Husiylarga zarar yetkazishidan toʻsmoqda. Masalan Saudiya bir necha yildan beri Nahmda oʻz uchoqlari bilan ularni Sanʼoga kirishidan qaytarmoqda. Saudiya oʻzini Xujur qabilasi tarafida turgandek koʻrsatib, Husiylar u yerga hujum qilganda ularni yordamsiz tashlab qoʻydi. Natijada Xujur qabilasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Xujur qabilasi Husiylar ular ustidan hukmronlikni qoʻlga olishi uchun Saudiya buyruqlariga boʻysundi. Saudiya bu bilan boshqa qabilalarga: Husiylar yengib boʻlmas kuch va qoʻzgʻolonning taqdiri oʻlim, xususan Xujur magʻlubiyatidan keyin qoʻzgʻolon haqida soʻz boʻlishi mumkin emas, degan ultimatum yoʻlladi. Soʻng odamlarni qoʻrqitish uchun turli qotillik, quvgʻin, jazolash va joylarni portlatish kabi ishlarni amalga oshirdi. Shunda odamlarga Saudiya va qarshilik harakatining aldov va hiylasi fosh boʻldi. Chunki qarshilik harakati Xujurdan atigi bir kilometr uzoqlikda turgan edi. Shuningdek, Xajja viloyatini bir necha kun ichida supurib tashlashga kuchi yetar edi. Saudiya uchoqlari oʻtgan hafta Javfda qarshilik harakatiga zarba berdi. Ular mintaqani egallab olish arafasida boʻlib, bu muvozanatni ular foydasiga burishi mumkin edi. Chunki Saudiya va uning ortidagi Amerika Husiylarga xavf tugʻilishini xohlamaydi. Shuning uchun Amerika Husiylarga yordam berishi hamda Britaniya va malaylarining Husiylarga qarshi oldiga qarab yura olmasligi muvozanatni Husiylar foydasiga oʻzgartiradi. Bu voqealar Amerika oʻzining siyosiy maqsadiga, yaʼni Husiylarni Yaman shimolida boshqaruvga oʻrnatishga yaqinlashib qolganini anglatadi. Ammo janub haqida aytadigan boʻlsak, Britaniya oʻz tobesi Amirliklar orqali u joyni oʻz changalida ushlab turibdi. Amerika oʻz tobesi (Baum harakati) orqali janubdagi Britaniya nufuzini silkitish uchun harakat qilyapti. Lekin Britaniya oʻz malayi Zubaydiyni qoʻllab-quvvatlab, uning oʻtish kengashini haqiqiy saltanat sifatida zoʻrlab oʻrnatishga harakat qilmoqda. Bu ishda uning Yamandagi rejasini amalga oshirayotgan Amirliklar unga yordam bermoqda. Zubaydiy Britaniya umum palatasida nutq soʻzladi. Inglizlar bu bilan Zubaydiyni Yaman janubining timsoli va inglizlarning hokimiyatdagi vakili qilib koʻrsatishdi… Amerika va Britaniya oʻrtasidagi kurash malaylari orqali shu tarzda davom etmoqda, lekin bu kurashda Yaman ahli qurbon boʻlmoqda.

Kofirlar, Amerika boʻladimi, yoki Britaniyami, yoki boshqasimi bundan qatʼiy nazar oʻz rejalarini dinini sotgan musulmon malaylar orqali amalga oshiradilar.

Ey Yaman ahli! Agar sizlar kofirlarning har qanday rejasining xatarli ekanini tushunsangiz va uni muvaffaqiyatsizlikka uchratishni xohlasangiz, ular biror rejasini amalga oshira olmaydi. Shuning uchun kech boʻlmasidan oldin malaylarning qoʻlidan tuting. Ikkinchi roshid Xalifalikni tiklash yoʻlida Hizb ut-Tahrir bilan birga harakat qiling. Chunki Xalifalik davlati bosib olingan saltanatingizni dushmanlar qoʻlidan tortib oladi va Robbingiz shariatini tatbiq qiladi hamda sizni oldin boʻlganingizdek odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummatga aylantiradi. Shunday ekan, musobaqa qilguvchi kishilar (mana shunday mangu neʼmatga yetish yoʻlida) musobaqalashsinlar.

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.