Aqsida miting bo’lib o’tdi

675
0

Bugun Qirg’izistonning Aqsi rayonida miting bo’lib o’tdi. Qizig’i, O’zbek harbiylarini, bosib olishgan o’rtalaridagi talashlik erdan quvib chiqarish maqsadida yig’ilgan bu mitingchilar Putindan muammolarini echib berishini iltimos qilib, unga murojatnoma yozishdi

Turkiston:

Tashiev boshchilik qilgan bu mitingning maqsadi tushunarsizroq bo’lib tugatildi. Ular xuddi amaldagi hukumat singari Rossiyadan madad so’rashayapti. Vaholangki shu kuni Atambaev ham Moskvada O’zbekistonning harbiy bosqiniga qarshi, XXKTning navbatdan tashqari yig’inini chaqirtirib o’tirgan edi. Ya’ni har ikkovi ham Rossiyadan madad so’rayotib, mitingda Atambaev ketsin degan hayqiriqlar jaranglab o’tdi. Bular, hozirgi hukumat ko’ra olmayotgan boshqa biror chora tadbir taklif qilishmadi. Har ikkovlari ham Rossiyadan madad so’rashayapti.

Qirg’izistonda muxolif kuchlar ham bir necha bo’laklarga bo’linib borayapti. AQSh parast quvvatlar: bular Qirg’izistonda Gruziya singari rangli inqilob tarafdorlaridir. Ular mafkuraviy harakat bo’lmasalar ham, G’arb dunyoqarashi asosidagi yashash tarzini olib kelish tarafdorlaridir. Bularning harakatlari Rossiya manfaatlariga mutloq teskari bo’lib, hokimiyatni deyarli tubdan boshqaruv sistemasini o’zgartirish tarafdordir. Ular hokimiyatni qo’lga kiritishsa, Qirg’izistonni G’arbga tobe’ qilib, u bilan bir yo’nalishda yuradigan mamlakatga aylantirishga urunishadi. Bu albatta Ukraina stsenariysini ham takrorlab qolishi mumkin.

Rossiyaparast quvvatlar: bu muxolif kuchlar yuqoridagilardan mutlaq farq qiladi. Ular mavjud sistemani deyarli umuman o’zgartirish tarafdorlari emas. Bu guruh ilgarigi Akaevni va Bakievni quvib yuborishib, o’rnini egallab kelishayotgan o’zgarmas elitaning vakillaridir. Ular mavjud kreslolardagi rasmiylarni boshqa rasmiylar bilan almashtirib olishmoqchi bo’lishadi. Ish olib borish sistemalari deyarli o’zgarmaydi. Ular inqilobchilar emas, balki ularni etakchilikni almashtirish maqsadida ish olib borayotgan quvvat, desak to’g’riroq bo’ladi. Ustimizdagi mavjud hokimiyatni ham, undan avvalgilarini ham xuddi shu toifadagi yasama inqilobchilar deyish mumkin. Abdurazzok.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.