Xitoy Oʼzbekistonga 190 million dollar beradi

115
0

Xitoy Oʼzbekistonga 190 million dollar beradi

Xitoy hukumati Oʼzbekistonda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun “begʼaraz”  190 million dollar ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Oʼzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʼrinbosari Sarvar Hamidov va Xitoy Xalq Respublikasi Xalqaro hamkorlik agentligi raisi oʼrinbosari Dan Bosin oʼrtasida boʼlib oʼtgan uchrashuvdan soʼng maʼlum qilindi.

Uchrashuv chogʼida Xitoy hukumatining grant mablagʼlari hisobidan rejalashtirilgan loyihalarning amalga oshirilish jarayoni koʼrib chiqilgani va ikki tomonlama moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilingani aytilmoqda. Shuningdek Xitoy tomoni Oʼzbekistonda soʼnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarni yuqori baholadi va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni yanada faollashtirishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida ustuvor grant loyihalarini amalga oshirish boʼyicha memorandum imzolandi. Hujjatda qishloq va suv xoʼjaligi, sogʼliqni saqlash, taʼlim va institutsional rivojlanish sohalarida umumiy qiymati 190 million dollardan ortiq boʼlgan 14 ta loyihani amalga oshirish koʼzda tutilgan.

 Izoh: Xitoyning Oʼrta Osiyoga nisbatan olib borayotgan siyosatiga oid mazkur xabar tarqagan kunning oʼzida Ozodlik radiosi “The Diplomat” saytiga tayanib, amerikalik senatorlar АQShning Oʼrta Osiyoga koʼproq eʼtibor qaratishi kerakligi va Qozogʼiston, Oʼzbekiston va Tojikiston bilan oʼzaro aloqalarni kuchaytirishga intilayotgani haqida xabar tarqatdi.

Darhaqiqat, Oʼrta Osiyoni oʼzining tomorqasi deb bilgan Rossiya Ukraina botqogʼiga botib borgani sari, bir tarafdan Xitoy asosiy investor sifatida Oʼrta Osiyo mintaqasida qadamini mustahkamlashga harakat qilayotgan boʼlsa, boshqa tarafdan АQSh boshchiligidagi Gʼarb davlatlari Oʼrta Osiyoda oʼzining diplomatik mavqeini mustahkamlashga va Xitoy ekspansiyasiga qarshilik koʼrsatishga harakat qilmoqda. Yaʼni Rossiya hozirgi iqtisodiy tanglik holatida Oʼrta Osiyo davlatlariga qarz, kredit, grant sifatida iqtisodiy yordam koʼrsatish imkoniga ega emasligi sababli, Oʼrta Osiyo mustamlakachi АQSh va Xitoy oʼrtasida qizgʼin kurash maydonga aylanib bormoqda.

АQSh ham, Xitoy ham mustamlakachi davlatdir. Shuning uchun bu davlatlar goʼyoki oʼzlarini jonkuyar, gʼamxoʼr qilib koʼrsatsa-da, aslida uchunchi dunyo davlatlariga mustamlakachilik koʼzi bilan qaraydi. Masalan Xitoy Oʼrta Osiyo davlatlariga “begʼaraz” qarz berish orqali hamda “Buyuk ipak yoʼli”ni qayta tiklash bahonasida oʼzining iqtisodiy ekspansiyasini tobora kengaytirib bormoqda. U shu vaqtga qadar mintaqa davlatlari bilan asosan iqtisodiy hamkorlikka eʼtibor qaratib kelayotgan boʼlsa, joriy yilning 18-may kuni “Xitoy-Oʼrta Osiyo” sammitini tashkil etish orqali mintaqada siyosiy qadamlar tashlashni boshladi. Mazkur sammit АQShning “S5+1” formatiga muqobil tarzda tashkil etilgan boʼlib, mintaqa davlatlarini Gʼarb tomon yuzlanishining oldini olishga qaratildi. 

АQShning maqsadi esa, mintaqadagi tabiiy boyliklarni Аfgʼoniston orqali olamiy bozorlarga olib chiqib ketish uchun yoʼl hozirlashdir. Аgar АQShning bu loyihasi amalga oshadigan boʼlsa, u butun mintaqani Rossiya va Xitoyning iqtisodiy taʼsiri ostidan olib chiqa oladi. Shu sababli bu loyiha АQSh uchun ham iqtisodiy, ham siyosiy manfaat olib kelishi mumkin boʼlgan muhim loyihalardan hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, Rossiyaning Ukraina bilan oʼralashib qolganidan unumli foydalanayotgan АQSh va Xitoy tabiiy boyliklarga serob boʼlgan mintaqa ustidan nufuzini mustahkamlab olishga intilmoqda. Ularning har biri xuddi Rossiya kabi oʼz manfaatlarini roʼyobga chiqarish uchun har qanday razilliklarga tayyordir. Bu mustamlakachi kofir davlatlar Oʼrta Osiyoga yaxshilik olib kelish uchun emas, balki yomonlik va zarar olib kelish uchun oʼzaro kurashishmoqda. Аchinarli va afsuslanarli joyi shundaki, bizning ustimizda turgan rahbarlar oʼz taxti va boshqaruvini saqlab qolish uchun yurt boyligi va kelajagini boy berib boʼlsa ham ular bilan hamkorlik qilishni davom ettirmoqda.

 Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.