Emomaliy Rahmon yurt boyliklarining chetga chiqib ketishidan norozi bo‘ldi

477
0

Emomaliy Rahmon yurt boyliklarining chetga chiqib ketishidan norozi bo‘ldi

Tojikiston prezidenti Emomaliy Rahmon foydali zaxira – ma’danlarni mamlakat tashqarisiga xom ashyo sifatida eksport qilinishidan norozi bo‘ldi.

Sputnik Tj saytining xabar berishicha, Tojikiston prezidenti qayta ishlanmagan tabiiy boyiliklarni davlat tashqarisiga olib chiqish hollaridan xabardor bo‘lib, bu holatni qattiq tanqid osiga olgan.

Prezidenti matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, hukumatning Oliy majlisida nutq so‘zlagan Emomaliy Rahmon bu hol yuzasidan mas’ul shaxslarga topshiriqlar bergan. Uning ta’kidlashiga qaraganda, bundan keyin mamlakat ichkarisidagi ma’dan konsentrati importiga nutq qo‘yilishi lozim. Prezidentning bunday qarorga kelishiga bir guruh mutaxassislarning tabiyi zaxiralarning suv misoli tashqariga chiqib ketishiga nisbatan e’tirozlari sabab bo‘lgan.

Mahalliy va xorijiy sarmoyadorlarni jalb etish maqsadida 2019 yilning 1 martidan boshlab, bir qator bonuslar joriy etiladigan bo‘ldi. Shu bilan birgalikda tojik Hukumati sanoatlantirish g‘oyasini mamlakatning to‘rtinchi strategiyasi qilib belgiladi.

Emomaliy Rahmon ushbu majlisda vazirliklar, qo‘mita va tashkilotlar, viloyat va tuman raislariga mamlakatda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha chora-tabdirlarni yo‘lga qo‘yishni asosiy vazifa qilib topshirdi.

Izoh:

Xalqaro hamjamiyatda kuchli davlat deyilganda asosan og‘ir sanoati rivojlangan davlatlar e’tiborga olinadi. Agar kuchli davlat boshqa biror davlatni o‘z yo‘lida to‘g‘anoq deb bilsa, darhol o‘sha davlatni yengil sanoat bilan band qilib qo‘yadi. Misol tariqasida Germaniyani aytib o‘tishimiz mumkin. Ikkinchi Jahon urushida mag‘lubiyatga uchragan Germaniya, garchi qat’iy harakatlar bilan o‘zning o‘nglab olishga uringan bo‘lsa-da, ammo G‘arb davlatlari, aniqrog‘i Amerik bunga yo‘l qo‘ymadi. Natijada Germaniya asosan yengil sanoat bilan mashg‘ul bo‘la boshladi. Mashinasozlik, xo‘jalik buyumlari ishlab chiqarish korxonalari shular jumlasidandir.

Kuchli davlatlar uchinchi olam mamlakatlarini o‘ziga tobe’ qilish maqsadida yengil sanoatga keng imkoniyat yaratib beradi. Bu borada ularga grantlar, yordam pullari, evazsiz qarzlar berishi ham mumkin. Qaysi davlatda og‘ir sanoat yo‘lga qo‘yilmasa, tabiiy ravishda yengil sanoat uchun imkoniyatlar kengaytiriladi. Zaruriy ehtiyot qismlarga bo‘lgan ehtiyoj esa, o‘sha kuchli davlat tomonidan kondiriladi. Bu – yengil sanoat xususida umumiy gap. Aslini olganda nafaqat Tojikistonda, balki butun O‘rta Osiyo davlatlarining xech birida yengil sanoatning deyarli o‘zi yo‘q. Ba’zi bir tadbirkorlar tuzgan shirkatlar bundan mustasno. Ushbu shirkatlar ham, eng avvalo kapitalistik prinsip asosida tashkil topgan bo‘lib, Shariat ahkomlariga butunlay zid hisoblanadi.

Endi Emomaliy Rahmonning yuqoridagi gaplariga kelsak, uni go‘yo endi uyqudan o‘yg‘ongan go‘dakka o‘xshatish mumkin. Tojikistonning minglagan tonna yer osti boyliklari, tabiiy zaxiralar qariyib 30 yildan buyon mamlakat tashkarisiga chiqib ketmoqda. Bu andishasiz prezident shartnomalarni imzolayotganda xayoli qayerda edi, endi bular haqida o‘ylab qoldimi?!

Tabiiyki, davlat ziyoniga kelishilgan barcha shartnomalar fakat ichki qarzni ko‘payishiga, hatto qarz hisobidan mamlakat boyliklari tolon-toroj qilinishiga sabab bo‘ldi.

Endi g‘isht qolipdan ko‘chib, mamlakat qulog‘igacha qarzga botib, Xitoydan boshlab to haqir Hindiston davlatigacha qaram bo‘lganidan keyin, yurt boshchining tanqid qilayotgani bir tarafdan kulgili bo‘lsa, boshqa bir tarafdan qayg‘ulidir.

Munavvara.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.